Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
ADABIY TA’LIMDA MUSTAQIL FIKRLASHNING
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
ADABIY TA’LIMDA MUSTAQIL FIKRLASHNING
AHAMIYATI Reja: 1. O‘quvchi ma’naviyatining shakllanishida adabiyotning o‘rni va roli. 2. Adabiyot o‘qitishda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishning ahamiyati. 3. Adabiyot darslarida mustaqil fikrlashga o‘rgatishning o‘ziga xos xususiyatlari. 4. Adabiyot, ma’naviyat va mustaqil fikrlash. Har qanday jamiyatning taqdiri unda yashaydigan insonlar to- monidan belgilanadi. Jamiyatni nurli kelajak sari yetaklash ham, tubanlik qa’riga tortish ham odamning qo‘lida. Shuning uchun ham jamiyat a’zolari, ayniqsa, o‘sib kelayotgan avlodning ma’naviy ka- moloti bugungi kunda o‘ta dolzarb masalaga aylangan. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyolash milliy dasturi»ning qabul qilinishi ham odam omilining hal qiluvchi ahamiyat kasb et- ganidan dalolatdir. Bu hujjatlarda o‘quvchi shaxsining aqliy va ma’naviy ka- moloti birinchi o‘ringa chiqarildi. Ta’lim konsepsiyasi, stan- darti, dastur, darslik hamda metodik qo‘llanmalar insonparvarlik yo‘nalishiga solindi. Ular mutaxassis tayyorlashga emas, balki sog‘lom ma’naviyatli odam shakllantirishga xizmat qila boshladi. Milliy pedagogika ilmi ham ma’naviy barkamol avlod tarbiyalash yo‘llarini tadqiq etmoqda. Yosh avlod aqliy-ma’naviy kamolotini ta’minlashda ularning mustaqil fikrlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, avvalo, «mustaqil fikrlash» tushunchasi nima ekan- ligi hamda uning barkamol insonni shakllantirishdagi ahamiyati qandayligini aniqlab olish muhimdir. Tafakkur jarayoni, xususan, uning mustaqil fikrlash turi haqida psixologlar, pedagoglar turli da- raja va miqyosda o‘z qarashlarini bayon etganlar. Psixologlarning ta’biricha, fikrlash, ya’ni tafakkur – odam mi- yasida sodir bo‘ladigan jarayon. Sezgi organlari yetarli bo‘lmay qoladigan o‘rinlarda odam va olamning xususiyatlari tafakkur orqali o‘rganiladi. Tafakkur – aqliy faoliyatning, ongli xatti-ha- 68 69 rakatlarning majmui. U tevarak-atrof, voqelik hamda ijtimoiy muhitni bilish quroli, inson faoliyatini to‘g‘ri va samarali amalga oshirishning asosiy sharti hisoblanadi. Kishi fikrlash jarayonida o‘zi ko‘rgan, idrok qilgan, sezgan, tasavvur etgan narsa va hodi- salarning to‘g‘riligi, aniqligi, haqiqiyligi hamda ularning borliqqa munosabatini aniqlaydi 26 . Tafakkur orqali kishi odam va olam sirlarini o‘rganishda o‘zidan oldingi qarashlar, tushunchalar, farazlar, chiqarilgan xu- losalar hamda qabul qilingan qarorlarning qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini belgilab oladi. Mulohaza yuritib, narsa-hodisalar o‘rtasidagi munosabatlar, xossalar, xususiyatlar, ularni bir-biri bi- lan bog‘lab yoki ajratib turuvchi jihatlar hamda ularning faoliyati mexanizmlarini anglab yetadi. Bu haqiqatni hazrati Navoiy bundan necha yuz yillar ilgari: «Har ishniki qilmish odamizod, Tafakkur birla bilmish odamizod» 27 , – deya ifodalagan. Tafakkur jarayoni insonning ruhiyati bilan uzviy bog‘liqlikda kechadi. Fikrlayotgan odamning ichki dunyosi qanchalik boy, dun yoqarashi nechog‘lik keng, bilimi qay darajada chuqur bo‘lsa, fikr lari, xulosalarining saviyasi ham shuncha baland bo‘ladi. Te- ranlik, tiniqlik, mantiq, erkinlik, mustaqillik, badiiylik, ijodiylik in- son tafakkuri darajasini ko‘rsatuvchi ijobiy xususiyatlardir. Odam dun yoni tafakkur orqali anglaydi, fikr va ruhiyat yordamida undan o‘ziga xos tarzda ta’sirlanadi, xulosalar chiqaradi. Ruhiyat bilan shug‘ullanadigan mutaxassislarning dalolat be- rishlaricha, inson fikrlash jarayonini yuzaga keltirishning asosiy sharti undagi borliq sirlarini bilishga bo‘lgan intilish, ichki ehtiyoj, ya’ni motivdir. Usiz insonda fikrlash paydo bo‘lmaydi. Fikrlovchi shaxs atrofdagilarning birgalikdagi mehnati, o‘zaro muloqoti va hamkorligida shakllanadi, rivojlanadi. Fikrlashning shakli va maz- 26 G‘oziyev E. Tafakkur psixologiyasi. – T.: «O‘qituvchi», 1990; Богоявлинский Д. Н., Менчинская Н. А. Психология усвоения знаний в школе. – Москва: АПН РСФСР 1959; Богоявлинский Д. Н. Развитие самостоятельности мышления школьников как основа активных методов обучения. Сб. «Пути повышения качества усвоения знаний в начальных классах». – Москва, АПН РСФСР, 1962; Психология мышления. /Под ред. Матюшкина А. М. – Москва: «Прогресс», 1965; Тихомиров О. К. Психология мышления. – Москва: МГУ, 1984. 27 Alisher Navoiy. Tanlangan asarlar. 20 jildlik. 8-jild. Xamsa: Farhod va Shirin. – T.: «Fan», 1991. 122-bet. 69 munini ajratar ekan, L. Vigotskiy odamdagi fikrlash mexanizmi, uning shakl va darajalari, kishining intellektual rivojlanishiga qa- rab o‘sib borishini ta’kidlaydi. Fikrlashning mantiqqa tayanishi esa bola 12 – 14 yoshga yetganda, u o‘z tafakkuriga egalik qilib, uni boshqara bilganda yuzaga keladi. Vigotskiyning ta’biricha, man- tiqiy fikrlash – ongli ravishda, o‘z-o‘zini nazorat qilgan holda ilm- iy-nazariy asoslarga tayanib fikrlash demak. Uningcha, fikr lashda mantiqning yo‘qligi fikrlash jarayonida mustaqillikning, erkin- likning, onglilikning yo‘qligi demakdir 28 . Fransuz faylasufi Dekart: «Men fikrlayapman, demak men mavjudman» 29 , – degan g‘oyani ilgari surgan. Bu fikr inson ha- yotida tafakkurni odamning odamligi belgisi sifatida yetakchi o‘ringa chiqaradi. Uning fikricha, hech narsa insonning odam ekanligini fikr lashchalik asoslab berolmaydi. Demak, mustaqil ravishda muhokama qilish, tahlil etish, ijodiy-mantiqiy fikrlash asosiy insoniy xususiyatdir. Fikrlash insonning aqlan va ruhan sog‘lomligining asosiy belgilaridir. Uning mustaqilligi tushuncha- lar, mantiqiy birikmalar, mavjud til vositalaridan oqilona foydala- nish bilan tavsiflanadi. «Fikrlash jarayoni, – deb yozadi L. Vigotskiy, – bolaning ota-onasi bilan muloqotidan boshlanadi. Mustaqil fikrlash esa bu suhbatlarni bola «yutib», o‘zicha «hazm qila» boshlaganidan so‘ng shakllanadi» 30 . Bu qarashga tayanib, shunday xulosa chiqa- rish mumkinki, fikrlash bevosita o‘z yo‘naltiruvchi kuchi, maqsadi, usullariga ega bo‘lgandagina mustaqil faoliyatga aylanadi. Fikr- lashning mustaqilligi uning yuqorida sanalgan shakllaridan biri si- fatida kishi shaxsiyati va siyrati, ichki «men»i bilan bog‘liq. Demak, umuman, fikrlaganda narsa-hodisalarning boshqalar tomonidan kashf etilgan jihatlari bilib olinadi. Mustaqil fikrla- ganda esa, odam olam hodisalari va hayotiy vaziyatlar mohiyatini 28 Выготский Л. С. Воображение и творчество в детском возрасте. – Москва: «Просвещение», 1991; Выготский Л. С. Педагогическая психология. – Москва: «Педагогика», 1991; Выготский Л. С. Психология искусства. – Москва: «Педагогика», 1987. 29 O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 3-jild. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklope- diyasi, 2002; 242-bet. 30 Выготский Л.С. Воображение и творчество в детском возрасте. – Москва: «Просвещение»,1991; 90-bet. 70 71 o‘zgalarnikiga o‘xshamagan yo‘sinda, o‘ziga xos yo‘l bilan bilib oladi. Olib borilgan kuzatishlarga tayanib, mustaqil fikrlashga quyi dagicha ta’rif berish mumkin: mustaqil fikrlash – insonning Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling