Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
ADABIY TA’LIMDA ERKIN TARBIYA
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
ADABIY TA’LIMDA ERKIN TARBIYA
TEXNOLOGIYASINING O‘RNI Reja: 1. Erkin tarbiya tushunchasi va uning mohiyati. 2. Erkin tarbiyaga qaratilgan texnologiyaning erkin, ijodkor shaxsni tarbiyalashi. 3. Erkin tarbiya talablariga tayangan holda adabiyot darslari tashkil etish. Milliy pedagogika ilmi va amaliyotida shaxs ijodiy potensi- alini ongli ravishda o‘zining rivojlanishiga qaratish tendensiyasi hukmronlik qilmoqda. Erkin, ijodkor shaxsni tarbiyalash g‘oyasiga pedagoglar va faylasuflar hamma zamonlarda katta e’tibor qarat- ganlar. Pedagogika ilmida erkin tarbiya konsepsiyasi bola ning hay- oti, axloqi va faoliyatiga har xil cheklovlar qo‘yish va unga hokim- lik qilishga qarshi turadi. Erkin tarbiya tarafdorlari ning ideali bola rivojlanishi va qobiliyatiga cheklov yoki taqiqlar qo‘ymaslikdan iborat bo‘lgan. G‘arbda bu fenomen M. Monten, M. Montes- sori, J. J. Russo, Rossiyada L. N. Tolstoy, V. A. Suxomlinskiy, Sh. A. Amonashvili, K. N. Ventsel singari pedagoglar tomonidan o‘rganilgan 87 . Erkin tarbiya tushunchasi shaxsning o‘zligini anglashi, o‘z- o‘zini rivojlantirishi shaklida Sokrat falsafasida ham markaziy g‘oyalardan biri bo‘lgan. U ta’lim-tarbiyada o‘quvchi erkinligi masalasiga bolaning o‘zligini anglashi, unda faollikni uyg‘otish va oshirish usuli deb qaragan. Bu g‘oya Monten pedagogikasida ham o‘z aksini topgan. Har ikkisi ham o‘quvchilarini o‘zlarining hamkorlari deb bilishgan. Sokrat: «Men hech qachon hech kim- ning o‘qituvchisi bo‘lmaganman. Lekin kimdir mening suhbatimga moyil bo‘lsa, bunga hech qachon monelik qilmaganman», degan ekan 88 . Ta’lim-tarbiyaning maqsadi Sokratning nazarida ham jis- moniiy, ham ruhiy barkamol shaxsni shakllantirishdir. O‘quvchi o‘zining kamoloti uchun intilsagina bu maqsad amalga oshishi mumkin. Mishel de Monten esa o‘zining «Tajribalar» nomli kitobida: «Bolaga tayyor haqiqatlarni hali ularning mohiyatini bilmaydigan 87 https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия. 88 Нерсесянц В. С. Сократ. – Москва: «Наука», 1977. 151с. 203 vaqtidan uqtira boshlaydilar. Haqiqatlar haqida boshqalarning bilganlariga asoslanib xulosa chiqarish mumkin emas», – deb yoz- gan edi 89 . Mariya Montessorining erkin tarbiyaga qaratilgan texnologiya- si pedagogning har bir bolaga individual yondashuviga asoslangan. Uning fikricha, har bir o‘quvchi o‘quv materiali va shug‘ullanish uchun zarur bo‘lgan vaqtni o‘zi tanlaydi, ya’ni o‘zi istagan mavzu bo‘yicha qancha xohlasa shuncha (joniga tekkunicha yoki charcha- gunicha) shug‘ullanaveradi. Bu jarayonda u o‘z xususiy ritmi va yo‘nalishida tabiiy ravishda rivojlanib boradi. Montessori bolaga avtoritar ta’sir ko‘rsatishga qarshi bo‘lgan. U o‘z amaliy faoli- yatida xotira hisobidan ishlashdan ko‘ra bola shaxsi uchun zarur bo‘lgan muammolar ustida mulohaza yuritishga imkon beradigan ta’limiy muhitni yaratishga harakat qilgan. Bunda bola o‘ziga qan- day vaziyat qulay bo‘lsa shuni tanlashiga imkon berilgan. Montes- sori o‘z kuzatishlarida urg‘u bergan narsalardan biri: «Agar bola o‘zining e’tiborsizligi bilan stulni turtib yuborsa, u shovqin bilan polga ag‘anaydi va bolaga uning bee’tiborligini namoyish etadi. Agar stol-stullar polga qotirilgan bo‘lsa, bola o‘zidagi shoshqa- loqlik va beparvolikni payqamagan bo‘lardi. Ma’lum bo‘ladiki, bola o‘z faoliyatini to‘g‘ri boshqara bilganida stul shovqin-su- ronsiz o‘z joyida turgan bo‘lardi. Shunday haqiqatlarni ilg‘agan Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling