Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILAR KOMPETENTLILIGINI
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompetensiya
- Kompetentlilik
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILAR KOMPETENTLILIGINI
SHAKLLANTIRISHDA ADABIYOT O‘QITISH METODI- KASI FANINING O‘RNI Reja: 1. Kompetensiya va kompetentlilik, uning mazmuni va mohi- yati. 2. Kompetentlilik tushunchasi va uning tarmoqlari. 3. O‘qituvchi kasbiy kompetentliligi. Bugungi iqtisodiyot sharoitining har qanday yo‘nalishdagi mehnat bozorida o‘ziga munosib o‘rinni egallash uchun har bir mutaxassisdan raqobatbardoshlik talab qilinadi. Bu, o‘z navbatida, barcha sohalar xodimlaridan kasbiy kompetentlilikni taqozo etsa, adabiyot o‘qituvchisidan ma’naviy mukammallik ham talab qilina- di. Adabiyot o‘qituvchisining o‘quvchilar oldida obro‘-e’tibori ba- land bo‘lishi uchun har ikki xususiyat uyg‘unlashtirilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki adabiyot o‘qituvchisi inson ko‘ngli bilan ish- laydi. Adabiyot darslari ko‘ngil tarbiyalash darslaridir. Faqat bilim bilan qalbga kirib bo‘lmaydi. Shuningdek, hurmat, e’tirof, obro‘ singari tushunchalar borki, ularni talab qilib, so‘rab yoki sotib olib bo‘lmaydi. Ularni shaxsiy fazilatlar, ma’naviy yetuklik va bilimli- lik bilan qozonish kerak bo‘ladi. Adabiyot o‘qituvchisining kompetentliligini ta’minlash maz- kur qo‘llanmaning mazmuni-mohiyatidan kelib chiqadigan natija- dir. Kompetensiya (lotincha com’etens – munosib, mos, ke rakli, layoqatli, biladigan ma’nolarini anglatadi) – shaxs tomonidan hayotning muayyan tarmoqlarida samarali faoliyat yuritish uchun zarur bo‘ladigan bilim, ko‘nikma, malaka va tajriba mavjudligini anglatadigan tushuncha. Kompetentlilik – kompetensiyaga egalik. Odamning muay- yan sohalarda samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va tajribaga egaligi bilan uning shaxslik sifatlari o‘rtasidagi uyg‘unlikni anglatadi 19 . Kompetentlilik shaxsning muayyan soha bo‘yicha ayni amaliy imkoniyatlari va malakaviy darajasida namoyon bo‘ladi. Har qan day mutaxassisda uyg‘otiladigan va mahsuldor im- koniyat mavjud bo‘ladi. Kompetentlilik ana shu uyg‘otiladigan 19 https://ru.wikipedia.org/wiki. Vikipediya. Svobodnaya ensiklopediya. 34 35 imkoniyatning mahsuldor imkoniyatga aylantirilishini ko‘zda tutadi. «Kompetentlilik» atamasi ta’lim sohasiga psixologik izla- nishlar natijasida kirib kelgan. Bu tushuncha ruhshunoslar nazdida har qanday mutaxassisning noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan holatlarda vaziyatga mos muloqot yo‘llarini topa bilishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi usullarni qo‘llay olishi, mu- rakkab topshiriqlarni bajarishda zarur ma’lumotlardan bilgichlik bilan foydalanishi, uzluksiz ravishda o‘z ustida ishlashi, o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini izchil ravishda takomillashtirib borishini anglatadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling