Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Motivatsiya (lotincha movere) – faoliyatga undash ma’nosini 
anglatadi. Ya’ni, motivatsiya insonning xulq-atvorini boshqa-
rish, vaziyatga mos yo‘nalishni tanlash, bu jarayondagi faolligi va 


220
221
qat’iyatliligini ta’minlash hamda o‘z ichki ehtiyojlarini qondirishi-
ga yo‘naltiruvchi psixofiziologik jarayondir. 
«Motivatsiya» atamasini birinchi marta nemis faylasufi Artur 
Shopengauer (1788 – 1860) o‘z maqolasida qo‘llagan. Bugungi 
kunda bu atama har xil olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. 
Masalan, litvalik psixolog Vitis Kazisa Vilyunas (1944 – 2011) 
motivatsiya tushunchasini ixtiyoriy faoliyatga undovchi ehtiyojlar 
tizimining yig‘indisi, deb hisoblaydi. K. K. Platonov esa motiv-
larning psixik yig‘indisi deb biladi
108

Motiv – faoliyat tushunchasining psixologik nazariyalaridan 
biri bo‘lib taniqli psixologlar A. N. Leontev va S. L. Rubinshteyn-
lar tomonidan ishlab chiqilgan. «Motiv – «predmetga yo‘naltirilgan 
ehtiyoj» ma’nosini anglatadi. Motivni ko‘pincha maqsad va ehtiyoj 
bilan bir narsa deb tushunishadi. Ammo, ehtiyoj o‘z mazmun-mo-
hiyati bilan qiyinchiliklarni bartaraf etish istagi, maqsad esa ehti-
yojlarini qondiruvchi bir qator maqsadlarni ongli ravishda tanlash 
natijasidir. Masalan, chanqoq – tuyg‘u, organizmning ehtiyoji; 
chanqoqni qondirish istagi – maqsad, chanqoqni qondiruvchi suv 
esa – motiv. Ya’ni, motiv – (suv) resurs, chanqoq – tuyg‘u, ehtiyoj 
esa – chanqoqni qondirish zarurati. Shu ma’noda motiv va moti-
vatsiya tushunchalari bir-biridan farqlanadi
109
.
Motivatsiyaning tashqi, ichki, ijobiy, salbiy va qat’iy moti-
vatsiya singari turlari mavjud. Tashqi motivatsiya ma’lum faoliyat-
ga yo‘naltirilmagan, ammo subyekt bilan u yoki bu darajada bog‘liq 
bo‘lgan motivatsiyadir. Masalan, tashqi motivatsiyani adabiyot 
bilan bog‘lab, badiiy asarlar mazmuni haqida umumiy tasavvurga 
ega bo‘lish, deb tushunish mumkin. Ichki motivatsiya esa ma’lum 
faoliyat mazmuniga yo‘naltirilgan motivatsiyadir. Ya’ni, konkret 
biror badiiy asar tahliliga, uning mohiyatiga kirishga yo‘naltirilgan 
motivatsiyani ichki motivatsiya deyish o‘rinli bo‘ladi. Ijobiy mo-
tivatsiya ijobiy stimulga asoslangan, salbiy motivatsiya esa salbiy 
stimulga tayangan bo‘ladi. Masalan, o‘quvchi adabiyot darslarida 
yaxshi baho olish uchun uy vazifalarini bajarsa, ijobiy, yomon baho 
olmaslik uchungina topshiriqni bajarishi salbiy motivatsiyadir. In-
sonning qat’iy talablariga asoslangan, qo‘shimcha mustahkamlash-
ni talab qilmaydigan motivatsiya esa qat’iy motivatsiya deyiladi.
108
https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия.
109
https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия.


221
Adabiyot darslarida o‘quvchini ilm olishga yo‘naltiruvchi mo-
tivatsiyalardan bittasi – o‘qituvchining ishonchi. O‘quvchi qalbida 
o‘qishga intiltiruvchi ichki ehtiyoj hissini shakllantirish uchun 
ada biyot darslarida zarur sharoit, imkoniyat vujudga keltirilmog‘i 
lozim. Bu sharoitning yuzaga kelishi va uning o‘quvchi tomoni-
dan anglab olinishi bola shaxsining rivojlanishiga zamin tayyor-
laydi. Badiiy asarni o‘qishga bo‘lgan motivatsiyani shakllanti-
rish o‘quvchiga tayyor bilimlarni berish emas, balki uni ixtiyoriy 
motivlar, maqsadlar hamda avvalgi tajribalar asosida faoliyat 
ko‘rsatadigan, maqsadga erishish yo‘lida aqliy zo‘riqishga un-
daydigan holatga solishdan iboratdir. Har bir o‘quvchini boriday 
qabul qila oladigan tajribali o‘qituvchi har bitta bolaning ta’lim 
motivatsiyasini hamisha xayolida tutadi. Ba’zan amaliyotda o‘quv 
ishlarining samaradorligi, o‘quvchilar o‘zlashtirishi motivatsiyasiz 
baholanib, bolalarning bilimiga ularning bilishga bo‘lgan ehtiyoji-
dan ajratilgan holda qaraladi. 
Adabiyot darslarida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash aso-
sida bilim olishlarini ta’minlash va bilim olishga motivatsiya 
uyg‘otishda ta’lim maqsadini to‘g‘ri belgilash muhim ahamiyat 
kasb etadi. Adabiyot metodikasi ilmi har bir adabiyot darsi oldiga 
tarbiyaviy, ta’limiy, yo‘naltiruvchi va rivojlantiruvchi maqsadlar 
qo‘yilishi lozimligini ko‘zda tutadi. Bu xil maqsadlar to‘g‘ri belgi-
lab olinsa, dars jarayoni shu asosda tashkil etilsa, o‘quvchilarning 
ma’nan sog‘lomlashuvi uchun ulkan imkoniyatlar paydo bo‘ladi. 
Afsuski, dars jarayonida o‘qituvchining diqqat markazida 
o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini ta’minlash emas, balki o‘z 
faoliyatini tashkillashtirish turadi. O‘qituvchi, avvalo, zamonaviy 
adabiyot darslarini to‘g‘ri, mustaqil tafakkur va faoliyatga asoslan-
gan holda tashkil qilishning shartlari nimadan iborat ekanini aniq-
lab olishi zarur.
Xulosa qilib aytganda, adabiyot darslarini samarali tashkil 
tishda har qanday mavzuga nisbatan o‘quvchilarda ichki moti-
vatsiya uyg‘otish va asar ustida ishlashni mana shu ichki ehtiyojni 
qondirish niyatida tashkil etish maqsadga muvofiqdir.


222
223

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling