Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Savol va topshiriqlar:
1. O‘quvchi-talabalar bilimini tekshirishning «dastlabki», 
«doimiy», «qayta tekshiruv», «oraliq», «yakuniy» va «kompleks 
nazorat» singari turlari mavjudligini bildingiz. Har birining xususi-
yatlarini adabiy ta’lim misolida tadqiq qilib ko‘ring.
2. «Ta’lim jarayonining samaradorligi asosi bo‘lgan nazorat 
ishlarining to‘g‘ri tashkil etilishi»ni qanday tushunasiz? Sizning-
cha, nazorat ishlari qanday amalga oshirilsa «to‘g‘ri» bo‘ladi?
3. Nazorat ishlarini to‘g‘ri tashkil etishda o‘qituvchining vazi-
fasi, Sizningcha, nimalardan iborat?
4. Nazorat ishlari xolisligini ta’minlashning asosiy shakli, 
Sizningcha nimada? Ya’ni nazorat ishlari qanday amalga oshirilsa 
adolat va xolislikka to‘liq erishiladi? Nima deb o‘ylaysiz, umuman, 
ta’lim jarayonida bunga erishish mumkinmi? Fikringizni asoslang.
5. Quyidagi qat’iy qanoatga diqqat qiling: «Ta’lim jarayoni-
ning katta yoshli ishtirokchilari bu (o‘quvchilar bilimini bahola-
shdagi) kamchiliklarni o‘z kasbiy mahoratlarining qashshoqligi 
va o‘quvchilarning bilimini baholash borasidagi bilimsizliklari 
tufayli ushlab turibdilar»? Bu fikrning bo‘lajak o‘qituvchiga, ya’ni 
Sizga, daxldorlik darajasi qanday?
6. Nazorat ishlari borasidagi: «O‘quvchilar bilimini baho-
lashda yangicha mezonlar va o‘zgacha yondashuvlar borasida 
ma’lum tasavvur, bilim va ko‘nikmalar egallangandan keyingina 
bu kamchiliklar bartaraf etilishi mumkin», degan fikrga munosabat 
bildiring. Dunyo miqyosidagi nazorat ishlari shakli va mazmunini 
internet oqali o‘rganing. Taklif va mulohazalaringizni ayting.
7. Nima deb o‘ylaysiz, o‘quvchilar bilimliligining maksimal 
darajasini o‘lchash mumkinmi? Mumkin bo‘lsa, bu Sizningcha 
qan day amalga oshiriladi?
8. O‘ylab ko‘ringchi, adabiy ta’limdagi yetakchi masala-
lar – o‘quvchining ma’naviy takomili, tuyg‘ularining injaligi
ta’sirchanligi va so‘zni his etish darajasini qanday aniqlash yoki 
o‘lchash mumkin? Bu tushunchalarni baholab bo‘ladimi?
9. Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» asari yuzasidan 
«Bobur dilbar shaxs» mavzusida insho yozing. Bir-birlaringizning 
insholaringizni o‘qing, taqriz yozing, birgalikda xato va kamchilik-
lar ustida ishlang.


202
203

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling