Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Yo‘rg‘a …nima gapligini bildi, yana tolmas, ravon, yo‘rg‘a 
qadamlar otib olg‘a talpindi, galani yo‘lchi yulduz misol olg‘a 
chorladi… Qora yo‘rg‘a hamon temirday mustahkam edi. Uning 
ravon yo‘rg‘asi aynimagan.... U hamishadagidek galasini matonat 
bilan boshqarar, kishnar, chopishda namuna ko‘rsatib, ularni 
olg‘a chorlardi. Ayg‘ir ter bilan changdan ola-bula bo‘lib ketdi, 
ammo yo‘rg‘asidan adashmadi... ...g‘aroyib yovvoyi yo‘rg‘a esa 
hamon o‘z erkida yuribdi... Darg‘azab yo‘rg‘a so‘nggi darmoni 
qolgunicha tipirchiladi, o‘pkasi to‘lib keldi, o‘ksik zarbidan 
a’zoyi badani zir-zir qaltiradi, yuzlaridan marjon-marjon yoshlar 
oqdi... …ammo qaysar, badjahl ayg‘ir, oppoq ter ko‘piklarga 
botgan ayg‘ir bo‘yin egmadi. Ayg‘ir yovvoyilarcha kishnadi, qahr 
bilan pishqirdi, ozodlik yo‘lida telbalarcha to‘lg‘andi… Yovvoyi 
yo‘rg‘aning yarqiroq sag‘irlari qon aralash terdan qorayib ketdi.


218
219
Behisob yiqilib-turishlar, besamar olishuvlar yo‘rg‘aning 
shunday tinka-madorini quritdiki, u uzun kun davom etgan 
quvg‘inda ham bunchalik horib tolmagan edi… Ayg‘ir goh u yoni-
ga, goh bu yoniga tinimsiz talpindi, shiddatli sapchishlari borgan 
sayin zaiflashib bordi, burnidan otilayotgan ko‘piklar qonga be-
landi… Yovvoyi yo‘rg‘a qolgan bor kuchini yig‘ib ozodlik yo‘lida 
jon-jahdi bilan yonbag‘ir bo‘ylab yuqoriga talpindi. Yana, yana 
yuqoriladi, badaniga botayotgan arqonga ham, uni to‘xtatib, iziga 
qaytarish uchun uzilgan o‘q ovoziga ham parvo qilmadi, u ozod-
likka talpindi...Yovvoyi yo‘rg‘a yana, yana yuqoriladi, ana, tik 
qoyaga ko‘tarildi. Qoyadan pastga – havoga sakradi...» singari 
tasvirlarni belgilab, ularni sharhlashga urinadilar. Bu jarayonda 
yovvoyi yo‘rg‘aning xarakterini aniqlab oladilar. Shu asnoda uning 
beqiyosligi sabablarini kashf etadilar. O‘rni kelganda o‘qituvchi 
o‘quvchilardan yovvoyi yo‘rg‘aga o‘z so‘zlari bilan baho berishni 
so‘rashi ham mumkin.
Shundan so‘ng o‘quvchilar matndan Jo shaxsiga xos bo‘lgan 
sifatlarni topishga yo‘naltiriladi. Ular matndan Joning tabiatiga xos 
fazilatlar aks etgan o‘rinlarni o‘qib berib, hikoyaning ikkala qah-
ramonini taqqoslaydilar. Ularga xos o‘xshash va farqli jihatlarni 
ajratadilar. Jo qaysar, chayir, tolmas, ishbilarmon va aqlli bo‘lishiga 
qaramay, yo‘rg‘ani qo‘lga kiritolmadi. Nega? O‘quvchilar bu haq-
da ham fikrlab ko‘rganlari ma’qul.
Bundan tashqari, ayg‘irni haftalab quvib yurgan Jo: «uning 
biron martayam yo‘rg‘asidan adashib, oddiy qadamlar bosib 
yurganini ko‘rmadi. Barcha yaxshi chavandozlar kabi bu go‘zal 
otga boqib, undan zavq-shavq oldi. Zavqi yana-da zo‘rayib, 
shunday noyob hayvonni otgandan ko‘ra, o‘zimning manavi otimni 
otgan ma’qul degan xulosaga keldi» Uning ko‘nglidan: «Ayg‘irga 
qo‘yilgan mukofotni olish kerakmikan? …Qo‘yilgan pul chakana 
emas. Lekin ayg‘irning turgan turmushi xazina, u asl zotli zurriyot 
yaratishi mumkin», – degan fikr ham o‘tdi. Yovvoyi Jo shunisi bilan 
boshqalarga o‘xshamasligini, garchi u boshida moddiy manfaat 
uchun yo‘rg‘ani ovlashga kirishgan bo‘lsada, boshqa fermerlarga 
o‘xshamaydigan shaxs ekanini ko‘rish mumkin. 
Hikoyada aytilishicha, otlarni «ot ustidan o‘q bo‘shatish», 
«galani qo‘raga haydab ushlash», «galani quvib yetish», «galani 
holdan toyguncha quvib borish» va «galma-gal ovlash» kabi yo‘llar 


219
bilan ovlash mumkin ekan. «Ko‘p qochish-quvishlar, yuzma-yuz 
kelishlar» natijasida, garchi Jo o‘zining yaxshigina otidan ayril-
gan bo‘lsada, nimalargadir erishdi – baytallarni yo‘rg‘adan ajratib 
olish ga muvaffaq bo‘ldi ham. «Jo yo‘rg‘aga berahm bo‘ldi, o‘zi 
bilan otiga esa undan beshbattar beshafqat bo‘ldi. Kun ayovsiz 
kuydirdi, qizigan yoyilma uzra oftob tafti jimirladi. Joning ko‘zlari 
yondi, lablari sho‘r, betamiz changdan chirsilladi». Shuncha azob-
larni boshdan kechirgan Jo «...lagerga piyoda keldi. Uning sargu-
zashti lo‘nda bo‘ldi: sakkiz ot nobud bo‘ldi, besh odam butunlay 
holdan toydi...» va u otni ovlashdan voz kechdi. O‘quvchilarga: 
«Nima deb o‘ylaysiz, nega Jo o‘z niyatiga yetolmadi? Sizningcha 
otning Jo qo‘ygan tuzoqlarga tushmagani sababi nimada?» kabi 
savollarni berish ularni vaziyat tasvirini muhokama qilib, xulosa 
chiqarishga yo‘naltiradi Affektiv yo‘nalish. Albatta, fikrlar, xulo-
salar bir-biridan ko‘p farq qilmasligi mumkin, lekin ularning mus-
taqilligi katta ahamiyatga molik. 
Kurka Izning yo‘rg‘ani qo‘lga kiritishda uning aqlli va tad-
birkorligidan ham ko‘ra to‘riq baytalining ayg‘ir yo‘qlab kish-
nashi qo‘l kelgani tasviriga o‘quvchilar e’tibori tortilgani ma’qul. 
«Baytal ning ayg‘ir yo‘qlab kishnashi yo‘rg‘aning ko‘nglida aks-
sado berdi». Joning hujumlaridan keyin barcha baytallardan ay-
rilib, butun qishni yolg‘iz qishlagan yo‘rg‘a muvozanatdan chiqib, 
unga javob berishi «Baytalning javoban kishnashi yo‘rg‘aning 
ko‘nglidagi bor hadiklarni yo‘q qilib yubordi. Yo‘rg‘aning yuragi 
yonib ketdi» tarzida tasvirlanadi. Kurka Iz mana shu vaziyatdan 
ustalik bilan foydalandi. Shu o‘rinda o‘quvchilarga: – Nima deb 
o‘ylaysiz, Kurka Iz yo‘rg‘ani jilovlab uyiga olib kelishi mumkin-
midi? Shu holatni tasavvur qila olasizmi?» degan savollarni berish 
o‘rinli bo‘ladi. O‘quvchilar Kurka Iz bilan yo‘rg‘aning to‘qnashuvi 
manzarasini tasavvur qilib, o‘z imkoniyatlari darajasida savollarga 
javob beradilar. Erki, ozodligi va hur turmush tarzini hayotidan 
afzal bilgan yovvoyi yo‘rg‘a timsoliga munosabat bildiradilar. 
Ta’lim maqsadlarining kognitiv yo‘nalishidagi bilish, tushinish, 
qo‘llash, tahlillash, umumlashtirish va baholash ishlari shu tariqa 
amalga oshiriladi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling