Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
sog‘lom e’tiqodli, umuminsoniy qadriyatlarni anglaydigan, ax-
loqan barkamol, o‘z xatti-harakatlariga ma’naviy mas’ul bo‘la oladigan yetuk shaxsning ma’naviy dunyosini shakllantirish»ga xizmat qiladigan darajada emasdi. Boz ustiga, «Adabiyotshunos- lik terminlari lug‘ati»dan ko‘chirib olingan yaxlit ilmiy parchalar darsliklar hajmining 40 foizga yaqinini tashkil etardi. Vaholanki, bu bosqichda o‘quvchini asarning mohiyatiga olib kirish, badiiy so‘z bilan unga ta’sir ko‘rsatish, uni so‘z sehriga oshno qilish orqali ma’naviy qiyofasini shakllantirish muhim edi. Bu – ada- biy ta’limning asosiy vazifasi hisoblanardi. Ravshanki, nazariy ma’lumotni bilish bilan bolaning ma’naviy dunyosi shakllanib qolmaydi. «Achavotda qanday voqea yuz berdi?», «Ko‘kterak bo- zorida Omon bilan Shum bola nimalar qilishdi?», «Asarning kirish qismi mazmunini so‘zlab bering» (5-sinf), «Ona yerga muhabbat tuyg‘ulari ifodalangan misralarni qayta o‘qing. Mazmunini o‘z so‘zingiz bilan izohlang», «She’rning har bir bo‘limiga sarlavha toping», «Reja asosida hikoyaning mazmunini so‘zlab bering», «Bola durbin orqali nimalarni ko‘rdi?», «Dialogni rollarga bo‘lgan holda ifodali o‘qing» (6-sinf), «8-qism mazmunini so‘zlab bering», «3-qismda kimlar haqida so‘z yuritiladi?» (7-sinf) kabi savol-top- shiriqlar o‘quvchilarda ma’naviy fazilatlar shakllantirishga xizmat qilolmaydi. 50 51 1991-yilda «O‘zbek adabiyoti» fani bo‘yicha yangi ruhdagi dastur yaratildi, 1993-yildan shu dastur asosida darsliklar chop etildi. Bu borada 7 – 8-sinflar darsliklari adabiy ta’lim maqsa- diga yaqinlashtirilgani, o‘quvchilar yosh va ruhiy xususiyatlarini ko‘p darajada hisobga olganligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, 9-, 10-, 11-sinflarning «Adabiyot» darslik va majmualari ham pedagogik maqsadga muvofiq darajada tuzilgan. Aytilgan dars- liklar bilan tanishilganda, mualliflarning adabiyotga doir bilim- larni o‘smirlarga yetkazish yo‘lida astoydil harakat qilganliklari ko‘zga tashlanadi. Faqat, bu darsliklarda ham maktabdagi adabiy ta’limning bosh maqsadi ba’zan-ba’zan nazardan qochirilgandek tuyuladi. Darsliklarda takrorlarga yo‘l qo‘yilgan: asarlari bir ne- cha sifda o‘rganiladigan adiblarning tarjimai hollari deyarli bir xil qaytarilgan. Shu bilan birga, tazkirachilik va tazkira yozgan kishi- lar, sayohatnomalar haqidagi ma’lumotlar, adabiyotshunoslikning uzundan-uzoq tarixi, «Shohnoma», «Boburnoma», Bayoniy, Al- maiy, Ibrat kabi adiblarning hayoti va ijodi, mumtoz adabiyotga xos bo‘lgan she’riy san’at namunalari ko‘paytirib yuborilgan. Hamzaning 7-sinf darsligida berilgan she’rlari negadir 11-sinfda yana takrorlanadi. Bu darsliklarda ham o‘quvchilarga imkon qadar ko‘proq ma’lumot berishga urinish ustuvorlik qilgan. 6-sinfda O‘tkir Hoshimovning «Urushning so‘nggi qurboni» hikoyasini o‘rganish uchun uch soat ajratilgan. Vaholanki, asarning matnini o‘qish uchun darsning 23 – 25 daqiqasi kifoya qiladi. Bi- rinchi darsning qolgan qismi va ikkinchi soat asar ustida ishlashga bemalol yetadi. Mazkur asar uchun ajratilgan uchinchi soat ortiqcha. Bunday holatni boshqa darsliklarda ham uchratish mumkin. Aslida, shu yozuvchining «Dehqonning bir kuni» va «Dehqonning bir tuni» hikoyalari ham darslikka kiritilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ayon bo‘ladiki, ushbu darsliklarga material tanlash va vaqt taqsimoti un- chalik to‘g‘ri bo‘lmagan. Bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishining sababi shundaki, bu darsliklar pedagog-muta xassis tomonidan yozil- magan, hech bo‘lmaganda, tahrir qilinmagan. 1991 – 1992 va 1993 – 1999-yillarda yaratilgan ikki avlod darsliklarida mavjud bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida bolalarning o‘zlari mustaqil ishtirok etishi, fikrlashiga yetarlicha e’tibor beril- magan. O‘quvchilarning vazifasi darslik mualliflari nima degan bo‘lsa, o‘shani o‘qituvchisining ko‘magida o‘zlashtirib olishdan ibo- 51 rat, deb qaralgan. «Adabiyot» darsliklarining har ikkala avlodi ham fikrlatishni emas, faqat xabardor qilishni, o‘zlashtirishni nazarda tutgan. Ko‘pchilik darsliklarda ma’lumot berish bosh maqsad bo‘lib turadi va o‘quvchilarga mualliflarning tayyor qarashlari taqdim eti- ladi. Ularda barcha o‘quvchilarni adabiyotshunos qilib tarbiyalash maqsad etib qo‘yilganday tasavvur paydo bo‘ladi kishida. Istiqlol davrida yaratilgan ikkinchi avlod darsliklarining ko‘pchiligi uslubi, bolalar dunyoqarashiga mosligi jihatidan, birin- chisiga nisbatan ham bo‘shroq. Birinchi avlod darsliklarining ay- rimlarida pedagogik tamoyillarga amal qilingani ko‘zga tashlanib turadi. Bugun adabiy-estetik tarbiya borasida adabiy ta’lim oldida tur- gan vazifalarni bajarish uchun «Adabiyot» darsliklarini yaratish va ulardan foydalanish bo‘yicha quyidagi talablar qo‘yiladi: – bolaning yoshi, shaxsi, dunyoqarashi doimo adabiy ta’lim jarayonining diqqat markazida bo‘lishi kerak. Darsda o‘quvchi shaxsini shakllantirish asosiy vazifaga aylantirilishi zarur. Adabi- yot saboqlarida shakllanib kelayotgan avlodni filolog mutaxassis qilish emas, balki sog‘lom ma’naviyatli odam sifatida tarbiyalash maqsad sanalishi kerak. O‘quvchilar o‘rganilayotgan asar qahra- monlarini jonli odamlar sifatida tushunishlari, tuyishlari va ular- dan ibrat olishlari darkor. Adabiy ta’limda darslik ham, dars ham bolaning ruhiy-ma’naviy tarbiyasi, uning o‘zligini shakllantirishga xizmat qilishi kerak; – adabiyot darslari o‘quvchilarda so‘z yordamida go‘zal si- fatlar, ijobiy fazilatlar tarbiyalashi kerak. Go‘zal xulqli kishilar- ning so‘zi ham, ishi ham o‘ziga munosib ekani badiiy so‘z orqali anglashiladi. Shuni anglab yetgan bola o‘zini o‘zi nazorat qilib, ma’naviy kamolot sari intiladi. Bunday olijanob vazifalar bevosita asarlar tahlili, ular yuzasidan tuzilgan savol-topshiriqlar ustida ish- lash yo‘li bilan amalga oshiriladi. «Adabiyot» darsliklarida taqdim etilgan asarlar ham, ularning matni yuzasidan kiritilgan didaktik ashyolar ham o‘z zimmasiga ma’naviyat shakllantirish yukini oli- shi zarur; – o‘quvchilarda o‘rganilayotgan asar yuzasidan munosabat paydo qilish, ularni mustaqil xulosalar chiqarishga o‘rgatish diqqat markazida turishi lozim. «Adabiyot» darsliklaridagi savol-top- shiriqlar o‘quvchini mustaqil fikrlashga, asar qahramonining xat- 52 53 ti-harakat va kechinmalariga munosabat bildirishga yo‘naltirsin. Darslikda muallifning asar va uning qahramonlari haqidagi qa- rashlari ochiq ko‘rinib turmasligi maqsadga muvofiq. Asar o‘qilib, tahlil etilgach, uning ma’no-mazmuni, har bir qahramoni haqida o‘quvchi o‘z fikri, qarashi, munosabati va xulosasini bildira olsin. Darsliklardagi didaktik ashyolar shu maqsad ijrosiga xizmat qilishi zarur; – «Adabiyot» darsliklari o‘quvchilarni o‘z ma’naviyatini shakllantirish uchun o‘zlari harakat qilishga yo‘naltiradigan tarz- da tuzilishi zarur. Badiiy asarning o‘quv tahlili jarayonida, adabiy qahramon shaxsiga doir munozaralar vaqtida har bir o‘quvchining fikr aytish va munosabat bildirishiga erishilishi muhim. Munosabat bildirish jarayonida bola, o‘zi sezmagan holda, o‘z ma’naviyatini shakllantirayotgan bo‘ladi. Bu jarayonni to‘g‘ri yo‘naltirish o‘qituvchining eng muhim vazifasidir; – o‘quvchilarning har qanday kashfiyotlari rag‘batlantirilishi lozim. Badiiy asar zamiridagi badiiy-estetik topilmalarni o‘quvchilarning o‘zlari kashf etishlariga erishish kerak. Darsliklar shunga qaratilmog‘i zarur. Inson uchun o‘zi qilgan kashfiyot o‘ta qadrli. Adabiyot darslarida shu holat hisobga olinsa, bolalarda ada- biyotga nisbatan chinakam muhabbat uyg‘onadi; – tarbiya jarayonida o‘quvchining bevosita ishtirok etishiga erishilishi zarur. Buning uchun darsliklarda o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari maksimal darajada hisobga olinishi kerak. O‘qish davrining ma’lum bosqichlarida o‘quvchi tabiatan nasihatlarni xushlamaydigan, kattalarning ortiqcha e’tiboridan g‘ashlanadigan, ehtiyotkorligidan og‘rinadigan bo‘ladi. Odob- axloq va hikmat xazinasi bo‘lmish adabiyot olamiga bolaning o‘z ixtiyori bilan kirishi, matnlar ustida mustaqil ishlashiga erishish orqali o‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalash ko‘nikmasi shakllantirila- di. U muayyan bir asar yoki uning qahramoniga munosabat bildirar ekan, o‘z qarash, munosabat va nuqtai nazariga ega bo‘lib boradi. Insonning ichki «men»i, dunyoqarash va e’tiqodi shu tariqa shakl- lanadi. Yaratilajak darsliklarda shu holat inobatga olinmog‘i dar- kor; – adabiy ta’lim jarayonida pedagogik hamkorlik bo‘lishiga erishish kerak. Ta’lim tizimida o‘qituvchining yakka hokimligiga barham berish vaqti keldi. Bugungi adabiy ta’limda bunday muno- 53 sabat mutlaqo samara bermaydi. Adabiyot saboqlari teng huquqli hamkorlarning birgalikdagi faoliyati bo‘lishi, ya’ni o‘quvchilar ham, o‘qituvchi ham birday ishlashi va izlanishi lozim; – o‘quvchilarni darslarda o‘rganilayotgan asar qahramonlari- ga ijobiy yoki salbiy obraz deb emas, balki o‘ziga xos o‘zgaruvchan fe’l-atvor egasi bo‘lgan insonlar deb qarashga o‘rgatish zarur. Yara- tilajak yangi avlod darsliklarida har bir adabiy personajni jonli odam sifatida talqin etish, uning ichki olami, kechinmalari, xatti-harakat- lari zamirida uning shaxsligiga xos belgilar yotganligini anglatish ustuvorlik qilishi kerak. Darslikdagi savol-topshiriqlar ko‘magida o‘quvchilar qahramonlarni o‘zlari kashf etishlari maqsadga muvo- fiq. Darsliklarning didaktik ashyolari o‘quvchilarning personajlar orqali o‘zligini topib borishlariga qaratilishi zarur; – adabiyot darslari o‘quvchilarni asar qahramonlarining ke- chinma va xatti-harakatlari orqali insonni baholashga o‘rgatishi lozim. O‘quvchilarda personajlarning shodlik va qayg‘ulariga sherik bo‘lish, ular haqda o‘ylash va mulohaza yuritish, ularni ang- lash va qadrlash orqali odamiylik sifatlarini qaror toptirishga eri- shish darsliklarning vazifasi hisoblanadi; – adabiyot bo‘yicha yaratiladigan darsliklar o‘quvchilarda ezgu ma’naviy qiyofa shakllantirishga qaratilmog‘i lozim. Dars- liklarda hech narsa qolipga solinmasligi kerak. O‘quvchidan dars- lik muallifi yoki o‘qituvchining fikrlarini quruq takrorlash talab qilinmasligi lozim. Savol-topshiriqlar bilan ishlash jarayonida asar mohiyatiga kirib borayotgan, o‘z fikr va munosabatlarini asardan misollar keltirib asoslayotgan, munosabat bildirayotgan o‘quvchini shakl lantirish «Adabiyot» darsliklarining asosiy vazifasidir. Xullas, yangi yo‘nalishda yaratiladigan darsliklar mazmuniga ham, didaktik ashyolariga ham yuqoridagi talablar nuqtai nazardan yondashilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. «Adabiyot» darsliklariga milliy va chet ellar adabiyotidagi eng sara badiiy asarlar kiritilishi lozim. Lekin adabiyot olamidagi eng zo‘r asarlarning barchasini darslikka joylab bo‘lmaydi. Darsliklarning, undagi didaktik ashyo- larning vazifasi o‘quvchini o‘sha eng zo‘r asarni qidirib topib o‘qiydigan darajaga keltirishdan iborat. Afsuski, bugun maktab- da adabiyotdan dars berayotgan o‘qituvchilar tomonidan bu haqi- qat anglab yetilganicha yo‘q. Ularga ko‘mak berish maqsadida «O‘qituvchi kitobi» metodik qo‘llanmalari chop etilmoqda. Biroq, 54 55 bular hali yetarli emas. Bizningcha, «Adabiyot» darsliklariga kiri- tilgan har bir badiiy asarni o‘rganish yo‘llari bo‘yicha maxsus ish- lanmalar yaratish zarur. Ko‘rinadiki, maktab adabiy ta’limida samaradorlikka eri- shishda puxta darslikka ega bo‘lish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Lekin har qanday yuksak qurilma mustahkam poydevorga tayansa- gina uzoq turgani kabi, «Adabiyot» darsliklarining samaradorlik darajalari ham boshlang‘ich sinflar «O‘qish kitobi» darsliklarining saviyasiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Psixologiya ilmidan ma’lumki, darsda o‘zlashtiriladigan bi- limga o‘quvchining qiziqishi uyg‘otilsa, o‘qish-o‘rganish unga hech qachon qiyin bo‘lmaydi. Me’yordagi o‘quv qiyinligi bola ga malol kelmaydi. Bolaning maktabdan tashqarida kechadigan ha- yoti yaxshilab o‘rganilsa, u o‘zini qiziqtirgan hamma ishni qil- gisi, bajargisi kelganini ko‘rish mumkin. Bola o‘z harakatlarining natijasini ko‘rishni istaydi. Bu yo‘lda qiynalishi, yiqilib-surinishi, kuyib-yonishi mumkin, lekin ortga qaytmaydi. Tuzukkina savodxon, o‘qituvchisi fikrlarini juda chiroyli takrorlay oladigan ayrim o‘quvchilar o‘z fikrini ifodalashi ke- rak bo‘lganda qiynaladi, o‘z fikrini aytishdan qo‘rqadi. Afsuski, ko‘pchilik o‘quvchilar mustaqil fikr-mulohazalarini, shaxsiy qa- rashlarini yuzaga chiqarmay maktabni bitirib ketayotirlar. Bilim berish jarayonida bolalarning mustaqilligiga diqqat qilmaslik – tarbiyachining katta xatosi. Zarur bilimlarni mehnat qilib o‘zlashtirishdan ma’naviy ozuqa olish mumkinligi, bu yo‘ldagi mehnat o‘quvchining ehtiyojiga aylanishi uni ma’naviy qaramlik- dan qutqarishi bola ongiga singdirilishi kerak. O‘quvchi mehna- tini tashkil eta bilmaslik, bolaning o‘zini bilim olish yo‘lida ishlata olmaslik darslik muallifining ham, o‘qituvchining ham kechirib bo‘lmaydigan xatosi hisoblanadi. Xullas, tuyg‘ulari to‘g‘ri tarbiyalangan, ko‘ngil mulki obod bo‘lgan boladan yomonlik chiqmaydi. U ezgulik yo‘lida yonib ya- shaydigan chinakam barkamol inson bo‘lib yetishadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling