Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
Unda abadiyat va foniylik, hayot, muhabbat va o‘lim muammosi-
ning o‘ziga xos tarzda tasvir etilishi. Kichkina shahzoda obrazi. Ertakdagi boshqa obrazlar va ular o‘rtasidagi munosabat. Ertak- da bolalar ruhiyatiga xos xususiyatlarning yorqin ifodalanganligi. Ertakning tarbiyaviy ahamiyati» 83 . Badiiy asarlarni bo‘laklarga bo‘lib o‘rganishda, ya’ni darsni modullar asosida tashkil etishda, istalgan joydan, istalgan narsa oli- naverilmaydi. Buning o‘ziga xos pedagogik, psixologik sabablari bor. O‘qituvchi «Kichkina shahzoda»ni uning boblariga tayanib, to‘rt soatga rejalashtirib olishi va har darsda o‘qilgan bo‘laklardagi yetakchi fikrlarni modullashtirib olishi maqsadga muvofiqdir. Ayni zamonda, bo‘lajak o‘qituvchilarning «Kichkina shahzoda»ni o‘zlari modullashtirishlari, ya’ni mazkur ishlanmaga 83 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5 – 9-sinfi uchun adabiyotdan o‘quv das- turi. «Ma’rifat» gazetasi, 2007 yil, 4-, 7-,9-oktyabr. 177 tayanib ajratib ko‘rsatilgan o‘rinlardan kompyuter yordamida max- sus modullar yaratishlari o‘z amaliy faoliyatlarini tasavvur qilish- lariga imkon yaratishi mumkin. Adabiyotchi o‘qituvchilarning «Kichkina shahzoda»ni o‘rganish qiyin degan e’tirozlarida jon bor. O‘quvchilarning uni anglashi qiyin kechayotganini ham tushunish mumkin. Chunki asar bizning milliy ruhiyatimizga uncha yaqin emas. Avvalo, bizning bolalar hamisha kattalarni haq deb biladilar. O‘zbekning milliy- axloqiy xususiyatida kattalarni tanqid qilish, ularning xatti-hara- katlariga tahrir kiritish hissi yo‘q. Bu o‘zbekcha axloqiy me’yor bolalarning genida mavjud. Ayrim 5-sinf o‘quvchilarining asardan ma’naviy zavq ololmayotganlari va asar qahramoniga xos bo‘lgan jihatlarni his qilmayotganlarining sababi ham shunda. Ishni qiyinlashtiradigan yana bir holat shundan iboratki, asar- dan amaldagi darslikda berilgan parchada qissaning aslidagi surat- lar yo‘q 84 . Holbuki, parchada: «Rasmlarni muallifning o‘zi chiz- gan», «Mana o‘sha surat», «Mana, men chizgan narsa», «shu rasmni chizib berdim» degan jumlalar bor (Bu sezgir o‘quvchida e’tiroz uyg‘otadi. O‘quvchining xafsalasi pir bo‘lib qolmasligi uchun keyingi nashrda bu nomuvofiqlik bartaraf etilishi lozim). O‘qituvchi bu rasmlarning har birini internet orqali topib alohida modullashtiradi. Har qanday asar matni o‘qituvchi tomonidan o‘qib berilayotgan paytda o‘quvchilar ham u bilan birga o‘z darsliklaridan asarni ich- dan o‘qib borishlari tavsiya etiladi. Bu usul, avvalo, o‘quvchilarni eshitish orqali ifodali o‘qish ko‘nikmasini egallashga yo‘naltiradi, o‘zlari o‘qish asnosida esa o‘qituvchidan ortta qolmaslikka intilib tez o‘qish ko‘nikmasini ham egallab boradilar. Asar to‘liq o‘qib bo‘lingandan so‘ng, ikkinchi darsda uning tahliga kirishiladi. Ma’lumki, «Kichkina shahzoda» qissasi dunyodagi ko‘p til- larga tarjima qilingan. Unda Antuan de Sent-Ekzyuperi niho- yatda nozik qalbli, xayolot olami boy, sog‘lom mantiq asosida ya- shaydigan o‘zga sayyoralik bolakay timsolini yaratgan. Asar qah- ramoni Kichkina shahzoda yaxshini yomondan, go‘zalni xunukdan farqlay olmaydigan, fantaziyasi qotib qolgan kattalar ruhiyatini tu- shunmaydi. Hodisalarga tor manfaat yuzasidan qaraganligi, bag‘ri 84 Ahmedov S., Qosimov B., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh. Adabiyot. 5-sinf uchun darslik-majmua. – T.: «Sharq», 2007. 64-b. 178 179 keng bo‘lolmagani uchun bir-birini anglamay, bir marta beriladi- gan hayotda maza qilib yashash o‘rniga urushlarni, qirg‘inlarni o‘ylab topadigan kattalar shahzodaning kinoyaviy nazari bilan tasvir etiladi. O‘quvchilarga asardagi mana shu haqiqatlarni kashf etishda ko‘maklashish kerak. Buning uchun o‘qituvchiga asar mat- ni yuzasidan tayyorlangan savol-topshiriqlar yordam beradi. Af- suski, darslikda taqdim etilgan savol-topshiriqlar o‘quvchilarning asar mohiyatini anglashlari uchun yetarli emas. Shuning uchun o‘qituvchi asar matnidagi diqqatga sazovor o‘rinlarni modul- llashtirishi, ularni ekranda namoyish etishi yoki kichik guruhlarda ishlayotgan o‘quvchilarga taqsimlab berishi va har bir qism zami- ridagi muhim jihatlarni savol yoki topshiriqqa aylantirib, ularga o‘quvchilarning e’tiborini qaratishi kerak bo‘ladi. Asar tahlilining asosiy quroli bo‘lmish savol-topshiriqlarning dastlabkisi birinchi modulning mazmuni asosida tuzilgan: «Qis- sa qahramoni chizgan rasmga kattalarning munosabati, ularning jug‘rofiya, tarix, arifmetika va husnixatni o‘rganish borasida bergan maslahatlari hamda shu sababli «rassomlikning porloq istiqbolidan voz kechishga majbur bo‘lgani»ga o‘z munosabatingizni bildi- ring!» – topshirig‘i bo‘lib, unga javob berish uchun o‘quvchilar mustaqil mulohaza yuritishlari kerak bo‘ladi. Avvalo, jungli haqida xayol surish uchun u haqda biror narsa bilish kerak. Unga xos jihat- larni tasavvur qilish kerak. Ma’lumki, bolaning xayolot olami chegara bilmaydi. Xa- yolda aqlga sig‘maydigan ishlar ham oppa-oson sodir bo‘laveradi. Hikoyachining rasm chizishga undagan narsa ham undagi xayol ufqining kengligidir. Maslahat bergan, uzoqni ko‘ra biladigan kat- talarning haq ekani ko‘rinib turgan esada, ular nafaqat asar qahra- moniga, balki shu darsda o‘tirganlarga ham yoqmasligi mumkin. Lekin baribir, chizilgan rasmni ko‘rgan bolalar kattalar haq ekanini ichdan tuyib turadilar. O‘qituvchi o‘quvchilarining javoblaridan buni ilg‘ashi mumkin. Lekin kattalarning «aqlliligi» bilan shakl- lanib kelayotgan iste’dod yo‘qqa chiqarilmadimi? Kattalar bu bi- lan hisoblashishlari kerakmidi? Bolalar shular haqida ham o‘ylab ko‘rsinlar. Ikkinchi modul – muallifning bolalikda chizgan dastlabki sura- ti bo‘ladi. «Kattalarning: «Shlyapaning nimasi qo‘rqinchli ekan?» shaklida munosabat bildirishlari sababi haqida o‘ylab ko‘ring. Kat- 179 talarning tashqi o‘xshashlikka e’tiborlari, xayoli uzoqlarga parvoz qilmasligi haqida mulohaza yuriting. O‘zingizning bolalikdagi «suratchi»liklaringizni ham yodga oling» topshirig‘i o‘quvchilarni o‘z atrofidagi kattalarga asar qahramoni nazari bilan qarashga un- daydi. Masalaga chuqurroq yondashishga qodir o‘quvchilar o‘z hayotidagi har xil vaziyatlarga kattalarning munosabatini eslab, uni o‘z nazari bilan qayta baholaydi. Balki bu haqda so‘zlab ham berar. O‘qituvchi bu imkoniyatni qo‘ldan bermasligi kerak. «Hikoyachining: «Axir, kattalarga hamma narsani doim Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling