Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Adabiyot darslarida mustaqil fikrlashga o‘rgatishning
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
Adabiyot darslarida mustaqil fikrlashga o‘rgatishning
o‘ziga xos xususiyatlari. Ma’naviy-ma’rifiy buloqlarimiz hisob- langan Qur’oni Karim va muborak Hadislarda ham, Imom al- Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy va boshqa allomalarning qarashlarida ham odam ma’naviy kamolotini ta’minlashga doir fikr lar ustuvorlik qiladi. Mustaqillik davrida adabiyot o‘qitish metodikasi sohasida tadqiqot olib borgan Q. Yo‘ldoshev, S. Matjonov va M. Mirqosi- mova singari olimlarning ilmiy ishlarida o‘quvchi tafakkuri mus- taqilligi masalasiga ma’lum darajada e’tibor qaratilgan. Maktab davrida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda adabiy ta’lim o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ma’lumki, boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha o‘tiladigan darslardagi izlanishlar natijasida o‘quvchilar avvaldan ayon bo‘lgan yagona xulosaga kelishadi. Masalan: to‘qqiz karra to‘qqiz dunyoning hamma burchagida, qaysi tilda, qanday yo‘llar bilan yechilishidan qat’i nazar, natija, to‘g‘ri javob bitta – sakson bir. Bu mutaxassis- lar tomonidan qat’iy belgilab qo‘yilgan haqiqat-xulosa. Yoki ona tili darslarida «kim?», «nima?» so‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘z turkumi hamisha ot deyilishi qabul qilingan. O‘quvchilar gapning morfologik tahlili jarayonida qanday misol berilishidan qat’i nazar, bu so‘roqlarga javob bergan so‘zlarni ot ekanligini aniqlaydilar. Bu ham avvaldan aniqlab qo‘yilgan yagona haqiqat. Ammo adabiy 75 ta’limning o‘ziga xosligi shundaki, unda har bir o‘quvchi o‘z oldi- ga qo‘yilgan muammoni tegishli maqsad va vazifalarini belgilagan holda bilimi, hayotiy tajribasiga tayanib turli yo‘l, usul, vositalar yordamida mustaqil ravishda hal qilib, faqat o‘zining badiiy haqi- qatini chiqarishi mumkin. O‘rganilayotgan badiiy matn, undagi qahramonlar, tasvir- langan biror hodisa yoki vaziyat borasida har bir o‘quvchining asar va darslik muallifinikidan farq qiluvchi o‘z xulosasi bo‘lishi mumkin va bu mantiqqa zid bo‘lmaydi. Masalan: «Kumushbib- ining halokatida kimni aybdor deb hisoblaysiz?» degan savol o‘rtaga tashlanganda unga har bir o‘quvchining o‘z javobi bo‘ladi. O‘quvchilardan biri Otabekni, ikkinchisi Zaynabni, uchinchisi ota- onalarni, yana biri davrni, kimdir Kumushbibining o‘zini ayblaydi. Har kim nima uchun shunday xulosaga kelganini matndan dalillar keltirgan holda yoki hayotiy xulosalari bilan asoslaydi va bu har bir o‘quvchining o‘z fikri, xulosasi, aytish joiz bo‘lsa, o‘z haqiqati hisoblanadi. Bugungi adabiy ta’limda bir paytlar chiqarilgan yalpi xulosa – Kumushbibining halokatida faqat va faqat Zaynabni ayb- dor hisoblash mumkin emas. Bunga bugungi o‘quvchilarning bar- chasini birday ishontirib ham bo‘lmaydi va agar shunga harakat qilinsa, tarbiyalanuv chilarning ma’naviyatiga zug‘um o‘tkazilgan bo‘lardi. Adabiyot o‘qitish metodikasi ilmida adabiy qahramonning shaxs sifatidagi o‘ziga xos ruhiy olami va axloqiy sifatlarini anglash o‘quvchi oldiga qo‘yilgan muhim didaktik talablardan hisoblanadi. Ma’lumki, har qanday bilimni o‘zlashtirish ma’lum darajada fikriy zo‘riqish asosida kechadi. Darsda asar ustida ishlash mobaynida adabiy qahramon shaxsi va hayoti tahlili asnosida o‘quvchining o‘zi ham hayotga faol kirib boradi. O‘zgalarni o‘rganish orqali o‘z shaxsiyatiga xos sifatlarni shakllantiradi. Asar qahramonlariga munosabatiga qarab, o‘quvchi shaxsini belgilash mumkinligi ham haqiqatdan yiroq emas. Bolaning qiziquvchanligi, bilishga intilishi so‘nmagan davrida undagi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib uning shaxsi- yatida ijobiy fazilatlar shakllantirishga, mustaqil fikr egasini tarbi- yalashga erishish maktab ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy vazi- fasidir. «Agar bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatmoqchi bo‘lsak, Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling