Savol va topshiriqlar:
1.
Blum taksonomiyasida o‘quv maqsadlari kognitiv
yo‘nalishining: «bilish, tushinish, qo‘llash, tahlillash, umum-
lashtirish va baholash» singari tasniflari bilan tanishdingiz. Ularni
amaliy shaklda bir asar yoki nazariy ma’lumot misolida izohlashga
urinib ko‘ring.
2. Bilimlarni o‘zlashtirishning affektiv yo‘nalishi adabiy
ta’limga qanchalar monandligi haqida o‘ylab ko‘ring. Qarashlarin-
gizni biror badiiy matn misolida asoslang.
3. Taniqli fransuz pedagogi S. Frene qalamiga mansub: «Jami-
yatning demokratlashuvi maktabning demokratlashuvidan boshla-
nadi. Avtoritar maktab demokratik jamiyatning bo‘lajak fuqarola-
rini shakllantira olmaydi», tarzidagi qanoatni o‘z so‘zlaringiz bilan
sharhlang.
4. Avval Seton-Tompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» hikoyasi
bilan tanishing. O‘qish asnosida sizga bilim beradigan o‘rinlarni,
sizni muvozanatdan chiqarib, hayratga solgan lavhalarni alohida
belgilab boring.
5. So‘ngra asardagi ayricha o‘rinlarni Blum taksonomiyasiga
solishga urinib ko‘ring. Bu sun’iy faoliyat va u sizning ma’naviy
tozarishingizga hech narsa bermaydi. Lekin, hamon uni bilish das-
turiy talab ekan, urinib ko‘ring.
6. Aslida «Yovvoyi yo‘rg‘a»ning yuqoridagi tahliliga diqqat
qiling. Tahlilga yo‘naltiruvchi savol-topshiriqlarning tuzilishini
kuzating. Ularga o‘zingiz javob berishga harakat qiling.
7. Motivatsiyaga xos bo‘lgan tashqi, ichki, ijobiy, salbiy va
qat’iy motivatsiya singari turlarining mazmun-mohiyatini adabiy
ta’lim misolida sanab ko‘rsatilgan holatidan o‘rganing. So‘ngra
ularni bir asar misolida kashf etishga urinib ko‘ring.
8. «Tog‘ay Murod asarlarida inson timsoli» mavzusida uy in-
shosi yozing. Auditoriyada har biringizning ishingizni birgalikda
muhokama qiling.
223
Do'stlaringiz bilan baham: |