Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Taksonomiya qadimgi grek tilidagi (τάξις) tartib, saf va 
(νόμος ) qonun so‘zlaridan olingan bo‘lib tasniflash, tizimga solish 
tamoyillari va amaliyoti haqidagi bilim demakdir.
Blum taksonomiyasi 1956-yida bir guruh olimlar tomoni-
dan taklif etilgan bo‘lib, unda guruh rahbari amerikalik psixolog 
Benjamin Semyuel Blum (1913 – 1999)ning «Ta’lim maqsadlari 
taksonomiyasi: bilish yo‘nalishi» nomli kitobidagi g‘oyalari ilgari 
surilgan
98
.
«Taksonomiya» atamasi birinchi marta 1813-yilda o‘simliklar 
klassifikatsiyasi bilan shug‘ullangan fransuz botanigi Ogyusten 
Dekandol (1778 – 1841) tomonidan fanga kiritilgan. Bu so‘z avval 
faqat biologiya fanida qo‘llanilgan. Keyinchalik lingvistika, geog-
rafiya va geologiya ilmidagi murakkab tizilmalarni tasniflash naza-
riyasini ifodalovchi atama sifatida ham qo‘llanila boshlandi.
Blum taksonomiyasi o‘qituvchi tomonidan tarbiyalanuvchilar 
oldiga qo‘yiladigan qator topshiriqlarni ta’lim maqsadlariga mu-
vofiq tarzda: kognitiv, affektiv, psixomotor yo‘nalishlarida tasnif-
lanishini nazarda tutadi. Ta’limning bu uch yo‘nalishini oddiyroq 
qilib «bilaman», «his qilaman» va «yarataman» so‘zlari bilan ifo-
dalash mumkin. 
Psixologiya ilmida «kognitiv» (bilaman) so‘zi axborotni qabul 
qilish va uni qayta ishlash ma’nosida, insonning ruhiy holati (ishon-
chi, xohish-istaklari va maqsadlari)ni ifodalashda qo‘llaniladi. 
«Kognitiv» ta’lim bilimlarni o‘zlashtirish va o‘zlashtirilgan ax-
borotni amaliyotda qo‘llay olishni nazarda tutadi
99
.
98
https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия.
99
Азимов Э. Г., Щукин А. Н. Новый словарь методических терминов и 


212
213
Bilimlarni o‘zlashtirishning affektiv yo‘nalishi (lotincha af-
fectus so‘zidan olingan bo‘lib, ichdan to‘lqinlanish ma’nosini ang-
latadi) shaxsning portlash xarakteridagi qisqa muddatli va yuqori 
intensiv emotsional holatini nazarda tutadi. Ta’lim maqsadlari-
ning affektiv yo‘nalishi o‘zida insonning emotsional reaksiyasini, 
o‘zgalarning qayg‘u yoki shodligini qanchalik his etishiga e’tibor 
qaratadi. Affektiv maqsadlar insonning tuyg‘ulari, emotsiyasi va 
munosabatlari bilan bog‘liqdir
100

Blum taksonomiyasida ifodalangan psixomotor maqsadlar 
asbob-uskunalarga, o‘quv qurollari, texnika vositalariga mosla-
shishni nazarda tutadi. Psixomotor maqsadlar amaliy ko‘nikmalarni 
o‘zgartirish va rivojlantirishni ko‘zlaydi
101
.
Ta’lim maqsadining har uchala yo‘nalishida uning keyingi 
bosqichiga o‘tish uchun avvalgi bosqich bo‘yicha tajribaga ega 
bo‘lish taqozo etiladi. Blum taksonomiyasining asosiy maqsadi 
pedagoglarda ta’lim maqsadining har uchala sohasi bo‘yicha moti-
vatsiya uyg‘otish va shu orqali ta’lim samaradorligini ta’minlashdan 
iboratdir.
Kognitiv yo‘nalishdagi ko‘nikma va malakalar bilim, tushun-
cha va tanqidiy mulohaza yuritishga daxldor. Blum taksonomiya-
sida o‘quv maqsadlarining kognitiv yo‘nalishi quyidagicha tasnif-
lanadi: bilish, tushinish, qo‘llash, tahlillash, umumlashtirish va ba-
holash. Ta’lim maqsadlarining kognitiv yo‘nalishida:
bilish bosqichi o‘zlashtirilgan o‘quv materialini esda saqlab 
qolishni va aniq dallilar, nazariy qarashlarni amaliyotda qo‘llashni 
nazarda tutadi;
tushinishning asosiy belgisi o‘quv materialini bir turdan ik-
kinchi turga o‘tkaza bilish, voqea va hodisalarning keyingi bos-
qichini tasavvur qila olishdan iboratdir;
qo‘llash turida o‘zlashtirilgan bilimlarni ma’lum shart-sha-
roitda, begona vaziyatlarda foydalana bilish nazarda tutiladi; 
tahlillash kategoriyasi o‘zlashtirilgan bilimlarni aniq tizim-
ga sola bilishni nazarda tutadi;
понятий (теория и практика обучения языкам). – Москва: «ИКАР», 2009. – С. 
96. 
100
Peter Lang, Yaacov Katz, Isabel Menezes. Affective education. (A Compara-
tive View.) – London and New York, 1998. – 261 p.
101
Азимов Э. Г., Щукин А. Н. Новый словарь методических терминов и 
понятий (теория и практика обучения языкам). – Москва: «ИКАР», 2009. – С. 96.


213
umumlashtirish kategoriyasi kashf etilgan yangilikka 
qismlarni yaxlitlash orqali qayta erishishni nazarda tutadi;
baholashda esa u yoki bu o‘quv materialining ahamiyati ba-
holanadi
102
.
Bilishda o‘quvchilarning mazkur bosqichni egallaganliklarini 
ko‘rsatuvchi xatti-harakatlari quyidagilarda aks etadi: atamalar, da-
lillar, metodlar, asosiy tushunchalar, qoida va tamoyillarni bilishi 
hamda ulardan amalda foydalana olishi muhim sanaladi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling