Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
«Adabiyot» darsliklarining mazmunini belgilash tamoyil-
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
«Adabiyot» darsliklarining mazmunini belgilash tamoyil-
lari. Hozirgi sharoitda o‘quvchilarni ham ruhan, ham aqlan, ham jisman yetuk qilib shakllantirish uchun milliy pedagogika ilmi va uzluksiz ta’lim amaliyotida oldingidan tamomila yangicha yo‘sinda ish olib borish taqozo etilmoqda. Ta’limning dastlabki boshlang‘ich bosqichi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda o‘qish darslarining o‘rni beqiyos. O‘qituvchi tomonidan o‘qish kitobidagi asarlarni to‘g‘ri idrok etishga yo‘naltirilgan o‘quvchi mustaqil ishlashga, uqib o‘qishga, o‘zgalarning fikrlarini ilg‘ashga, o‘zi va boshqalarning tuyg‘ular olamini kuzatishga va tuyishga o‘rgana boradi. Olamni, Odamni va O‘zligini kashf qiladi. O‘z ichki «men»ning shakllanishida o‘zi bevosita ishtirok etadi. Darsliklar bunday pedagogik vazifalarning bajarilishida eng katta ko‘makchi sanaladi. Darsliklarda taqdim etilgan o‘quv ma- 43 teriallarining dasturiy talqini ta’lim-tarbiya jarayonidan kutilgan maqsadlarga mutanosib bo‘lishi kerak. Afsuski, bugun amalda bo‘lgan «O‘qish kitobi»ning ko‘pchiligi bu talablarga to‘la ja- vob berolmaydi. Boshlang‘ich sinflar «O‘qish kitobi» darslikla- rini tuzishda kichik o‘quvchilarning ruhiyati, intellektual saviyasi yetarli o‘rganilmagan. Aytish kerakki, bugungi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mualliflar tasavvur qilganlaridan ko‘ra bilimliroq va aqlliroq. «O‘qish kitob»larining umumiy tahliliga tayanib shuni aytish mukinki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida insoniy sifatlarni shakllantirishda bolalarning kuchi, aqli va imkoniyatlaridan unum- li foydalanilmayapti. Darsliklarda o‘rganish uchun taqdim etilgan o‘quv materiallarining ko‘pchiligi jo‘n, hayotiy haqiqatdan uzoq. Bir qismi esa quruq nasihatbozlikka qurilgan. Ular mavzudan kelib chiqib, mualliflar tomonidan shunchaki «to‘qib» tashlangan- day. Asarlar matni yuzasidan tuzilgan: «Nima uchun ona yer dey- miz? Javobni matndan topib o‘qing va o‘qiganingizni yod oling», «Navoiyning istagi ifodalangan misralarni o‘qing», «Yakshanba kuni qanday voqea yuz berdi?», «Ota-ona o‘z farzandiga nisbatan qanday iborani ishlatadi?» kabi savol-topshiriqlar bolaning matn mazmunini takrorlashiga xizmat qiladi, xolos. «Asar mazmunidan nimalarni tushundingiz?», «… deganda ni- mani tasavvur qilasiz?», «Nima deb o‘ylaysiz, Shiroq nega qo‘yini boqib yuravermay qabila boshliqlarining oldiga keldi? Uni bunga undagan narsa nima ekanini ayta olasizmi?», «…tarzidagi tasvirni o‘z so‘zlaringiz bilan ifodalashga urinib ko‘ring. Uni siz qanday tushundingiz?» singari kichik o‘quvchilarni fikrlash va matn mo- hiyatiga kirishga yo‘naltiradigan, asardan badiiy zavq va ma’naviy ozuqa olishga undaydigan, o‘z qarashlarini aytishga qaratilgan savol-topshiriqlar mutlaqo uchramaydi. Matn yuzasidan tuzilgan mantiqli, o‘ylantiradigan savol- larga sinfdagi o‘quvchilarning barchasi javob berishi shart emas. Muhimi, savol bilan ularni bezovta qilish. Agar o‘qituvchi kichik o‘quvchilarni matn ustida uzluksiz ravishda shunday ishlataversa, bolalar bunga o‘rganib boradilar va ularda istalgan ko‘nikma hosil bo‘ladi. Natijada bola fikr kishisi bo‘lib yetishadi. O‘quvchilarni badiiy asarlar ko‘magida ma’naviy barkamol- likka yo‘naltirish nuqtai nazaridan umumiy o‘rta ta’lim maktabla- rining yuqori sinflari «Adabiyot» darsliklari ham o‘rganib chiqildi. Mustaqillikkacha foydalanilgan va 1991-yildan 1999-yilgacha 44 45 qo‘llanilgan ikki avlod darsliklarining, bir-biridan farqli tomonlari, yutuq va kamchiliklari haqida juda ko‘p gapirilgan. Bu darslikar- ning o‘xshash jihatlariga ko‘pda e’tibor qaratilmagan: 1. O‘quvchilar uchun yozilgan har ikkala avlod darsliklarida ham bilimlarni o‘zlashtirishda o‘quvchilarning ishtiroki deyarli ko‘zda tutilmaydi. Ularda o‘quvchilarning vazifasi darslik mual- liflarining aytganlarini o‘qituvchisi ko‘magida xotirasiga joylab olishdan iborat deb qaralgan. 2. Yaratilgan darsliklarning har ikkala avlodi ham o‘quvchilarning xotirasi hisobidan ish ko‘rishga qaratilgan. Ya’ni, darsliklarda bitilganlarni eslab qoladigan xotirasi kuchli bola – yaxshi o‘quvchi. Xotirasi zaifroq o‘quvchi yangi dars bayonida o‘qituvchisidan bilgan, uni mustahkamlashda o‘rtoqlaridan eshit- gan narsalarni uyda darsligidan takrorlab o‘qiydi, keyingi darsda qaytarib aytib berib bahosini oladi. 3. Har ikkala avlod darsliklarida ham bilim berish birinchi o‘rinda turadi. Butun umr adabiyot o‘qitish bilan emas, adabiyot ilmi bilan shug‘ullangan darslik mualliflari o‘z bilganlarini tayyor holda o‘quvchilarga taqdim etganlar. O‘quvchilar darsliklardagi tayyor bilimlarni xotirasiga joylab olishlari, kifoya. Vaholanki, bugungi pedagogika ilmida o‘quvchilar xotirasini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat maqsadga muvofiq emasligi aytiladi. 4. Darsliklarning har ikkala avlodida ham adabiyotni o‘qitishga pedagogik yondashuv emas, filologik yondashuv ustuvorlik qila- di. Chunki bu darsliklarning ko‘pi adabiyot o‘qitish metodikasi ilmidan yaxshi xabardor bo‘lmagan mualliflar tomonidan yaratil- gan. Adabiyot o‘qitish metodikasi alohida fan, uning o‘z qonuni- yat va kategoriyalari bor, uni maxsus o‘rganish taqozo etilishi mutasaddilarni qiziqtirmagan. Tan olish kerakki, maktab dars- liklarining ko‘pchilik mualliflari − adabiyotshunoslik ilmining darg‘alari. Faqat ular adabiyot o‘qitish metodikasi ilmi bilan alo- hida shug‘ullanishmagan. Agar shug‘ullanganlarida edi, bolalarga bilim berish, ularni o‘qitish emas, ularni bilim olishga o‘rgatish, o‘zlarini o‘qiydigan qilish masalasi jahon pedagogikasida XX asrning 50-yillarida ko‘tarilganini bilgan va darsliklarni tuzishda buni albatta inobatga olgan bo‘lardilar. 5. Ikkinchi avlod darsliklarining ko‘pchiligi − o‘z uslubi bilan sovet davrida yaratilgan darsliklarga nisbatan ham o‘quvchilardan 45 ancha yiroq. Badiiy asarlardan parcha berish, uni darslik mualli- fi istaganday tahlil qilish hamda shuni millatning barcha bolalari xotirasiga joylashga urinish, butun avlodni bir xil fikrlaydigan, asar yuzasidan darslik muallifi fikrini qaytaradigan holda tayyorlash bu- gungi adabiy ta’limning maqsadiga xizmat qilmaydi. Bunday kamchiliklar sanog‘ini yana davom ettirish mumkin. Lekin maqsad bu emas. Yangi avlod darsliklari pedagogik qo- nuniyatlarni, o‘quvchilar psixologiyasini yaxshi biladigan, adabi- yot o‘qitish ilmi bilan shug‘ullangan, adabiy ta’limning maqsad va vazifalaridan xabardor mutaxassis tomonidan yaratilishi kerak. Darslik yaratishda jahon pedagogikasi va milliy tarbiyashunoslik- dagi ilg‘or g‘oyalarga tayanilishi maqsadga muvofiqdir. O‘quvchiga tayyor bilimlar berilmay, DTS talablari asosida dasturda o‘rganishga taqdim etilgan bilimlarni bola o‘z mehnati bilan o‘zlashtirishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, mehnat bilan erishilgan har qanday narsa bir umr yodda qoladi va kerak bo‘lganda, hayotga tatbiq etiladi. Darsliklardagi matnlarni idrok etish mualliflarning qolipiga solinmasligi, tahlilda faqat ularning xulosalariga asoslanilmasligi lozim. Adabiyotdan tuziladigan o‘quv ashyolarida adabiy matn yu- zasidan tuzilgan savol-topshiriqlar bilan ishlash natijasida har bir bolaning o‘zi xulosa chiqarsin, asar tahlili yordamida o‘z hayotiy haqiqatini kashf etsin. Asar bo‘yicha har bir o‘quvchining o‘z qa- rashi bo‘lsin. Darsliklar bolani ta’lim jarayonining obyekti bo‘lish maqomi- dan darsning o‘qituvchi bilan teng huquqli subyekti, ijrochisi da- rajasiga ko‘tarilishi kerakligi ko‘zda tutilib yaratilishi joiz. Ularni oddiy ishtirokchilikdan ta’lim jarayonining subyekti – bevosita ijrochisi martabasiga ko‘tarish kerak. O‘qituvchi bolalarning mehnatini to‘g‘ri boshqarib tura bilsa, o‘quvchilar bilishlari kerak bo‘lgan badiiy va hayotiy haqiqatlarni o‘zlari kashf etadilar. Biror badiiy asar va uning mazmunini qayta eslashga qaratil- gan savollar tuzib qo‘yish darslik yaratish degani emas. Adabiyot darsliklarining o‘ziga xos ilmiy-pedagogik talablari, zimmasiga or- tiladigan ijtimoiy-didaktik yuk bor. Duch kelgan o‘qituvchi darslik yaratolmagani singari, metodika ilmi bilan maxsus shug‘ullanmagan filolog ham yaxshi darslik yarata olmaydi. «Ada biyot» darsliklari, millat kelajagi ma’naviyatining shakllanishi omili sanaladi. Darslik 46 47 yaratishga da’vo qilayotgan olimlar mana shu mas’uliyatni unut- masliklari kerak. Ta’lim mazmunini tashkil etadigan o‘quv rejasi, ta’lim konsepsiyasi va standarti, dastur, darslik, metodik qo‘llanma singari vositalar o‘qituvchi shaxsi bilan muvofiqlashgan holdagina o‘qitish kechimi samarali bo‘ladi. Chunki o‘quv jarayonining qan- day ma’no-mazmun kasb etishi bevosita o‘qituvchining shaxsi, uning saviyasi, bilimi va mahoratiga bog‘liq. Jamiyat va ta’lim jarayonidagi o‘zgarishlarni ro‘yobga chiqaradigan ham, o‘quvchi bilan bevosita yuzma-yuz turadigan ham o‘qituvchi. Ma’lumki, umumta’lim maktablarida yigirmadan ortiq o‘quv fani o‘rganiladi. Ularning ko‘pchiligi bevosita o‘quvchi tafakkurini o‘stirish, bilim berish maqsadiga yo‘naltirilgan. Ayrim fanlar esa bolaga kasb-hunar o‘rgatishga xizmat qiladi. O‘quv fanlari ora- sida faqat adabiyot bevosita bolaning ko‘ngli, uning ruhiyati va ma’naviyatini kamolga yetkazish vositasi hisoblanadi. Adabiyot darslari mutaxassis shakllantirish uchun emas, shaxs ma’naviyatini tarbiyalashga xizmat qiladi. Shu bois adabiy ta’lim jarayonida sof adabiyotshunoslikdan bilim berish emas, balki, inson ko‘nglini tar- biyalash ustuvor bo‘lmog‘i maqsadga muvofiqdir. Adabiyot darslarida badiiy asarlar tahlil qilinib, qahramon- larning xatti-harakatlari muhokama etilish jarayonida o‘quvchilar odam va olam sirlarini o‘rganadilar, asar muallifi va adabiy qah- ramonlar timsolida insonni kashf etadilar, oxir-oqibat navqiron fuqaro o‘zligini anglay boshlaydi. O‘zligini anglagan, mustaqil nuqtai nazariga ega bo‘lgan odam o‘z taqdirini boshqalar hal qilib yuboraverishiga yo‘l qo‘ymaydi. Insonga xos xususiyatlar bevosita ruhiyat bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ham bugun ma’naviyat tarbiyasi mamlakat miqyo- sidagi muhim vazifaga aylandi. Ma’naviyatni tarbiyalash esa mak- tabda asosan adabiy ta’lim tizimi zimmasiga yuklanadi. To‘g‘ri, barcha o‘quv fanlari zimmasida ma’lum darajada ma’naviyatni shakllantirish vazifasi bor. Biroq, adabiy ta’lim bu borada karvon- boshilik qiladi. Chunki uning tadqiqot obyektining o‘zi – inson. Adabiyot darslarida odamning ichki olami, his-tuyg‘ulari, kechin- malari, hayajonlari, iztiroblari o‘rganiladi, tahlil qilinadi, muno- sabat bildiriladi. Inson umri davomida turli vaziyatlarning paydo 47 bo‘lish sabablari va oqibatlari aniqlanadi, muammolarning yechimi ustida o‘yga tolinadi. «Adabiyot» darsliklari balog‘atga yetgan, badiiy so‘z bilan muayyan darajada qiziqadigan yoki ma’lum darajada shu sohaga bog‘liq bo‘lgan kishilar uchun emas, balki o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun tuzilishi sababli ham darsliklarning adabiyotshunos yoki pedagog olim tomonidan yaratilgani katta ahamiyat kasb eta- di. «Adabiyot» darsliklarini yaratishda nazarda tutilishi lozim bo‘lgan jihatlardan yana biri shuki, har bir sinfda o‘quvchining intellektual va ruhiy xususiyatlari o‘ziga xos bo‘ladi. Shu bois ta’limning biror bosqichida o‘quvchi tomonidan boy berilgan imkoniyatlar o‘rnini hech qachon qoplab bo‘lmaydi. O‘z vaqtida qo‘llangan tarbiyaviy tadbirlar bolaning shaxsi, jismi, ruhiyati ta- komili uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ta’limning har bosqichida bolaning fikrlash qobiliyati shu yoshdagi ruhiy va intellektual im- koniyatlari doirasida rivojlana boradi. Xususan, adabiyot darslari- da amalga oshiriladigan badiiy asar tahlili uni o‘z shaxsiy fikriga, munosabatiga ega bo‘lib borishini ta’minlaydi. Masalan, boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida o‘quvchi badiiy asar qahramonlariga shunchaki taqlid qiladi, ularga erga- shadi; ta’limning o‘rta bosqichida esa uni asar qahramonlarining axloqiy sifatlari, ichki dunyosi, xarakterining shakllanishi va bunga turtki bo‘lgan omillar ko‘proq qiziqtira boshlaydi. Ammo yosh bola qahramon shaxsiga xos bo‘lgan barcha xususiyatlarni inobatga ol- gan holda baholashga qodir bo‘lmaydi. Ko‘pincha u qahramonning ba’zi fazilatiga urg‘u berib, uning shaxsini biryoqlama baholaydi. Majburiy ta’lim tizimining yuqori bosqichiga qadam qo‘ygan o‘quvchi esa muallim yoki ota-onasining aytganlari, kitob va darsliklarda o‘qiganlariga tanqidiy nazar bilan qaray boshlaydi. Ko‘pincha muallimning fikr-mulohazalaridan, darslikdan xato topishga intiladi, o‘z pozitsiyasida qattiq turib, bahslashishga mo- yil bo‘ladi. Darsliklarni tuzishda bola taraqqiyotining har bir bosqi- chiga xos bo‘lgan shu kabi jihatlar hisobga olinishi, o‘quvchilarning ruhiy, jismoniy va jinsiy xususiyatlari, intellektual imkoniyatlari- dagi o‘zgarishlar mualliflarning nazaridan chetda qolmasligi kerak bo‘ladi. Darsliklar o‘quvchilarning har bir yoshdagi ichki «men»iga mos tushishi, sinfdagi eng bilimdon, bilimga chanqoq o‘quvchini 48 49 ham ortidan ergashtira olishi lozim. Shunda o‘quvchilarga darslik- lar bilan muloqot malol kelmaydi, ularda o‘zining ichki ehtiyoj- larini qondirishga xizmat qilayotgan darslikka, predmetga mehr uyg‘onadi. Dastur va darsliklar mazmuniga shu nuqtai nazar bilan yon- dashilganda ma’lum bo‘ldiki, o‘tgan asrning 40-yillarigacha bo‘lgan davrda yaratilgan darsliklarda yozuvchilarning tarjimai hollari, asar yuzasidan savol-topshiriqlardan boshqa hech qanday qo‘shimcha ma’lumot berilmagan. Asar matni ustida ishlash uchun taqdim etilgan savol-topshiriqlarning zimmasiga voqealarni yodga solishdan boshqa deyarli hech qanday didaktik vazifa yuklatil- magan. Ular, asosan matnning qayta bayoniga qaratilgan. O‘sib ke- layotgan avlodning dunyoqarashini shakllantirish nazardan chetda qolib, ularni siyosatga bo‘ysundirilgan adabiyot bilan tanishtirish- gina ko‘zda tutilgan. Sovet davrida, undan keyingi yillarda nashr etilgan darsliklarda ham tub o‘zgarish sodir bo‘lmagan. Darsliklarda o‘zbek mumtoz ada biyotidan tavsiya etilgan asarlarning faqat lug‘ati taqdim etilgani, matnni o‘zlashtirishga xizmat qiladigan didaktik ashyolar- ning yo‘qligi ularni shunchaki, yuzaki o‘rganish ko‘zda tutilganini ko‘rsatadi. Bu davr darsliklarida ham ko‘zga tashlanadigan bir illat ularda rus adabiyotidan qilingan tarjimalar ustuvorlik qilganidir. Mumtoz adabiyot namunalari, masalan, «Farhod va Shirin»ning mazmuni qisqacha bayon etilgan, u haqda umumiy gaplar aytilgan. Topshiriqlarning deyarli hammasi «asarning falon-falon bobini qisqartirib so‘zlab bering» shaklida bo‘lsa, savollar uning matnini qayta hikoyalashni talab qiladi. Darsliklardan o‘rin olgan har bir davr adabiyoti bo‘yicha yozilgan umumlashma maqolalar ham mafkuraga bo‘ysundirilgani, mazmunan sayozligi bilan ajralib turadi. Bunday holat XX asrning 80-yillari «Vatan adabiyoti» dars- liklarida ham davom etadi. Bularda ham o‘qish uchun taqdim etil- gan asarlarning siyosiy-mafkuraviy talqini, obrazlar tahlili, asar haqida darslik mualliflarining qat’iy xulosalari beriladi. «Asar haqida»gi maqolalarda asar matni tahlil qilinadi. Bunday yon- dashuv natijasida o‘quvchi asarni o‘qimaydi va uning mazmuni haqida o‘ylanmaydi. Barcha Adabiyot-darsliklarida siyosiy chaq- iriq va nasihatomuz gaplar keragidan ziyoda. Obrazlar ijobiy va 49 salbiy guruhlarga ajratilib, mehnatkash xalq vakillari istisnosiz yaxshi, boy tabaqa vakillari yoppasiga yomon, deb talqin etila- di. Obrazlar yuzasidan darslik mualliflarining qat’iy to‘xtamlari bildirilgan. O‘quvchidan shularni o‘qib, takrorlab berishgina talab etiladi. Biror joyda ham «O‘z fikringizni ayting», «Munosabatin- gizni bildiring» yoki «Falon asarni topib o‘qing» qabilidagi top- shiriq uchramaydi. O‘quvchining asarni o‘qishi, u haqda o‘ylashi yoki munosabat bildirishi mualliflarni qiziqtirmagan. 1991-yildan adabiy ta’limning maqsadi, darsliklarning maz- muni bir qadar o‘zgargan. Lekin eski davrga xos kamchiliklar bir daniga barham topmagan, albatta. Hali mamlakat mustaqilligi qo‘lga kiritilmasdan oldin yaratilgan darsliklardagi rus adabiyoti namunalari kamaytirilib, mantiqqa muvofiq miqdorga keltirilgan. Masalan, 5 – 8-sinflar uchun tuzilgan «Vatan adabiyoti» darslik- xres tomatiyalari mundarijasi yangi-yangi asarlar bilan boyigan. Biroq, ular hali yangilangan adabiy ta’limning maqsadiga – «... Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling