Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi


Download 1.8 Mb.
bet35/106
Sana20.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1628206
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash

Tayanch iboralar: matematika, matematika darsi, taxlil kilish, o’kuvchilar bilimini nazorat kilish.

  1. Darsga kuyidagicha ta’rif berish mumkin.

Dars - bu mantikan tugallangan, butun vakt bilan chegaralangan ukuv-tarbiya jarayonining kismidir.
Matematika darsining belgilariga kuyidagilar kiradi:

  1. Ta’lim va tarbiya vazifalari xal kilinadi;

  2. Konkret o’kuv materiali muxokama etiladi;

  3. Maksadlarni amalga oshirish uchun mos ukitish usullari tanlanadi;

  4. O’kuvchilar jamoasining ma’lum tarzda faoliyati tashkil etiladi.

Matematika darslariga ko’yiladigan asosiy talablar kuyidagilar xisoblanadi:

  1. Darsda asosiy didaktik(o’kuv) maksadining mavjudligi. Bunda bir necha masalalarga e’tibor karatiladi: a) yangi materialni o’rganish

( tushunchani shakllantirish, konun va algoritmlar o’rnatiladi);
v) o’rganilayotgan bilimlarni mustaxkamlash (takrorlash, masalalar yechish) Ular orasida muximi asosiy maksadni to’gri aniklab olishdir. Dars mak-sadi uning mavzusini aniklaydi, darsda nima kilish kerak savoliga javob beradi. Masalan, “Keltirilgan kvadrat tenglama ildizlari” formulasini o’tishda asosiy maksad o’kuvchilarni keltirilgan kvadrat tenglamani yechish algoritmi bilan tanishtirish xisoblanadi. Shu asosda o’kuv masalalari vujudga keladi: a) chala kvadrat tenglama yechish ko’nikmasini tekshirish; b) kvadrat uchxaddan to’la kvadrat ajratish usulini takrorlash; v) algoritmni ko’llash.
2 .Darsda ta’limiy vazifalar bilan birga tarbiyaviy masalalar xam xal kilinadi. Bunda: a) o’kuvchilar kizikishini o’ygotish va saklash; b)o’kuvchilarning o’kishga
ma’suliyatini oshirish; v) matematikani o’rga-nishga extiyoj va ko’nikmalarni tarbiyalash. Bu talab konkret matematik tushunchalarni o’zlashtirishda kuyidagilarni ko’zda tutadi:

  • bilimlarni o’z so’zlari bilan bayon etish;

  • undagi asosiy aniklangan tushunchalar moxiyatini o’zlashtirish;

  • ta’rif bo’yicha uni tanib olish

Teoremani to’gri ifodalash, subyekt va predikatlarni ajrata olish kabilar xam bu talabning zarurligini tasdiklaydi.
3.O’kuv materialining asoslangan xolda tanlanishi. Bu kuyidagi-larni nazarda tutadi: 1) asosiy o’kuv maksadining mazmunga mos kelishi; 2) yetarli xajmda o’kuv materialining mavjudligi; 3) konkret va abstrakt materialning optimal munosabatda bo’lishi; 4) nazariy va amaliyotning o’zaro alokasining yoritilishi muximdir.
Asosiy ish darsda bajarilishi kerak. Darsda konkretlikdan umumiylikka o’tish (formula, koida). Shuningdek, nazariya (formula keltirib chikarish) va amaliyot (tenglamalar yechishga ko’llash ) xam muvofik xolda bo’lishi zarur.

  1. Darsda o’kuvchilar faolligini oshiruvchi o’kitish usullarini ko’llash. Bunda ko’yidagilarga e’tibor berilishi lozim: a) o’kuvchilarning o’zlari navbatdagi navbatdagi muammolarni ifodalay olishi; b) kiriti-layotgan tushunchalarni ta’riflashni amalga oshirishlari zarur. Bunda o’kuv materialini kismlarga ajratish xamda o’kuvchilar oldiga xususiy o’kuv masalalarni ko’yib borish talab etiladi.

  2. Darsning tashkiliy puxtaligi talabini amalga oshirish uchun kuyidagi zaruriy shartlar bo’lishi zarur: a) o’kituvchi dars materialini erkin bilishi; b) xar bir navbatdagi savol uslubiyatini bilishi, uni o’rgatish usul va vositalarini egallagan bo’lishi; v) o’kuvchilar individual xususiyatlarining taksimoti to’gri yo’lga ko’yilishi, sinf taxtasi va daftardagi mazmun va yozuvlar joylashishini xisobga olish, darsda ko’rgazmali kurollar va texnik vositalardan foydalanish, uning tayyorgarligini yo’lga ko’yish.

  1. Matematika o’kituvchisining darsga tayyorgarlik tizimi kuyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. Yangi o’kuv yili arafasidagi tayyorgarlik, bunda kalendar ish rejasi tuziladi.

  2. O’kuv mavzusi bo’yicha darslar sistemasi tuzib chikiladi.

  3. Xar bir darsga tayyorgarlik, konspektlar tayyorlash. Bunda: a) xar bir mavzu o’rni, uning mazmuni, o’rganish vazifalari aniklanadi - zarur o’kuv materiali tanlanadi; b) masala va o’kuv materiali darslarga taxminan taksimlanadi; v) vakt va mazmun bo’yicha o’tilganlarni takrorlash amalga oshiriladi, mustakil va nazorat ishlar o’tkazish vakti aniklanadi.

Darsga tayyorgarlik ko’rish kuyidagi ishlarni bajarishni ko’zda tutadi: 1) o’kuvchilarni mavzuga kiritish, ularga navbatdagi o’kuv masalani ko’yish; 2) yangi tushunchalarni bayon etish; 3) kiritilayotgan tushunchalar xossalarini kanday topish mumkinligini ko’rsatish; 4)induktiv asoslashga erishish; 5) bir xil tipdagi masalani yechish usulini ko’rsatish; 6) darsga
masalalarni materialga mos tanlash; 7) o’kuvchilarni masala sharti bilan tanishtirish; 8) tanlangan masala kanday yechilishini bayon kilishi lozim.
Asosiy dars tiplari kuyidagilar xisoblanadi:

  1. Yangi materialni bayon kilish darsi

  2. O’rganilganlarni mustaxkamlash darsi.

  3. Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish darsi.

  4. O’rganilganlarni sistemalashtirish va umumlashtirish darsi

Darsning tuzilishi kuyidagilarni o’z ichiga oladi:
l.Oldingi bilimlar va amal usullarini takrorlash (aktual-lashtirish)

  1. Yangi bilim va amal usullarini shakllantirish.

  2. Ko’llash ko’nikma va malakalarini shakllantirish.

Darsning asosiy boskichlari:

  1. O’kuvchilar oldiga dars maksadini ko’yish.

  2. Yangi material bilan tanishtirish.

  3. Yangi materialni mustaxkamlash.

  4. Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish.

  5. Bilimlarni sistemalashtirish, o’rganilganlarni umumlashtirish.

Talablar - tarbiya maksadlarini o’rnatish uchun maksadga yo’nal-tirilgan ishni amalga oshirish, o’kuvchilar bilish faoliyatlarini faollashtiradi. Umumiy maksad sari yo’l ochiladi.

  1. Matematika darsini taxlil kilish nazorat va ta’lim berish vositasi sifatida xizmat kiladi va bunda kuyidagi maksadlarni tekshirish asosiy vazifa kilib olinishi mumkin:

  1. Dars maksadlarining amalga oshirilishi;

  2. Darsning matematik mazmuni va ilmiy saviyasi;

  3. Darsda ko’llanilgan o’kitish usullari samaradorligi;

  4. Darsda o’kituvchi va o’kuvchining faoliyati sifati;

  5. O’kuvchilarda ko’nikma va malakalarni shakllantirish.

Buning xar bir bandi uchun dars taxlil kilinadi va tegishli xulosalar, yutuk va kamchiliklar ko’rsatiladi, taklif va muloxazalar bildiriladi. Darsning to’la tuzilishi o’kituvchining dars berish xususiyat va boskichlarini xisobga olgan xolda tuzib chikilishi mumkin.

  1. Matematika bo’yicha o’kuvchilar bilimini baxolash va tekshirishning asosiy maksadlari kuyidagilar: o’kuvchilar tomonidan o’kuv materialini o’zlashtirish sifatini xamda predmet bo’yicha dasturda ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni egallash saviyasini tekshirishdan iborat.

Bu uch xil tekshirishni o’z ichiga oladi: joriy (uy vazifasini tekshirish, ogzaki so’rash, kundalik baxo ko’yish va x.k.), oralik nazorat yoki davriy nazoratlar ( nazorat ishlari, mavzu yoki bob bo’yicha nazorat ishlari va x.k.), yakuniy nazorat chorak uchun yoki yarim yillik va yillik nazoratlarini o’z ichiga oladi.
Oralik nazorat uchun asosan “Didaktik materiallar” dan foydalangan xolda ish olib borish ko’zda tutiladi. Yakuniy nazoratlar yakuniy nazorat ishlari yoki chorak uchun ogzaki so’rash, bitirish imtixonlar (testlarni) o’z ichiga oladi.
Maksimal ball matematika bo’yicha 500 ball xisoblanadi. O’kuv fani maksimal balli JN, ON va YaN ballarini jamlash orkali aniklanadi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling