Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

solingan kishiday» azob tortib, talvasaga tushishi sabablari haqida 
o‘ylab ko‘rishsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Nega shunday 
bo‘layotir? Shunda ular Sotiboldining holatini bir darajada his 
qilishlari mumkin. Sotiboldining qo‘shni kampirni chaqirishdan 
maqsadi nima edi? Uning qo‘lidan jo‘yaliroq bir ish kelmasligini 
Sotiboldi bilmasmidi? Bolalar kampirning xatti-harakatlari 
tasvirini kuzatishlari lozim. Uning bemorga, Sotiboldiga bergan 
maslahatlariga munosabat bildirilishi zarur. Kampirning boshqacha 
maslahat bera olmasligi, ayni vaqtda, maslahat bermay chiqib 
ketishi ham mumkin emasligini o‘quvchilar anglashlari kerak. 
Chunki u yaxshi odam, achinganidan yig‘laydi, qo‘lidan shundan 
boshqa hech narsa kelmaydi. Hayotdagi odamlarni tushunish badiiy 
asar qahramonlarini anglashdan kelib chiqadi.
O‘quvchilar norasida go‘dakning chuchuk tili bilan aytilgan 
«Xudoyo, ayamdi daydiga davo beygin…» jumlasi asarda qanday 


231
vazifani o‘tayotganligi xususida fikr yuritishlari lozim. Ular so‘zlar 
ne boisdan bola tilidan berilayotganligini, buning vositasida adib 
nimani ifodalayotganligini o‘ylab ko‘rishlari zarur. Buning uchun 
shu holat savolga aylantiriladi. Hikoyadagi qo‘shni kampir timsoli, 
qizchaning duosi muallifning o‘z hayotidan olingan kechmishlari 
ekanini, ular hikoyaning mohiyatiga mahorat bilan joylashtirilga-
nini o‘quvchilar anglashlariga ko‘maklashish, aytib berish emas
aynan ko‘maklashish kerak bo‘ladi.
Hikoyada: «Ko‘ngilga armon bo‘lmasin deb chilyosin ham 
qildirishga to‘g‘ri keldi» tarzida axborot ko‘rinishidagi ifoda bor. 
O‘quvchilar ko‘ngildagi armon haqida gapirganda kim nazarda tu-
tilayoganligi, bu gap bemorgami, Sotiboldigami, qizchasigami te-
gishli ekanligi haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishlari, shu o‘rinda o‘zbek 
ruhiyati namoyon bo‘lgan jihatlar haqida mulohaza qilishlari 
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bemorning tetiklangani qay darajada ishonchli, hayotiy 
chiqqanini o‘quvchilar ilg‘ay olishiga erishmoq zarur. Haqiqatdan 
chilyosindan so‘ng shunday bo‘ldimi yoki buning boshqa sababi 
bormi? Chilyosin marosimining ko‘p hollarda shu tarzda natija 
beri shi, dahriylik avj nuqtasiga yetgan zamonlarda bu haqda shu 
taxlit yozish jasorat ekanligi borasida ham o‘quvchilarga tushuncha 
berish ortiqchalik qilmaydi. Kasal onaning eridan qizchasini 
saharlari uyg‘otmasligini so‘rashga undagan sabab nima ekanligini 
aniqlash ham o‘quvchilarning e’tiboridan chetda qolmasligi kerak. 
Bemorning o‘limi tasvirlangan so‘nggi xatboshi va o‘limdan 
bexabar qizchaning duosi bolalar ko‘nglida qanday tuyg‘ular 
uyg‘otganligi haqida fikrlashish, hikoyadagi har bir tasviriy ifodaga 
munosabat bildirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Hikoya qahramonlarining xatti-harakatlari tasviridan kelib 
chiqib: «Sotiboldi tabiatan qanday odam? Abdug‘aniboy yomon 
odammi? Kampirning mushtday go‘dakni saharlari uyg‘otishni 
maslahat berganiga qanday qaraysiz?» singari har bir perso-
najning shaxsiyatiga xos sifatlar, xarakteriga mos xususiyatlar va 
ularning asarda qay yo‘sin ifoda etilganligi haqida o‘quvchilarni 
o‘ylatadigan, munosabat bildirishga majbur etadigan savollar 
qo‘yish lozim.
Hikoya tahlili so‘ngida badiiy asar tili haqida nazariy ma’lumot 
berish ham ko‘zda tutilgan. Asar boshdan-oxir til mahoratini 


232
233
ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lganligi uchun ham ilmiy-nazariy 
xulosalar «Bemor» hikoyasi misolida amalga oshirilishi maqsadga 
muvofiqdir. Unda kampir nutqining Sotiboldinikidan, qizcha nut-
qining Abdug‘aniboynikidan, boy tilining gadoy nutqidan tamo-
mila farq qilishi natijasida hikoyaning o‘qishliligi ortgani xususida 
o‘quvchilar bilan fikrlashish zarur bo‘ladi. Til ruhiyat ko‘zgusi 
ekanligi, odamga xos juda ko‘p yashirin jihatlar aynan tilda yorqin 
namoyon bo‘lishi misollar asosida isbotlab berilsa, foydali bo‘ladi. 
Hikoya tahlilidan so‘ng uy vazifasi sifatida asarni davom et-
tirish vazifasini topshirish mumkin. Asar qahramonlari keyingi 
hayotini o‘quvchilar o‘zlaricha tasavvur qilishlari, qarashlarini 
qog‘ozga tushirishlari ularning fikr kishisi bo‘lib shakllanishlariga 
ko‘maklashadi. 
Xullas, epik asar tahlilida obrazlar tasviri, voqealar rivoji, tili, 
unda ko‘tarilgan yetakchi g‘oyalarga e’tibor qaratiladi. Matn maz-
munidan badiiy hayotiy xulosalar chiqariladi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling