Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
Savol va topshiriqlar:
1. Mustaqil fikrlash tushunchasiga berilgan quyidagi ta’rifga diqqat qiling: «insonning o‘z oldida turgan muammoni aniq belgi- langan maqsad va vazifalarga muvofiq holda bilimi hamda hayotiy tajribalariga tayanib, o‘z intellektual imkoniyati darajasida turli yo‘l, usul, vositalar yordamida, mustaqil ravishda hal qilishga qa- ratilgan aqliy faoliyatidir». Uni qanday tushunganingizni birorta badiiy matnga tayangan holda asoslab bering. Adabiyot darslarida o‘quvchilarni mustaqil mulohaza yuritishga yo‘naltirish borasida mulohaza yuriting. 2. Inson tafakkuri mustaqilligi darajasining belgilari – tashab- buskorlik, pishiqlik va tanqidiylik haqida o‘ylab ko‘ring. Ularni o‘z qarashlaringiz asosida, hayotiy yoki badiiy haqiqatlar misolida tahlil qiling. 3. Quyidagi fikrni o‘qing: «Maqsad, vazifalari o‘zga shaxslar tomonidan belgilab qo‘yilgan, tayyor usul va vositalarga tayangan holda boshqalarning bevosita yordami bilan amalga oshiriladigan jarayonda ishtirok etgan tafakkur fikr qaramligini anglatadi. Mus- taqil tafakkurga ega bo‘lmagan kishilar tayyor qarashlar quliga aylanadilar. Ularning tafakkuri ...o‘sish-rivojlanishdan orqada qoladi. Mustaqil fikrlash rivojlanmagan hollarda kaltabin, aqlan erinchoq, behafsala, loqayd odam shakllanadi. Tafakkurning qa- ramligi, muteligi jamiyat rivojiga, millat taraqqiyotiga to‘siq bo‘lib, alohida odam uchun fojiadir». Undagi kalit so‘zlarni alo- hida ajratib yozing. Har bir so‘zning mazmun-mohiyatini ochib bering. Olingan ko‘chirmadagi har bir jumlani alohida-alohida tahlilga torting. Mustaqil fikrga ega bo‘lmagan fuqarolar jamiya- tining, alohida shaxsning fojiasi darajasi haqida birgalashib mulo- haza yuriting. 4. Inson tafakkurining mustaqilligi darajasini o‘lchash mezo- niga e’tibor qiling: «Ma’lum vaqt oralig‘ida mustaqil ravishda ba- jarilgan aqliy ish ko‘lami va sifati». Siz buni qanday tushundingiz? Bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisi sifatida o‘quvchilar bilimining mus- taqilligi darajasini nimalarga asoslanib baholash to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring. Kursdoshlar o‘zaro muhokama qilib, bir asar misolida qa- rashlaringizni asoslang. 5. Quyidagi fikrga diqqatingizni qarating: «Ammo adabiy ta’limning o‘ziga xosligi shundaki, unda har bir o‘quvchi o‘z oldi- 85 ga qo‘yilgan muammoni tegishli maqsad va vazifalarini belgila- gan holda bilimi, hayotiy tajribasiga tayanib turli yo‘l, usul, vosi- talar yordamida mustaqil ravishda hal qilib, faqat o‘zining badiiy haqiqatini chiqarishi mumkin». Bunga nima deysiz? Ona tili yoki matematika darslarida kelinadigan yagona haqiqat-xulosa bilan adabiyot darslarida qabul qilinadigan turfa haqiqatlar bir-biridan mazmunan qanday farq qiladi? Ularning mohiyatida, Sizningcha, nima yotadi? Ko‘chirmaning mazmunini sharhlang. 6. Italiyalik mutaxassis J. Rodarining: «Agar bolalarni mus- taqil fikrlashga o‘rgatmoqchi bo‘lsak, eng avvalo, ularni ertaklar to‘qishga, sarguzashtlar tuzishga undash kerak. Fikrni faqat yangi, avval uchramagan, tortishuvlarga sabab bo‘ladigan masalalarga sarflash lozim. Zerikish – fikrning dushmani», degan qarashlari- ga asoslanib buni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari haqida o‘ylab ko‘ring. Siz, bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisi, mazkur holatni qanday tashkil etgan bo‘lardingiz? 7. Yuqorida o‘quvchilarga namuna sifatida keltirilgan top- shiriq: «Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» asari qahramonlari Kumushbibi va Zaynab timsollarini o‘zaro taqqoslash» zamiridagi savol va topshiriqlar ustida Siz ham o‘ylab ko‘ring. O‘z munosa- batingizni bildiring, xulosa chiqaring. Nega shunday xulosaga kel- ganingizni asoslang. 8. Yuqorida: «Muallim tarbiyalanuvchilarni mantiqiy fikr yuritish usullari bilan tanishtirib borishi; qolipda fikrlashga yo‘l qo‘ymasligi, nafaqat darslik mualliflari, balki o‘rtoqlarining fikr- mulohazalarini takrorlamaslikka, ijodiy izlanishga yetaklashi; o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olib, ularning aqliy imkoniyatlarini ishga sola bilishi; har bir o‘quvchi oldiga o‘ziga xos muammo qo‘ya olishi va uni yechishga yo‘naltirishi; uchraydigan qiyinchiliklarni yengishga odatlantirishi zarur», de- gan fikr bor. Siz buni, bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisi sifatida, qan- day tasavvur qilasiz? Muallim zimmasiga qo‘yilayotgan har bir ta- labni alohida ajratib yozing. So‘ngra ularni tahlilga torting. Amalda qanday bajarish kerakligi haqida birgalashib mulohaza yuriting. 9. Bo‘limda alohida ta’kidlangan: «O‘quvchining mehnati oson bo‘lishi kerak emas» degan fikrga o‘z munosabatingizni bildiring. Bu haqiqatga qo‘shilasizmi, yo‘qmi? Har ikkala holatda ham fi- kringizni asoslang. 86 87 10. Bo‘limda taqdim etilgan adabiyot darslarida o‘quvchilarni mustaqil mulohaza yuritishga undovchi har bir tavsiya (detal)ni alohida ajratib yozing. Ularni qanday tashkil etish bora- sida o‘qituvchingiz bilan birgalikda fikrlashing. 11. Bo‘limdagi «Ravshan» dostonidan olingan parchaga diqqat qiling. Undan Zulxumorda mavjud bo‘lgan sifatlarni ajrat- ing. O‘zbek xalqining go‘zallikka qo‘ygan mezonini birma-bir yozing. Sizningcha, ularning qay biri haqiqatga yaqinu qay biri mubolag‘a? Siz, bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisi, mazkur matn yuza- sidan o‘quvchilaringizni mustaqil mulohaza yuritishga undaydigan qanday savol va topshiriqlarni tavsiya etgan bo‘lardingiz? 12. Zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimiga xos bo‘lgan: «O‘quvchidagi ichki imkoniyatlarni uyg‘otib, uni o‘zi o‘qiydigan va o‘zini o‘zi tarbiyalaydigan qilish, bu jarayonda o‘zi tashabbus- kor, ehtiyojmand bo‘lishiga erishish lozimligi hamda butun kuchni shunga yo‘naltirish» tarzidagi vazifalarning mohiyatiga kirishga urinib ko‘ring. Bularni adabiy ta’lim amaliyotida qanday tashkil etish mumkin deb o‘ylaysiz? Fikrlaringizni o‘rtoqlashing. 13. O‘quvchilarni kitob o‘qishga jalb qilish borasidagi taklif va mulohazalarga diqqat qiling. Ularni yana qanday tavsiyalar bilan boyitgan bo‘lardingiz? 14. «Mashrab g‘azallarida ilohiy ishq tavsifi» mavzusida tahlil- insho yozing. Har biringizning ishingizni birgalikda muhokama qiling. Xato va kamchiliklari ustida suhbatlashing. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling