Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
yoritishi, narsalar va hodisalar ichiga yashiringan mazmunni
ochib berishi, ularning yashirin ichki «qiyofa»sini sezdirishi, ya’ni ma’nolar kashf etishi mumkin» 113 , deydi. Ta’kidlash joizki, bular ba’zan ochiq, ba’zida esa metaforik yo‘l bilan bayon etiladi. Shoir voqea yoki holatni tasvirlarkan, ayni paytda obrazlar yaratadi, shu orqali turli hissiy kechinmalarga yo‘l ochadi. S. Ahmedov ham lirik asarlar haqida gapirib: «Lirika ijodkor qalbi oniy bir tezlikda his etgan sezgining, mavjud muhitga estetik munosabatning mevasidir. Shoir tashqi olamdan olgan taassurot- lari natijasida vujudga kelgan fikrini his-tuyg‘ularga o‘rab yana yuzaga chiqaradi, kitobxonda fikr tug‘ilishiga sabab bo‘ladi» 114 , – deydi. Adabiyot mashg‘ulotlari ko‘ngil darslari sifatida shoir ning asariga singdirilgan ana shu hislarini o‘qirmanga tuydirish, uni ru- han muvozanatdan chiqarish, o‘zgani tuyish va tuyganlarini so‘z bilan ifodalab bera olishga yo‘naltirishdan iboratdir. Bunday ish- lar asar matni yuzasidan tuzilgan savol va topshiriqlar ko‘magida amalga oshiriladi. She’riy matnni maromiga yetkazib ifodali o‘qish, ya’ni mu- allifni tuyib o‘qish va bu mutolaadan huzur ola bilish she’r qay darajada idrok etilganiga baho berishning bosh omilidir. She’rxon she’rni ifodali o‘qiy olmadimi yoki undan ta’sirlanmadimi, demak, nimanidir yetarli tushunmagan, obrazli ifodalarni hisobga olmagan bo‘ladi. Bu, o‘z-o‘zidan, she’riy matnning mohiyatiga kirishga ham ma’lum darajada aks ta’sir ko‘rsatadi. Lirik asarlar ustida ishlash darslarining mas’uliyatli lahza- laridan biri matnni, albatta o‘qituvchi tomonidan yoddan ifodali o‘qilishi va o‘quvchilarning uni tinglay olishidir. Shunda sinfdagi hamma o‘quvchilar bir necha daqiqa she’rdan olingan estetik ta’sir yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma). – T.: Yangi asr avlodi, 2006. 7-b. 113 Mirqosimova M. O‘quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va ta- komillashtirish asoslari. – T.: «Fan», 2006. 39-b. 114 Ahmedov S. Adabiyot darslarida epik janrlarni o‘rganish: Adabiyot o‘qituvchilariga yordam. – T.: O‘qituvchi, 1986. 8-bet. 235 og‘ushida qoladi. Mutolaadan keyingi bir necha soniyalik tin olish o‘qituvchiga shunday imkoniyatni beradi. Shu o‘rinda prof. Q.Yo‘ldoshevning quyidagi ogohlantirishi nihoyatda o‘rinlidir: «Ko‘pchilik o‘qituvchilar ham, hatto ayrim usuliyotchi olimlar ham ifodali o‘qish deganda baland ovoz bilan tinish belgilariga rioya qilib, ko‘tarinki ruhda qiroat qilishni tu- shunadilar. Holbuki, asl lirik asarlarni aksariyat hollarda bor ovoz bilan o‘qib bo‘lmaydi. Hatto baland, ko‘tarinki, binobarin, nosa- mimiy ifoda she’rdagi mayin lirizmni yo‘qqa chiqarishi mumkin. Xullas, ifodali o‘qish – bu ijodkorning holatini tuyib, asarga muhr- langan ruhiy manzaralar bag‘rida turib o‘qiy bilish demakdir» 115 . She’riy matnni ifodali o‘qish badiiy idrokning yuqori cho‘qqisiga yetganidan dalolat ekanligini B. To‘xliyev ham: «She’riy asarni anglash, undagi muallif ko‘zda tutgan niyatni, maqsad va vazifalarni tushunib yetish, she’r g‘oyasining mag‘zini chaqish uni uqishdan, yana-da aniqrog‘i, ifodali o‘qishdan boshlanadi» 116 , – tarzida ifodalaydi. She’riy asarga, odatda, o‘quvchilar tomonidan beriladigan baho ko‘proq mazmunga, uni qayta hikoyalashga tortib ketadi. Shoir voqelikni badiiy obrazlar orqali tasvirlaganda, o‘z-o‘zidan mazmun shakllanadi. She’riy asarlar ustida ishlanganda o‘quvchi ham qalbini junbushga keltirgan mazmunga, ham she’rning yuksak san’at asari sifatida yozilganiga, ham tasvirga, ham tuyg‘ular ifo- dasiga diqqatini qaratishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lirik turga mansub asarlar ustida ishlashni shoir Halima Xu- doyberdiyevaning «Men seni topgandim…» she’ri misolida quyi- dagicha ko‘rish mumkin: Men seni topgandim, ammo yaxshi qol, Sen: «Yaxshi qol!» – degil, «ko‘rishguncha»mas. Bul quyosh hali ko‘p ol bo‘ladir, ol, Bul oy ham umrimga ko‘p qiladir qasd. 115 Yo‘ldoshev Q. Yangilangan pedagogik tafakkur va umumta’lim maktablarida adabiyot o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari. Ped. fan. doktori … diss. – T.: 1997. 235 – 236-betlar. 116 To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi: (Oliy o‘quv yurtlari filologiya yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma). – T.: Yangi asr avlodi, 2006. 80-b. 236 237 Sen sherik bo‘lmaysan endi g‘amimga, Darvoqe, hech qachon sherik qilmadim. Xayr endi, ma’zur tut ortiq-kamimga, Men seni Layliday seva olmadim. O‘rtanma bul xato mushkullaridan, Yo Rabbiy, lahzada bor orzular puch. Men ham qaydan bilay ishq yo‘llarida – Majnun emas, senga kelarimni duch… Asar matni ustida ish boshlashdan avval she’rning matni yoddan ifodali aytib beriladi. So‘ngra quyidagi savol va top- shiriqlar ko‘magida o‘quvchilar asar matni mohiyatiga kirish- ga yo‘naltiriladi: «Sizningcha, she’rning bosh qahramoni kim? Qanday odam? Asar qahramoni kimga murojaat qilayotir deb o‘ylaysiz? She’rning dastlabki satridagi birinchi jumla: «Men seni Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling