Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi


Download 1.8 Mb.
bet38/106
Sana20.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1628206
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash

Ta’limiy masalalar asosan nazariy bilimlar elementlari va unga boglik ko’nikmalarni shakllantirishga karatilgan, ya’ni tushuncha, ta’rif,teorema va uning isbotlari, koidalar, algoritmlarni o’rgatishga mo’ljallangan masalalardir.
Amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishda kuyidagi maksadlarni amalga oshirishga karatilgan masalalar ko’llaniladi: tushunchalarni to’gri shakllantirish; xisoblash ko’nikmalarini shakllantirish; algebraik va transsendent ifodalarni ayniy shakl almashtirishlar; tenglama va tengsizliklarni yechish, tiplarini aniklash.
Tushuncha va ta’riflarni o’zlashtirishda kuyidagi masalar turlari axamiyatga ega:amaliy mazmunli masalalar; muxim xossalarni ajratishga doir; tushunchalarni farklay olish; tushuncha ta’rifi matnini tushunishga doir; aktuallashtirishga doir; tushunchalar bilan boglik simvollarni ajrata olishga doir; tushunchalarni ko’llay olishga doir; Bunda ikki o’kuv amali: umumlashgan
tushuncha xajmiga kiritish, berilgan tushunchaga tegishli ma’lumotdan natijalarni chikarish muxim o’rinni egallaydi.
Teorema va uni isbotlashga doir masalalar xususiyatlari kuyidagilardan iborat: teoremada bayon kilishga zarur matematik ma’lumotlar va bilimlarni ochib beruvchi; isbotda foydalaniladigan matematik ma’lumotlarni takrorlash; teoremada bayon etilgan natijaga olib keluvchi isbotlashga va xisoblashga doir masalalar yechilishi; teorema bayonini o’zlashtirishga doir, teorema isboti ayrim boskichlarini o’zlashtirishga doir va isbotning boshka usullarini izlashga doir va teoremada bayon kilingan ma’lumotlarni, yangi matematik bilimlarni ko’llay olishga doir mashk va masalalardan foydalanish.
Koida, algoritmni o’zlashtirishga doir kuyidagi masalalar o’kuv jarayonida ko’llaniladi: koidani karash zarurligi asoslanishiga doir; koidani asoslash uchun zarur bilimlarni va uni bajarish uchun ko’nikmalarni bajarish; algoritmga kiruvchi ayrim amallarni bajarish; koidani turli vaziyatlarda ko’llash.
Mustakil o’rganish uchun savollar:

  1. Matematik masalalarning matematik ta’limdagi axamiyati va o’rni nimalarda ko’rinadi?

  2. Kaysi matematik masalalar turlari mavjud?

  3. Matematik masalalar o’kitishda kanday ko’llaniladi?

  4. Matematik masalalar yechish usullaridan kaysilarini bilasiz?

  5. Matematik masala tafakkurni rivojlantirishda kanday ko’llani-lishi mumkin?

  6. Qoida va algoritmlarni o’rganishda qanday masalalardan foydalanish yaxshi natija beradi?

  1. - MA’RUZA

MAVZU: MATEMATIKA BO’YICHA SINFDAN VA MAKTABDAN TASHKARI
MASHGULOTLAR
1. Maktabda matematika bo’yicha sinfdan tashkari ishlarning mak-sadlari va mazmuni.

  1. Fakultativ mashgulotlar.

  2. Maktabdan tashkari va sirtki matematik tadbirlar.

Tayanch iboralar: matematika, matematik to’garaklar, matematik kechalar, fakultativ mashgulotlar, maktabdan tashkari ishlar.
1. Matematika bo’yicha sinfdan tashkari ishlar deb darsdan tashkari vaktda o’kuvchilar bilan olib boriladigan majburiy bo’lmagan mashgulotlarga tushuniladi.
Ikkita yo’nalish mavjul: boshkalardan dastur materialini o’zlashtirishda orkada kolayotgan o’kuvchilar bilan ishlash(ko’shimcha sinfdan tashkari mashgulotlar); matematikani o’rganishga boshkalarga karaganda kizikish va kobiliyat ko’rsatayotgan o’kuvchilar bilan ishlash.
Birinchi yo’nalish maktablarda amalga oshiriladi, individual asosda olib boriladi. Asosiy maksadi, matematika kursi bo’yicha o’kuvchilar bilimidagi kamchiliklarni o’z vaktida bartaraf etish xisoblanadi. Uning kuyidagi xususiyatlari mavjud: ko’shimcha sinfdan tashkari mashgulotlar 3-4 o’kuvchi bilan olib boriladi, ular bir xil bilim saviyasida, kobiliyati bir xil; bu mashgulotlar individuallashtirilgan; bir xaftada bir marta, individual reja bo’yicha uy ishi bilan ko’shib olib boriladi; takroriy o’tilgandan so’ng yakuniy nazorat o’tkazilib, baxo ko’yiladi; ta’limiy xarakterga ega, “ didaktik materiallar” dagi mustakil ish yoki nazorat ishlardan foydalaniladi; o’kituvchi o’zgarishni taxlil etib boradi, tipik xatolarni o’rganadi va bartaraf etish yo’llarini izlaydi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling