Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
bolada o‘zini kuzatish va harakatlarini boshqarish hissi shakllanib
boradi» 90 . Montessoridan olingan bu jo‘ngina iqtibosga singdiril- gan haqiqat shundan iboratki, bola jim turgan ashyolardagi yax- shilik bilan o‘zining beboshvoq faoliyati natijasida yuz bergan yo- monlikni aralashtirib yubormasligi yoki bu kabi hodisalarga bepar- vo bo‘lmasligi kerak. Bu bolaning kattalarga bo‘ysunuvchanligi, itoatkorligi yoki passiv bo‘lishi uchun emas, balki o‘z faoliyatida, mehnati jarayonida ichki ziyraklikni shakllantirish uchun zarurdir. Fransuz faylasufi Jan-Jak Russo: «Inson mukammal bo‘lib tug‘iladi, ammo jamiyat o‘zining tarbiyasi bilan uni mayib qila- 89 Монтень Мишель. Опыты. Избранные произведения в 3-х томах. Том 2. Пер. с фр. – Москва: «Педагогика», 1992. 560 c. 90 Монтессори М. Дом ребёнка: Метод научной педагогики: Пер. с итал. – Гомель. 1993. 204 205 di», – degan ekan 91 . Russo bolaning erkiga daxl qilmaslikni, uni hech narsaga majburlamaslikni taklif qilgani holda, tarbiyalanuv- chiga nisbatan qat’iyatli va talabchan bo‘lishni unutmaslikni, ayni zamonda, har qanday injiqliklarini qondiravermaslikni ham ta’kidlaydi. U odamni o‘z ixtiyori bilan yaxshiliklarga yo‘naltirish shu ishni kuch bilan qilishga majburlashdan ko‘ra yaxshiroq deb hisoblaydi. L. N. Tolstoy ta’lim mazmuni va maktabning ichki tuzilishi- ni o‘quvchilarning xohishlari asosida amalga oshirish, bilimlarni ixtiyoriy tarzda o‘rganish kutilgan samarani berishini ta’kidlaydi. Uning fikricha, bola xohlagan narsasini, xohlagancha eslab qoladi. Bolani tarbiyalash, unda qandaydir axloqiy fazilatlarni shakllanti- rishga urinishni Tolstoy kattalar tomonidan bolaga o‘tkaziladigan zug‘um deb biladi. Uningcha, tarbiya bolada mavjud bo‘lgan axlo- qiy fazilatlarga maksimal darajada uyg‘un bo‘lmog‘i lozim, xolos. Ortiqcha hech qanday zo‘riqishlarga hojat yo‘q 92 . Shuni alohida ta’kidlash kerakki, erkin tarbiya g‘oyasi za- mirida tabiat, jamiyat va madaniyat singari faktorlar mavjud. Bu uchlikning markazida erkin shaxs turadi. Ta’lim jarayonida erkin tarbiya tamoyillariga tayanilganda pedagog va o‘quvchi, o‘quvchi va o‘quvchi orasidagi muloqot jarayoni tenglik asosiga ega bo‘ladi. O‘quvchi olam va odamni kuzatishga, ularni o‘rganishga, kuzat- ganlariga tayangan holda mulohaza yuritish, taqqoslash, baholash o‘zi xulosalar chiqarishga ixtiyoriy kirishadi, to‘g‘rirog‘i erkin tar- biya asosiga qurilgan ta’lim jarayoni uni shunga yo‘naltiradi. Rus pedagogi K. N.Ventsel ham ta’limda erkin tarbiyani targ‘ib qilgan. Uning fikricha, axloqiy fazilatlar o‘quvchilarning «miyasiga joylab qo‘yish» bilan emas, balki bolada ma’naviy sifat- larga ixtiyoriy moyillik uyg‘otish yo‘li bilan singdirilishi lozim 93 . Venttselning fikricha, erkin tarbiya tamoyillariga tayan- gan pedagog hech qachon asabiylashmaydi, biror narsadan xafa bo‘lmaydi, o‘z hissiyotlarini boshqara biladi, o‘ziga ishonadi, o‘z egotsentrizmini yenga oladi, o‘zgalarga va ularning fikriga sabrli 91 Руссо Ж. Ж. «Эмиль или o воспитании». – Москва: 1995. – С. 62. 92 https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия. 93 Венцель К. Н. Теория свободного воспитания и идеальный детский сад. Антология гуманной педагогики. – Москва. 1999. – С. 30. 205 bo‘ladi, o‘z agressiyasini ushlab turishga o‘rganadi, o‘quvchilarni xolis baholaydi, bolalardagi qo‘rquv, bezovtalik hamda asabiy zo‘riqishlarni kamaytiradi. V. A. Suxomlinskiyning pedagogik qarashlari zamirida ham erkin tarbiyaning belgilarini ko‘rish mumkin: bolalarga ishonish; nomajburiy ta’lim; hech qanday jazolarsiz tarbiyalash; kattalar va bolalar hamkorligi; ijodiy mehnat va axloqiy erkinlik; bolaga tur- mush tarzi, xatti-harakati va o‘zini qanday tutish ixtiyorini berish; o‘zi tanlagan narsalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olish va ho- kazo 94 . Suxomlinskiyning bu prinsiplarini amalda rus pedagoglari Sh. A. Amonashvili, N. Ilin va boshqalar, o‘zbek pedagoglari M. Abdurasulov, A. Boyirbekova, K. Qodirovalar faoliyatida kuzatish mumkin 95 . Taniqli fransuz pedagogi – gumanist S. Frene: «Jamiyatning Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling