Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Adabiyot, ma’naviyat va mustaqil fikrlash
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
Adabiyot, ma’naviyat va mustaqil fikrlash. Olam sarvari
bo‘lgan Odamning Yaratganga xush yoqadigan fazilatlar bilan ziynatlanishi ming-ming yillardan beri ta’lim-tarbiyaning asosi bo‘lib kelgan. Ko‘rinadiki, insonning ma’naviy to‘kislik sari intili- shi – tabiiy jarayon. Shu tabiiy taraqqiyotga tayangan holda fuqa- rolari erkinligini ta’minlash, xalqining ham moddiy, ham ma’naviy to‘kisligiga erishish har qanday mamlakatning kuchli bo‘lishi ga- rovidir. Shu ma’noda, yurtimiz ta’lim-tarbiya tizimida ham inson ma’naviyatining sog‘lomlashuviga, uning yaxshi sifatlar bilan to‘yinishiga birlamchi yumush sifatida yondashish ustuvor ahami- yat kasb eta boshladi. O‘quv-tarbiya amaliyotida ham muayyan o‘zgarishlar sodir bo‘layotir. Ta’lim kechimi insoniylashdi, mazmuni insonparvar- lashdi. O‘qitish jarayoni oliy maktabga kiruvchi abiturient tay- yorlashdan barkamol shaxs shakllantirishdek, sog‘lom ma’naviyatli 82 83 odamni tarbiyalashday keng qamrovli maqsadga yo‘naltirildi. Tarbiyalanuvchilar o‘zgalar tomonidan o‘qitilishi kerak bo‘lgan ta’lim obyektidan o‘qitish va tarbiyalash kechimida o‘zi bevosita faol ishtirok etadigan subyekt darajasiga ko‘tarilmoqda. Ya’ni tar- biyalanuvchi xuddi o‘qituvchi singari dars jarayonining ijrochi- siga aylanib bormoqda. Bugungi pedagogika ilmi va amaliyotida ta’lim-tarbiya tizimining vazifasi o‘quvchidagi ichki imkoniyat- larni uyg‘otib, uni o‘zi o‘qiydigan va o‘zini o‘zi tarbiyalaydigan qilish, bu jarayonda o‘zi tashabbuskor, ehtiyojmand bo‘lishiga eri- shish lozimligi hamda butun kuchni shunga yo‘naltirish zarurligi tushunib olindi. Bolani badiiy adabiyotga oshno qilish uchun, avvalo, oilada ota-onaning, ayniqsa onaning o‘zida bunga moyillik kuchli bo‘lishi zarur. Har bir inson ruhiy dunyosining shakllanishida ona muhim o‘rin tutadi, ayni vaqtda, onaga munosabat uning ma’naviy qiyofa- sini belgilovchi asosiy omil ham sanaladi. Ma’lumki, bolalar hami- sha kattalar bilan birga bo‘lishni, ularning atrofida «o‘ralashib» yurishni, ota-ona, bog‘cha opa yoki o‘qituvchining maqtovlarini eshitish yoxud e’tiroflarini his qilib turishni xush ko‘rishadi. Afsus- ki, o‘zbek oilalarining ko‘pchiligida kattalar, ayniqsa, onalarning bolalari bilan o‘ynashga vaqti yo‘q. Ularning bundan «muhim»roq ishlari ko‘p. Aslida har bir onaning oiladagi asosiy vazifasi – bola- sining qiziqishlari, intilishlari, xohishlarini anglash, o‘sib kelayot- gan zurriyodining jismonan sog‘lomligini ta’minlash, uni ma’naviy barkamollik yo‘liga solib qo‘yishdan iborat. Bolalarni ko‘rkam asar o‘qishga qiziqtirish, badiiy so‘zni tu- yish, undan ta’sirlanish va zavq ola bilishga yo‘naltirish ularning ko‘ngillarini injalashtiradi, tabiatini tozalaydi. Ko‘pchilik ota-ona- lar, ta’lim-tarbiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, zi- yolilar yosh avlodda badiiy kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni rivoj- lantirish yo‘lida qayg‘urmoqda. Ota-onalarni bolalariga kitob o‘qib berishga majbur qilish lozim. Buning uchun maktabda bolalar va ota-onalarning kitob o‘qishiga bag‘ishlangan birgalikdagi majlislarini tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday majlislarda ota-onalarga far- zandlariga o‘qib berishi lozim bo‘lgan badiiy asarlar ro‘yxatini yozdirish, avvalo, maktab kutubxonasini zaruriy adabiyotlar bi- lan boyitish yoki sotib olish mumkin bo‘lgan joylar yoxud inter- 83 net sahifalari haqida ma’lumot berish kerak bo‘ladi. Kitoblarning o‘qilish muddatini belgilash va ota-onalarni bundan xabardor qilish zarur. Bolasining ertasi uchun qayg‘urayotgan ota-onalar bu ishlar- ni bajarishadi. Bog‘cha opa yoki o‘qituvchi belgilangan muddatda o‘qilgan badiiy asarlar ustida ishlash darslarini tashkil qilishi, suh- bat asnosida o‘quvchilariga matn mazmunini qayta hikoyalashni emas munosabat bildirishni talab qiluvchi savol-topshiriqlar bilan murojaat qilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bolalarning kompyuterga qiziqishlari baland ekani ayon. O‘qituvchi o‘quvchilardagi shu tabiiy xususiyatdan foydalanishlari kerak. Ya’ni ular o‘qishlari lozim bo‘lgan badiiy asarlarni elek- tron kutubxonalardan topib o‘qishni tavsiya qilishi maqsadga mu- vofiq bo‘ladi. Yoki kompyuter orqali ko‘rilgan multfilm, kinolar bilan ularning kitob variantini solishtirish borasida ham suhbatlar tashkil etish mumkin. Bunday taqqoslash darslarida o‘quvchilar kitob da ifodalangan, kino yoki multfilmda aks ettirish aslo mum- kin bo‘lmagan muhim jihatlarni topishga yo‘naltirilishi, buning sabablari haqida o‘ylab ko‘rishga undalishi, qahramonlar shaxsini ochishda kitobda aks ettirilgan baland tuyg‘ular tasviri, iztirob- lar ifodasining qanchalar muhim ekanini anglashga yo‘naltirilishi zarur. O‘quvchilarni kitob o‘qishga yo‘naltirishning yana bir yo‘li ularni rag‘batlantirishdir. O‘quvchilar ma’lum bir sinfni tamomla- salar ularga maqtov yorliqlari beriladi. Ana shu yorliqlar o‘rniga ta- niqli shoir yoki yozuvchilarning kitoblari sovg‘a qilinsa, foydaliroq bo‘ladi. Qolaversa, taniqli shoir yoki yozuvchilar bilan o‘quvchilar uchrashuvlarini tashkil etish, ular bilan yosh kitobxonlar o‘qigan asarlar yuzasidan suhbatlar uyushtirish ham o‘quvchilarning badiiy so‘zga muhabbatini oshirishi tabiiy. Xullas, yosh avlod ma’naviy takomilini ta’minlashda kitobdan oqilona foydalanish, buni to‘g‘ri tashkil eta bilish oilada ota-ona- ning, ta’lim muassasalarida tarbiyachi va o‘qituvchilarning burchi- dir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling