Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Affektiv yo‘nalish
tiv yo‘nalish, bilish jarayoni, deyish mumkin.
O‘quvchilarga yilqilarning hikoyada qo‘llanilgan turlari haqi- da ma’lumot berilgach, ularning e’tibori Joning so‘zlariga tayanib, yovvoyi otlarning xususiyatlarini ochishga qaratiladi. Ularning o‘ziga xos jihatlarini o‘quvchilar hikoya matnidan kelib chiqib ay- tadilar, albatta. O‘qituvchi: «Hamon yovvoyi otlardan hech qanday foyda yo‘q ekan, Jo nima uchun bu otni tutishga ishqiboz bo‘lib qoldi?» degan savolni o‘rtaga tashlashi mumkin. Bu savolga javob berishda o‘quvchilar Joning oddiygina kambag‘al galachi ekani, osongina boyib ketish haqidagi xom xayollari borligi va Qora yo‘rg‘a unga baxt keltirishiga ishnonishini ma’lum qiladilar. «Yovvoyi yo‘rg‘aning fermerlarning qo‘lga o‘rgatilgan bay- tallarini ergashtirib ketishining sababi nimada deb o‘ylaysiz?» savoli o‘quvchilarni anchagina o‘ylantirishi mumkin. Chunki hikoyada unga tayyor javob aytilmagan. Hikoyadagi: «Toy baytal- larni gir aylanib, ularga homiylik qilar, ayni vaqtda hech qayoq- qa ketgani qo‘ymasdi», «Shunda, birdan qora toychoqning qahri keldi» jumlalaridan ham ko‘rinib turibdiki, yovvoyi yo‘rg‘ada hokimlik tuyg‘usi bor. Bu tuyg‘u egasi hamisha atrofiga o‘ziga bo‘ysunadiganlarni to‘plashni yoqtiradi. Bundaylar yolg‘izlikni xushlamaydi. Qolaversa, xonakilashtirilgan baytallar yuvosh, ye- tovga yuradigan jonivorlar bo‘lgani uchun ham yo‘rg‘aning iroda- siga osongina bo‘ysungan bo‘lsalar kerak. Yovvoyi yilqilar gala bo‘lib yashashgan va bitta kuchli ayg‘ir o‘ziga bo‘ysunadigan bir qancha baytallarni bir uyurga birlashtirib, ularni boshqargan va boshqa ayg‘irlarni yaqinlatmagan. O‘quvchilarning diqqati hikoya matnidagi: «Ko‘zimga yo‘rg‘a otlarning oti, dashtlarda chopib yurgan jamiki otlarning sarasi 105 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildlik. 4-j. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklope- diyasi, 2006. 1-j. 144-b. 106 O‘sha asar, 245-b. 107 O‘sha asar, 60-b. 217 bo‘lib ko‘rindi, shunday noyob jonivorni nobud qilib, bir to‘da masalliqqa aylantirishga ko‘nglim bormadi», «…men uning gap- laridan zavq oldim, zo‘r quvonch bilan qora yo‘rg‘aning chiroyi va qudrati haqida xayol surib qoldim. Yo‘q, qandaydir bir bay- talni deb shunday yo‘rg‘aning yaltiroq terisiga dog‘ tushirgim kelmadi!» tarzidagi tasvirlarga qaratiladi. Ushbu fikrlar egasining boshqalarga o‘xshamaydigan odamligi ko‘rinib turibdi. Bu yigit, garchi ov ishqibozi bo‘lsada, moddiy manfaatdan ko‘ra ma’naviy zavqni, yo‘rg‘aning xatti-harakatlaridan, uning o‘zini tutishi, bay- tallarni bilgichlik bilan boshqarishini kuzatishdan olinadigan ruhiy lazzatni ustun qo‘yadi Affektiv yo‘nalish. O‘quvchilar hikoya matni ustida ishlash mobaynida ovchi yigitga xos bo‘lgan mana shu fazilatlarni ilg‘ay bilsalar, o‘qituvchi shunga erisha olsa, ada- biy ta’lim maqsadiga yaqinlashilgan, ya’ni o‘quvchilar insonni anglashga o‘rganib borayotgan bo‘ladilar. Ayg‘irni ovlash ja- rayoni tasvirlariga asoslangan holda Jo bilan yo‘rg‘ani taqqoslash topshirig‘i ham o‘quvchilarning bu boradagi fikrlashini davom et- tirishga qaratilgan. O‘quvchilar avval ayg‘irga xos sifatlarni matn- dan topadilar. Ular hikoyadan, taxminan: «Qop-qora yolli, ko‘k ko‘z ulkan qora ot butun o‘lka bo‘ylab zo‘ravonlarcha kun kechir- di, turli-tuman joylardan baytal haydab kelib, ...galasini kam de- ganda yigirma boshga yetkazdi… Yovvoyi yo‘rg‘a galani shunday ishtiyoq hamda rashk bilan qo‘riqladi... Yo‘rg‘alaganda oyog‘i umuman adashmaydi... Uning epchilligi, yo‘rg‘asi, chayir tabiati... Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling