Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
ta’minlash. O‘quvchi ma’naviy kamolotini ta’minlash maqsadida
badiiy asar tahlili jarayonida ular matnda aks etgan voqea-hodisa- lar, qahramon shaxsi, xatti-harakati, iztiroblari, xursandchiligi borasidagi muhokamalarda fikr aytishga, biror qarash yoki faoli- yatni yoqlash yoxud qoralashga undaladi. Bu ish asar matni yuzasi- dan taqdim etilgan savol-topshiriqlar ko‘magida, muammoli vazi- yatlar yordamida amalga oshiriladi. Savollarga javob berish asno- sida o‘quvchi asar matniga murojaat qiladi, izlanadi, o‘rtoqlarini eshitadi, o‘z qarashlarini aytadi, uni boshqalarniki bilan solishti- radi, nazorat qiladi, xulosalar chiqaradi. Mana shunday faoliyat jarayonida o‘quvchi o‘z ma’naviyatini shakllantirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash yo‘lida mehnat qiladi. Adabiyot odoblar xazinasidir va bu xazinaga o‘quvchining o‘z ixtiyori bilan kirishini ta’minlash orqali adabiyot darslarida asar- lar ustida ishlash, munosabat bildirish mobaynida o‘z-o‘zini tarbi- yalashini amalga oshirish mumkin bo‘ladi; 62 63 – o‘quvchiga kashf etish lazzatini tuydirish. Badiiy asarga uning muallifi tomonidan singdirilgan, darslik yaratuvchilar to- monidan ilg‘angan badiiy va hayotiy haqiqatlarni o‘quvchi o‘zi uchun o‘zi kashf etishi kerak. O‘quvchiga asar qahramonlariga xos ma’naviy sifatlarni matn yuzasidan tuzilgan savol-topshiriq- lar ko‘magida kashf etish imkoni yaratilishi lozim. Kashf etish hamisha lazzatli, o‘quvchilarga ham ana shu lazzatni tuyish imko- nini berish kerak. Kashf etish lazzati o‘quvchini asar mohiyatiga chuqurroq kirishga, yangi-yangi topilmalar qilishga undaydi. Odam o‘ziga huzur bergan ishni yana va yana qilgisi, uni chuqurlashtirib, o‘sha huzurni qayta tuygisi keladi. Adabiyot darslarining insonga xos bo‘lgan mana shunday tabiiy sifatlar bilan hamohang kechishi o‘quvchi shaxsiyatida sog‘lom ma’naviyat kishisini tarbiyalaydi; – pedagogik hamkorlikni ta’minlash. Adabiyot darslarida o‘qituvchi hokim emas, balki hamkor bo‘lishi kerak. Bilimlarni o‘zlashtirish va tarbiyalanish o‘qituvchi-o‘quvchi hamkorligida o‘quvchining o‘zi tomonidan amala oshiriladi. O‘qituvchining darsdagi asosiy vazifalari asarni ifodali, ta’sirli o‘qib berish va asar matni yuzasidan darslikda berilgan yoki o‘zi tuzgan savol- topshiriqlarga e’tibor tortib, javoblarni, bildirilayotgan fikrlarning mantig‘i, mustaqilligi, asoslanganligi, tanqidiyligi, chuqurligi da- rajasini nazorat qilishdan iborat. O‘qituvchi zarur bo‘lib qolganda, o‘z munosabatini katta yoshli va tajribali hamkor sifatida bildiri- shi, o‘quvchilarning fikr aytishiga imkon berishi, ularda munosabat uyg‘otishi kerak. Dars jarayoni subyektlarning birgalikdagi faoli- yatiga aylanishi lozim; – asar qahramonlariga obraz emas, inson deb qarash. Ma’naviyatning sog‘lomlashuviga yo‘naltirilgan adabiyot darslari- da har bir adabiy qahramonni ijobiy yoki salbiy obraz deb emas, jonli inson sifatida o‘rganish, uning ichki olami, kechinmalari, shodlik va iztiroblari, xatti-harakati zamirida shaxs mavjudligini anglash hamda uni tuyishga o‘rganish ustuvorlik qiladi. Badiiy timsolga o‘z shodligu iztiroblari bilan o‘quvchiga bevosita daxl- dor shaxs deb qarash talab qilinadi. Badiiy asarda tasvirlangan o‘ta yomon odamning ham yaxshi sifatlari va juda yaxshi insonning ham o‘ziga xos kamchiliklari borligi ko‘zda tutiladi. Tom ma’noda yomon odam bo‘lmagani singari, ideal darajada yaxshi odam ham yo‘q. Asar qahramonini anglash yo‘lida berilgan savol-topshiriq- 63 lar, ijodiy insholar, mustaqil ishlar ko‘magida o‘quvchi insonni o‘rgana boradi. U orqali o‘zini taniydi; – adabiy asarlarda adib shaxsining aks etishini anglatish. Ma’lumki, har bir asar – bir insonning ijodi mahsuli. Hatto, xalq og‘zaki ijodi namunasini ham kimdir, qachondir yaratgan. O‘sha asar botiniga inson o‘z dardini to‘kadi, unga orzu-istaklari, hayo- tining iztirobli yoki quvonchli lahzalarini joylaydi. Asar yaratuv- chisi ruhiyatini his etish, uning shodlik va iztiroblarini tuyish ma’naviyatni poklashda muhim ahamiyat kasb etadi. Matn ustida ishlashda asar qahramonlari kechinmalari va shaxsini baholash o‘quvchiga insonni o‘rganish, tanish orqali o‘zligini shakllantirish imkonini beradi. O‘quvchini o‘z shodligi, qayg‘u va iztiroblariga sherik qila olgan, uni loqaydlikdan chiqarib hamdardligiga sabab bo‘lgan adibni tushunish, yozganlarini o‘rganish orqali uning shax- sini bilish bugungi adabiy ta’limning muhim jihatlaridandir. Asar qahramonlarini baholash o‘quvchilarda qilgan amallariga qarab atrofidagi odamlarga baho berish qobiliyatini shakllantiradi; – adabiyot darslarida o‘quvchini baholash. Hamonki ada- biyot darslari ko‘ngil tarbiyalar, ma’naviyat shakllantirar ekan, ko‘ngilga «yomon» baho qo‘yish, ma’naviyatni salbiy baholash unchalar to‘g‘ri bo‘lmasligi adabiyot o‘qitish metodikasi ilmida alohida ta’kidlanadi. Asarlar ustida ishlash mobaynida uning mo- hiyatiga kirib borayotgan, o‘z fikri va munosabatlarini asardan mi- sollar keltirib asoslayotgan, mustaqil fikr bildirayotgan yoki bun- ga intilayotgan o‘quvchiga yomon baho qo‘yilmaydi. Umuman, adabiy ta’lim jarayonida salbiy baholardan imkon qadar tiyilish, o‘quvchilarni bilimlari uchungina emas, ma’naviy qiyofalari uchun ham baholash lozimligi yodda tutilishi joiz. Zero, adabiyot mak- tab ta’lim tizimidagi o‘zga predmetlarga o‘xshamaydi, shu bois uni o‘zlashtirganlik yuzasidan qo‘yiladigan baho bir qadar shartli bo‘lib, aslida o‘quvchi ma’naviyati baholanishi lozim. O‘qituvchi adabiyot darslarida o‘quvchini mustaqil mulohaza yuritishga yo‘naltiruvchi topshiriqlar berib, bilimini tekshirar ekan, u yo‘l qo‘ygan xatolarni ko‘rsatish bilan birgalikda uning sababla- rini aniqlashga e’tibor qaratishi va ulardan qutulishga yo‘naltirishi lozim. Masalan, «Menga yoqqan tasvir» mavzusida insho yozish topshirig‘ini olgan o‘quvchi ijodiy ishni boshlashdan oldin asar 64 65 matnidan o‘ziga yoqib qolgan, mazmunan boy va qiziqarli tasvirni ajratib oladi. Inshoda tasvirga mos sarlavha qo‘yiladi, tasvirning asar umumiy mazmuniga ta’siri; uning badiiy qiymati; bu tasvirni tanlash sabablari, u o‘quvchida qanday fikr va tuyg‘ular uyg‘otgani kabi masalalar yoritiladi. O‘quvchi asardagi biror tasvirni ajratib olish uchun uni qayta- qayta o‘qiydi, o‘ylanadi, izlanadi. Tanlangan tasvir tahlil qilinadi. Tasvirni o‘rganishdan olingan taassurotlar, fikr va tuyg‘ular ifo- dalanadi. Bunday ishlarning darajasi qanday bo‘lishidan qat’i na- zar, ularga yomon baho qo‘yilmaydi. Odatda, o‘quvchilar yozgan ishlarida darslik mualliflari yoki o‘qituvchining timsollar haqidagi fikrlariga yopishib olishadi. Ularning yozma ishni qanday bajarish- ni bilmagani, o‘z fikrini ifodalashga o‘rganmagani, asar timsollari haqida o‘z qarashlarining yo‘qligi, matn mazmuni yoki timsollar- ning qaysi o‘rni va jihati unga ta’sir etganini ajrata olmaganliklari bu holning asosiy sabablaridir. Bunday ishlarni tekshirishdan oldin o‘qituvchi tarbiyalanuvchilar badiiy asarni qanday o‘qigani va qan chalik tushunganini aniqlaydi. O‘quvchi bilan suhbat asnosida tushunilmagan o‘rinlar va uning sabablari aniqlanadi. Shu tariqa, o‘quvchi shaxsiyatida tafakkur mustaqilligi va ma’naviyatning sog‘lomlashuvi amalga oshiriladi. O‘quvchi ma’naviyatining sog‘lomlashuvi esa: «...o‘z manfaatini o‘zgalar manfaatiga qar- shi qo‘ymaslik, o‘zinikini afzal bilmaslikdir. Boshqalarning ham o‘zi singari inson ekanini his qilish va ularga daxl qilmagan, ha- lal bermagan holda birgalikda yashay bilish san’atidir. Sog‘lom ma’naviyat – o‘zni yengmoq, o‘zning istagu mayillarini jilovlay bilmoq, ayni vaqtda o‘zlikni tanimoqdir. Sog‘lom ma’naviyat xud- binlikni yenga bilmoqdir, makonda turib makoniy manfaatlardan, zamonda yashab zamoniy tuslanaverishlardan balandroq tura ol- moq demakdir» 25 . Xulosa qilib aytganda, adabiyot darslarida o‘quvchi shaxsi bosh qadriyatga aylansa, unga bilim berish bilan birga ma’naviy dunyosini shakllantirishga ham ustuvor qaralsa, o‘quvchi shaxsi- yatidagi asosiy ko‘rsatkich bo‘lgan ma’naviyatning sog‘lomlashuvi jarayoni ham tabiiy ravishda tezlashadi. 25 Yo‘ldoshev Q. O‘zlikni tanish – Allohni tanishdir. // «Tafakkur» jurnali, 1996 yil 4-son. 22 – 27-betlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling