Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Tushinishda dalillar, qoida va tamoyillarni tushuntirib bera 
oli shi, so‘z bilan ifodalangan materiallarni amaliy ifodalarga 
aylantira bilishi, mavjud ma’lumotlarga asoslangan holda keyingi 
bosqichlarni taxmin qilishi nazarda tutiladi.
Qo‘llashda o‘quvchilarning o‘rgangan qonuniyat va nazari-
yalarni aniq amaliy vaziyatlarga tatbiq eta olishi, tushuncha va 
tamoyillarni har xil vaziyatlarga tatbiq etishga qodirligi ahamiyat 
kasb etadi.
Tahlillashda o‘quvchilarning butunni ma’lum bo‘laklarga 
ajrata olishi, ular orasidagi aloqadorlikni ko‘rsatib bera bilishi, 
butunni tashkil etish tamoyillarini aniqlashi, mantiqiy mulohaza 
jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni ko‘ra olishi, dalil-
lar va tekshiruvlar orasidagi farqni ko‘rsatib bera bilishi nazarda 
tutiladi.
Umumlashtirishda o‘quvchilarning insho va referat yozi-
shi, chiqishlar va ma’ruzalar matnini tayyorlashi, eksperiment va 
boshqa tashkiliy ishlarni o‘tkazish rejasini taklif etishi, har xil 
yo‘nalishdagi masalalarning sxemasini tuzishi ko‘zda tutilgan.
Baholashda esa o‘quvchi yozma matnning tuzilishi mantig‘ini, 
mavjud ma’lumotlar bilan xulosalarning o‘zaro mutanosibligini, 
mavjud ma’lumotning ahamiyatliligi darajasini baholaydi. 
Aytilgan fikrlarning amaliy namunasi sifatida Angliyada 
tug‘ilib, Kanadada yashab o‘tgan taniqli adib Seton-Tompson 
(1860 – 1946)ning «Yovvoyi yo‘rg‘a» hikoyasini o‘rganish namu-
nasini tavsiya etish mumkin.
Tog‘ay Murod aytmoqchi, Seton-Tompson hayvonlarni ras-
som, olim, adib nazari bilan suydi, tuydi, tasvirladi. Shuning uchun 
ham u dunyo adabiyotida alohida o‘ringa ega bo‘ldi. Yozuvchi-
ning o‘zbek o‘quvchilariga ham yaxshi tanish bo‘lgan «Yovvoyi 
102
http://dic.academic.ru/


214
215
yo‘rg‘a» hikoyasini umumta’lim maktablarining 7-sinf «Adabiyot» 
darsligida uch soat mobaynida o‘rganish ko‘zda tutilgan
103
. «Yov-
voyi yo‘rg‘a»ni: «Yozuvchining hayvonot dunyosiga munosabati. 
Ernest Seton-Tompson «Yovvoyi yo‘rg‘a» hikoyasidagi ot timsoli. 
Uning ayricha xususiyatlari. Hikoyadagi Jo va Kurka Iz timsollari. 
Ayg‘ir va ovchilar timsolini qiyoslash. Muallifning otlar va odam-
lar tabiatini tasvirlash mahorati» tarzida talqin qilish mumkin. 
Darslikda Еrnest Seton-Tompson hayoti va ijodini yaxshi bil-
gan, uning asarlarini o‘zbek tiliga ustalik bilan tarjima qilgan ta-
niqli o‘zbek yozuvchisi Tog‘ay Murodning u haqdagi ma’lumotlari 
bor. Bu bilimlar o‘quvchini Seton-Tompson shaxsi bilan tanishti-
rish uchun yetarli. Ma’lumki, biror badiiy matnni o‘rganishda 
o‘quvchi muallifning tabiati, qiziqishlari, hayoti haqida qancha 
ko‘p ma’lumotga ega bo‘lsa, uning asarini o‘rganish shuncha mu-
kammal bo‘ladi. Ayniqsa, asar muallifi bilan o‘quvchi shaxsiya-
tida, xarakterida o‘xshashlik jihatlar kashf etilsa, tarbiyalanuvchi 
shaxsida yozuvchi shaxsiga muhabbat paydo bo‘ladi. Bu muhab-
bat kitobxonni ushbu yozuvchining asarlarini qiziqib, qidirib topib 
o‘qishga majbur qiladi. Shu ma’noda, yozuvchi haqida darslikda 
taqdim etilgan biografik materialni darslik mualliflarining bil-
gichligi maxsuli, deyish mumkin. 
Ushbu mavzuni o‘rganishga rejalashtirilgan birinchi soatni 
o‘qituvchi o‘quvchilarning Ernest Seton-Tompson hayoti va ijodi 
bilan bog‘liq bilimlarini tekshiruvchi savol-topshiriqlar bilan bosh-
lashi mumkin (avvalgi darsda ushbu mavzuni o‘qib kelish uy vazi-
fasi sifatida topshirilgan bo‘ladi). Darslikdagi 1-, 2-savollar yo-
zuvchi shaxsini ochishga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, Tog‘ay 
Mu rodning adib haqidagi: «Seton-Tompson: Jonivorlarga toza 
ko‘ngil, toza ko‘z bilan qaradi. Jonivorlardan o‘zining qing‘ir, 
falsafiy fikrlarini aytish uchun foydalanmadi. Jonivorlar ning ichki
dunyosini halol, xolisona ochib berdi. Hayotga jonivorlar ko‘zi 
bilan boqdi. Jonivorlarga tushkun munosabatda bo‘lmadi... O‘z 
boshidan kechirgan hayotni, o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan tabiatni
o‘z qo‘li bilan ushlagan jonivorlarni qanday bo‘lsa shundayligi-
cha badiiy asar qildi», – degan fikrlariga asoslanib, yozuvchi ta-
biatini ochishga urinib ko‘ring. «Jonivorlardan o‘zining qing‘ir, 
103
Q. Yo‘ldoshev va boshq. Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 
7-sinfi uchun darslik-majmua. – T.: «Sharq», 2013. 345-b.


215
falsafiy fikrlarini aytish uchun foydalanmadi» jumlasini qanday 
tushundingiz? Ernest bilan suhbatdan so‘ng Berrous nima uchun 
iztirobga tushdi? Ko‘zlarida yosh qalqishining sababi nimada deb 
o‘ylaysiz? Seton-Tompsonning Berrousni lol qoldirgan shaxsiy 
muzeyi haqidagi tasvirlarni qayta o‘qib, yozuvchining hayvonot 
olamiga bo‘lgan muhabbatiga baho bering. Seton-Tompsonning 
vasiyatiga e’tibor qiling. Undan adib shaxsiga xos qanday fazilatni 
ko‘rish mumkin? Seton-Tompsonga bergan bahosiga asoslanib, 
Tog‘ay Murod shaxsini baholashga urinib ko‘ring. Tog‘ay Murod 
Seton-Tompsonning asarlari tarjimasiga nima sababdan qo‘l urgan 
deb o‘laysiz?» kabi savol-topshiriqlar ustida ishlash o‘quvchini
Seton-Tompson shaxsiyati haqidagi bilimlar bilan boyitadi. Maz-
kur ma’lumotlarga Blum taksonomiyasi nazari bilan yondashilgan-
da uni kognetiv yo‘nalish, bilish jarayoni, deyish mumkin.
O‘quvchilar shu tariqa muallif shaxsi bilan tanishtirilgach, 
hikoyani o‘qishga kirishiladi. Asarni o‘qish o‘qituvchi tomonidan 
amalga oshiriladi. Bunda muallimning asar matni bilan uyda alohi-
da tanishib chiqqanligi katta ahamiyat kasb etadi. Hikoya bilan ta-
nishish asnosida o‘qituvchi matndagi e’tibor qaratish lozim bo‘lgan 
o‘rinlar belgilab ketilishini aytsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shun-
da munosabat bildirish talab qilinganda, o‘quvchilar vaqti qidiruv-
larga sarflanmaydi, vaqtdan unumli foydalaniladi. Hikoya matnini 
o‘qish uchun 40 – 42 daqiqa kerak bo‘ladi. Agar bu mashg‘ulot 
uchun birinchi soat kamlik qilsa, matnning qolgan qismini uyda 
o‘qishga berishga to‘g‘ri keladi. Yoki o‘qituvchi hikoya matnini 
avvaldan ikki qismga taqsimlab, bir qismini birinchi darsda o‘qib 
tahlil qilishi, qolgan qismini keyingi darsda o‘qib muhokama qi-
lishga rejalashtirishi ham mumkin. Har ikkala holatda ham asar 
matni ustida ishlashda darslikda taqdim etilgan savol-topshiriqlar-
ga tayanish mumkin. Asar tahliliga kirishishdan oldin o‘qituvchi 
o‘quvchilariga otlar haqidagi «yo‘rg‘a», «baytal», «to‘riq baytal», 
«ayg‘ir» va «bo‘z ot» singari tushunchalar haqida ma’lumot berishi 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘quvchilar matn mohiyatiga chuqur 
kira olishlari uchun ular haqida bilimga ega bo‘lishlari kerak. 
Yo‘rg‘a – mayda qadam tashlab, tez va tekis yuradigan yilqi
104

104
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildlik. 2-j. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklope-
diyasi, 2006. 282-b.


216
217
Baytal – urg‘ochi yilqi
105
. To‘riq – qora qizil (qizg‘ish malla) rang-
li yilqi. To‘riq baytal – qora qizil rangli urg‘ochi yilqi
106
. Ayg‘ir 
– erkak ot
107
. Bo‘z ot – bo‘z rangli erkak yilqi. Bu o‘quvchilar asar 
matni ustida ish olib borishlari uchun zarur bo‘lgan bilim hisob-
lanib, ta’limning keyingi bosqichlarida o‘quvchilarning faoliyatida 
qo‘l keladi. Bu ma’lumotlarni o‘zlashtirish jarayonini ham kogne-

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling