Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Affektiv yo‘nalish
Yo‘rg‘a …nima gapligini bildi, yana tolmas, ravon, yo‘rg‘a
qadamlar otib olg‘a talpindi, galani yo‘lchi yulduz misol olg‘a chorladi… Qora yo‘rg‘a hamon temirday mustahkam edi. Uning ravon yo‘rg‘asi aynimagan.... U hamishadagidek galasini matonat bilan boshqarar, kishnar, chopishda namuna ko‘rsatib, ularni olg‘a chorlardi. Ayg‘ir ter bilan changdan ola-bula bo‘lib ketdi, ammo yo‘rg‘asidan adashmadi... ...g‘aroyib yovvoyi yo‘rg‘a esa hamon o‘z erkida yuribdi... Darg‘azab yo‘rg‘a so‘nggi darmoni qolgunicha tipirchiladi, o‘pkasi to‘lib keldi, o‘ksik zarbidan a’zoyi badani zir-zir qaltiradi, yuzlaridan marjon-marjon yoshlar oqdi... …ammo qaysar, badjahl ayg‘ir, oppoq ter ko‘piklarga botgan ayg‘ir bo‘yin egmadi. Ayg‘ir yovvoyilarcha kishnadi, qahr bilan pishqirdi, ozodlik yo‘lida telbalarcha to‘lg‘andi… Yovvoyi yo‘rg‘aning yarqiroq sag‘irlari qon aralash terdan qorayib ketdi. 218 219 Behisob yiqilib-turishlar, besamar olishuvlar yo‘rg‘aning shunday tinka-madorini quritdiki, u uzun kun davom etgan quvg‘inda ham bunchalik horib tolmagan edi… Ayg‘ir goh u yoni- ga, goh bu yoniga tinimsiz talpindi, shiddatli sapchishlari borgan sayin zaiflashib bordi, burnidan otilayotgan ko‘piklar qonga be- landi… Yovvoyi yo‘rg‘a qolgan bor kuchini yig‘ib ozodlik yo‘lida jon-jahdi bilan yonbag‘ir bo‘ylab yuqoriga talpindi. Yana, yana yuqoriladi, badaniga botayotgan arqonga ham, uni to‘xtatib, iziga qaytarish uchun uzilgan o‘q ovoziga ham parvo qilmadi, u ozod- likka talpindi...Yovvoyi yo‘rg‘a yana, yana yuqoriladi, ana, tik qoyaga ko‘tarildi. Qoyadan pastga – havoga sakradi...» singari tasvirlarni belgilab, ularni sharhlashga urinadilar. Bu jarayonda yovvoyi yo‘rg‘aning xarakterini aniqlab oladilar. Shu asnoda uning beqiyosligi sabablarini kashf etadilar. O‘rni kelganda o‘qituvchi o‘quvchilardan yovvoyi yo‘rg‘aga o‘z so‘zlari bilan baho berishni so‘rashi ham mumkin. Shundan so‘ng o‘quvchilar matndan Jo shaxsiga xos bo‘lgan sifatlarni topishga yo‘naltiriladi. Ular matndan Joning tabiatiga xos fazilatlar aks etgan o‘rinlarni o‘qib berib, hikoyaning ikkala qah- ramonini taqqoslaydilar. Ularga xos o‘xshash va farqli jihatlarni ajratadilar. Jo qaysar, chayir, tolmas, ishbilarmon va aqlli bo‘lishiga qaramay, yo‘rg‘ani qo‘lga kiritolmadi. Nega? O‘quvchilar bu haq- da ham fikrlab ko‘rganlari ma’qul. Bundan tashqari, ayg‘irni haftalab quvib yurgan Jo: «uning biron martayam yo‘rg‘asidan adashib, oddiy qadamlar bosib yurganini ko‘rmadi. Barcha yaxshi chavandozlar kabi bu go‘zal otga boqib, undan zavq-shavq oldi. Zavqi yana-da zo‘rayib, shunday noyob hayvonni otgandan ko‘ra, o‘zimning manavi otimni otgan ma’qul degan xulosaga keldi» Uning ko‘nglidan: «Ayg‘irga qo‘yilgan mukofotni olish kerakmikan? …Qo‘yilgan pul chakana emas. Lekin ayg‘irning turgan turmushi xazina, u asl zotli zurriyot yaratishi mumkin», – degan fikr ham o‘tdi. Yovvoyi Jo shunisi bilan boshqalarga o‘xshamasligini, garchi u boshida moddiy manfaat uchun yo‘rg‘ani ovlashga kirishgan bo‘lsada, boshqa fermerlarga o‘xshamaydigan shaxs ekanini ko‘rish mumkin. Hikoyada aytilishicha, otlarni «ot ustidan o‘q bo‘shatish», «galani qo‘raga haydab ushlash», «galani quvib yetish», «galani holdan toyguncha quvib borish» va «galma-gal ovlash» kabi yo‘llar 219 bilan ovlash mumkin ekan. «Ko‘p qochish-quvishlar, yuzma-yuz kelishlar» natijasida, garchi Jo o‘zining yaxshigina otidan ayril- gan bo‘lsada, nimalargadir erishdi – baytallarni yo‘rg‘adan ajratib olish ga muvaffaq bo‘ldi ham. «Jo yo‘rg‘aga berahm bo‘ldi, o‘zi bilan otiga esa undan beshbattar beshafqat bo‘ldi. Kun ayovsiz kuydirdi, qizigan yoyilma uzra oftob tafti jimirladi. Joning ko‘zlari yondi, lablari sho‘r, betamiz changdan chirsilladi». Shuncha azob- larni boshdan kechirgan Jo «...lagerga piyoda keldi. Uning sargu- zashti lo‘nda bo‘ldi: sakkiz ot nobud bo‘ldi, besh odam butunlay holdan toydi...» va u otni ovlashdan voz kechdi. O‘quvchilarga: «Nima deb o‘ylaysiz, nega Jo o‘z niyatiga yetolmadi? Sizningcha otning Jo qo‘ygan tuzoqlarga tushmagani sababi nimada?» kabi savollarni berish ularni vaziyat tasvirini muhokama qilib, xulosa chiqarishga yo‘naltiradi Affektiv yo‘nalish. Albatta, fikrlar, xulo- salar bir-biridan ko‘p farq qilmasligi mumkin, lekin ularning mus- taqilligi katta ahamiyatga molik. Kurka Izning yo‘rg‘ani qo‘lga kiritishda uning aqlli va tad- birkorligidan ham ko‘ra to‘riq baytalining ayg‘ir yo‘qlab kish- nashi qo‘l kelgani tasviriga o‘quvchilar e’tibori tortilgani ma’qul. «Baytal ning ayg‘ir yo‘qlab kishnashi yo‘rg‘aning ko‘nglida aks- sado berdi». Joning hujumlaridan keyin barcha baytallardan ay- rilib, butun qishni yolg‘iz qishlagan yo‘rg‘a muvozanatdan chiqib, unga javob berishi «Baytalning javoban kishnashi yo‘rg‘aning ko‘nglidagi bor hadiklarni yo‘q qilib yubordi. Yo‘rg‘aning yuragi yonib ketdi» tarzida tasvirlanadi. Kurka Iz mana shu vaziyatdan ustalik bilan foydalandi. Shu o‘rinda o‘quvchilarga: – Nima deb o‘ylaysiz, Kurka Iz yo‘rg‘ani jilovlab uyiga olib kelishi mumkin- midi? Shu holatni tasavvur qila olasizmi?» degan savollarni berish o‘rinli bo‘ladi. O‘quvchilar Kurka Iz bilan yo‘rg‘aning to‘qnashuvi manzarasini tasavvur qilib, o‘z imkoniyatlari darajasida savollarga javob beradilar. Erki, ozodligi va hur turmush tarzini hayotidan afzal bilgan yovvoyi yo‘rg‘a timsoliga munosabat bildiradilar. Ta’lim maqsadlarining kognitiv yo‘nalishidagi bilish, tushinish, qo‘llash, tahlillash, umumlashtirish va baholash ishlari shu tariqa amalga oshiriladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling