Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
Savol va topshiriqlar:
1. Siz «kompetensiya» va «kompetentlilik» tushunchalarini qanday angladingiz? Uni o‘z so‘zlaringiz bilan tushuntirib berishga harakat qiling. 2. Nima deb o‘ylaysiz, «kompetentlilik» bilan «ma’naviy barkamollik» tushunchalari o‘rtasida farq bormi? Bo‘lsa, u, sizningcha, nimalarda ko‘rinadi? 3. Shaxs kompetentliligiga xos bo‘lgan «bilim, ko‘nikma, malaka va tajribaga egalik hamda shaxslik sifatlar»ga alohida to‘xtaling: ilm nima-yu bilim nima? «Ko‘nikma» va «malaka» singari tushunchalarni izohlang. «Shaxslik sifatlar» deganda nima- larni tushunasiz? 4. Avvalo, «uyg‘otiladigan» va «mahsuldor» imkoniyat nima ekani haqida o‘ylab ko‘ring. «Har qanday mutaxassisga xos bo‘lgan uyg‘otiladigan imkoniyatning mahsuldor imkoniyatga aylanishi»ni izohlashga harakat qiling. Har ikkala imkoniyat ora- sida, sizningcha, qanday farq bor? 5. Kompetentlilikning tarmoqlariga diqqat qiling. Ularning qaysi biri sizda qay darajada shakllanganligi haqida o‘ylab ko‘ring, o‘zingizga o‘zingiz baho bering. 6. Har qanday mutaxassisga xos bo‘lgan kompetentlilikning tarmoqlarini alohida tahlilga torting. O‘zlashtirganlaringizni tushun changiz doirasida izohlang. Qarashlaringizni misollar bilan asoslang. 7. «Neki yozdim»ni o‘zingizcha sharhlashga urinib ko‘ring. Bobolar bitta badiiy matndan yetti xil talqin chiqarganlariga qanoat qilinsa, har bir talaba bittadan o‘z talqinini yaratishi mumkin. Bu bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisi kompetentliligining dastlabki bel- gisi bo‘ladi. 8. «Hech yo‘q...» she’ri yuzasidan o‘quvchilarga taqdim etil- gan 4, 5, 6-savollarga siz javob berishga urinib ko‘ring. Misralar- ni tahlil qiling. O‘z mulohazalaringizni kursdoshlaringiz bilan bo‘lishing. 9. «Abdunabi Boyqo‘ziyevning «Beshnavo»laridagi yetakchi g‘oyalar va ularning talqini» mavzusida insho yozing. Insholarin- gizni bir-biringizga tekshirishga bering. Kamchilik va xatolarini muhokama qiling. 10. O‘zingiz she’riy matn yaratishga urinib ko‘ring. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling