Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
rasa, Zulxumorning kamoli, oyday jamoli, oq yuzida xoli, yangi
to‘lgan oyday ikki qoshi hiloli. Ravshanbek zehnini qo‘yib qarasa, yasangan hurday, tishlari durday, ko‘zlari yulduzday, qoshlari qunduzday, lablari qirmizday, og‘izlari o‘ymoqday, lablari qay- moqday, ikki yuzi oyday, tarlon-qarchig‘ay uchadigan qushday, muhrlangan qog‘ozday yalt-yult etib o‘tiribdi. Zulxumoroyning bu yog‘ida to‘qson besh, bu yog‘ida to‘qson besh – o‘n kam ikki yuz kokili bor, bir yog‘ini tilla suvga botirgan, bir yog‘ini kumush suv- ga botirgan, tong shamolida qotirgan. Jamoli chillaning qoriday tingjirab, yaltirab o‘tiri...» tarzida keltirilgan. O‘quvchi Zulxumor- ning ta’rifini o‘z so‘zlari bilan ifodalash uchun matndan mana shu bo‘lakni qayta o‘qishi va o‘zlashtirishi, uning mohiyatiga kirishi kerak. Asar ustida ishlashning keyingi bosqichlarida mana shu qism va unsurlarning o‘zaro aloqasi chuqurroq anglab yetiladi. Adabiyot darslarida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash asosida bilim olishlarini ta’minlashda ta’lim maqsadini to‘g‘ri belgilash 81 muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyot metodikasi ilmi har bir ada- biyot darsi oldiga tarbiyaviy, ta’limiy, yo‘naltiruvchi va rivojlan- tiruvchi singari maqsadlar qo‘yilishi lozimligini ko‘zda tutadi. Bu xil maqsadlar to‘g‘ri belgilab olinsa, dars jarayoni shu asosda tash- kil etilsa, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlari uchun ulkan im- koniyatlar paydo bo‘ladi. Afsuski, dars jarayonida o‘qituvchining diqqat markazida o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini ta’minlash emas, balki o‘z faoliyatini tashkillashtirish turadi. Adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda dars shaklini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘quv materialining mazmuni, hajmi, darsning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari va qiyinlik darajasini belgilash; materialning o‘quvchi hayotiy tajribasi, ilgari o‘zlashtirgan bilimi va aqliy- amaliy faoliyati bilan aloqasini o‘rnatish; o‘quvchining mustaqil ishlari va o‘quv topshiriqlari tizimini aniqlash; darsning jihozlarini, axborotlarning asosiy va qo‘shimcha manbalarini o‘rnatish ko‘zda tutiladi. Adabiyot darslari sinfdagi o‘quvchilar bilan yalpi ishlash, ayni vaqtda har bir bolaning mustaqil faoliyatini birgalikda qo‘shib olib borish ko‘zda tutilgan holda, o‘qitishning jamoa, guruh yoki indi- vidual shakllarida tashkil etilishi mumkin. Bundan tashqari, adabi- yot darslarining maqsad va vazifalariga, mazmun va metodlariga mos keladigan tizim ham zarur. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling