Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

ko‘rsatdi. Tabib qon oldi. Betobning ko‘zi tinib, boshi aylanadi-
gan bo‘lib qoldi. Baxshi o‘qidi…» Sotiboldi nega shunday tadbirni 
qo‘lladi? Kambag‘alligidanmi yoki bilimsizligidanmi? O‘quvchilar 
shu savol ustida o‘ylab ko‘rishlari kerak. Gap shundaki, har qan-
day odam o‘z saviyasi darajasiga qarab ish tutadi – uning xayoliga 
kelgan dastlabki amallar – shular. Lekin gap bu o‘rinda Sotiboldi 
ko‘rgan tadbirning to‘g‘ri-noto‘g‘riligida emas, balki qilgan amal 
bilan erishilgan natija va uning ifoda tarzi mutanosibligi haqida. 
Bemorning tabib qon olgandan keyingi holatiga o‘quvchilar diqqa-
ti tortilishi kerak. Nega shunday bo‘ldi? Bolalar bu haqda o‘ylab 
ko‘rganlari ma’qul. Ayni vaqtda, o‘qituvchi hikoya maromiga, 
ohangiga tarbiyalanuvchilar diqqatini tortishi zarur. Chunon-
chi, yuqorida keltirilgan parchada goh ko‘rilgan tadbir bir necha 
so‘z yordamida bayon etiladi, natija bermaganligi esa bir og‘iz 
«bo‘lmadi» so‘zi bilan ifodalanadi. Ko‘rilgan tadbir: «Tabib qon 


228
229
oldi» shaklida uch so‘z bilan bildiriladi-da, uning yomon oqibati: 
«Betobning ko‘zi tinib, boshi aylanadigan bo‘lib qoldi» tarzida 
yetti so‘z yordamida ifoda etiladi. Bu shunchaki tasodifiy holat 
emas. Abdulla Qahhor tasvirlash mahoratini yuksak darajada egal-
lagan, harakat va ruhiyat mutanosibligini chuqur anglagan ijodkor 
sifatida atay shu ifoda yo‘sinini tanlagan. Bular hammasi savol-
topshiriqqa aylantirilib, o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan kashf 
etilishi maqsadga muvofiqdir. 
Bugungi o‘quvchida baxshiga o‘qitib, xipchin bilan savala-
tib, tovuq so‘yib qonlatib yurguncha kasalxonaga olib bora qolsa 
bo‘lmaydimi, degan tabiiy savol tug‘ilishi mumkin. O‘qituvchi 
bu «tabiiy» savolning unchalar ham tabiiy emasligini anglatish 
uchun «doktorxona» haqidagi Sotiboldining tasavvuriga talaba-
lar diqqatini qaratadi. Ular Sotiboldining iqtisodiy ahvoli og‘ir 
ekanligini payqashlari, ayni vaqtda, bu haqda yozuvchi bir og‘iz 
ham gapirmaganligiga e’tibor qaratishlari lozim. «Sotiboldining 
iqtisodiy ahvoli nochor ekanligini qayerdan payqadingiz?» degan 
savol o‘quvchilarni ziyrak torttiradi. Shundan so‘ng o‘qituvchi ayt-
masdan anglatish, ma’lumot bermay xabardor etish uchun yozuv-
chi qanchalar mahoratli bo‘lishi lozimligi haqida, bu fazilat faqat 
Qahhorgagina xosligi to‘g‘risida o‘quvchilariga tushuncha beradi. 
«Yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichga uziladi» maqolining matn mazmu-
niga sezilmaydigan darajada yedirib yuborilganligi Sotiboldi iqti-
sodiy ahvolini bir qadar namoyish etganini ham o‘quvchilar o‘z 
tahlillari jarayonida anglaydilar.
Har qanday haqiqat qiyosda oydinlashadi. Shu jihatdan So-
tiboldining ahvoli nechog‘lik nochorligi xo‘jayini Abdug‘aniboy 
imkoniyatlarini axborot tarzida bildirilganligiga diqqat qaratiladi. 
Bu ham adibning tasvirlash mahorati qanchalar yuqori ekanini 
namoyish etadi. Xo‘jayinning Sotiboldi orzu ham qilolmaydigan 
«doktorxona»ga bormay, Simga ketganligi haqidagi shunchaki ax-
borot, aslida «shunchaki» bo‘lmay odamlarning moddiy imkoni-
yatlari o‘rtasidagi o‘tib bo‘lmas to‘siqlarni anglatadigan va shu ji-
hati bilan baxtsizning baxtsizligini yana-da bo‘rttirib ko‘rsatadigan 
vo sitadir.
Muallif o‘ta «sovuqqonlik» bilan Abdug‘aniboyning qoplar 
tagida qolib «o‘ladigan» bo‘lganda Simdagi doktorxonaga bor-
ganligi haqida xabar berganday bo‘ladi. Holbuki, Sotiboldining 


229
xotini to‘g‘risida biron joyda ham «o‘ladigan» so‘zini qo‘llamaydi. 
Katta imkoniyat «o‘ladigan» kasalni oyoqqa turg‘izishi mumkin 
bo‘lganidek, imkoniyatsizlik, chorasizlik «og‘rib qolish»day oddiy-
gina kasallikni ham o‘lim bilan yakunlanadigan xastalikka aylan-
tirishi mumkin ekan. Bunday topildiqqa o‘quvchilar o‘qituvchi 
yo‘naltirishi bilan o‘zlari erishishlari kerak. O‘qituvchining vazi-
fasi savol-topshiriqlar bilan ularning e’tiborini mana shu kabi ha-
qiqatlarga qaratishdan iborat.
Sotiboldining xo‘jayini oldiga borganligi tasviriga o‘quvchilar 
e’tiborini qaratish, shu yo‘l bilan har bir personaj ruhiyati qir-
ralari nechog‘lik yorqin tasvir etilganligini aniqlash zarur. Shun-
day qilinganda inson deb atalmish murakkab mavjudotning ruhiy 
to‘lg‘onishlarini payqash mumkin bo‘ladi. Har qanday odam 
o‘zgalar bilan solishtirilgandagina haqiqiy qiymatiga ega bo‘ladi. 
Xo‘jayini oldiga nega borganini Sotiboldining o‘zi ham bilmaydi, 
lekin bordi. Har qanday risoladagi odam singari Sotiboldi ham 
xotinining tuzalishi uchun nimadir qilishi kerakligini biladi, lekin 
nima? Boshiga musibat tushganda inson o‘zidan ko‘ra kattaroq
kuchli roq, aqlliroq kishining ko‘magiga, maslahatiga muhtojlik 
sezadi. Biror jonkuyari yo‘q Sotiboldi uchun esa Abdug‘aniboy 
shunday kishi bo‘lib tuyuladi. Boy Sotiboldining dardini his qildi, 
unga ruhiy madad berishga, ko‘nglini ko‘tarishga urindi. Uning 
niyati – yaxshi. Sotiboldiga achinadi. Lekin ezguligi shu achinish 
bilan tugaydi. Demak, Abdug‘aniboyning yaxshiligi darajasi, olija-
nobligining miqyosi qilgan amaliga yarasha. Chinakam yaxshilik 
amalda, faoliyatda namoyon bo‘ladi. O‘quvchilar boyning qanday 
odamligiga uning qilgan ishiga qarab baho berishlari so‘raladi.
Sotiboldining keyingi xatti-harakatlariga o‘quvchilarning 
e’tibori tortilishi lozim. O‘quvchilarni yaqin kishisining azobla-
rini yengillatishni astoydil istagan, ammo qo‘li kaltaligi tufayli 
buning uddasidan chiqolmagan yigitning ruhiyatini anglashga 
yo‘naltirish zarur. Shunday vaziyatda bo‘lgan odamning ko‘ngliga 
ish sig‘adimi? Bu savol ularni bunday vaqtlarda odam nimalarni 
his etishi mumkinligini o‘ylab ko‘rishga, Sotiboldini tuyishga 
yo‘naltiradi. Uning kundan-kun og‘irlashib borayotgan xotini 
yonida chiviqlar ichida ko‘milib, savat to‘qishi tasviri shunchaki 
axborot emas, balki ilojsiz odam ruhiyatining jonli va shafqatsiz 
tasviridir. Hayot shafqat neligini bilmaydi, uni qiynoqlarga giriftor 


230
231
etmoqda, u – ko‘z oldida yotgan yaqin kishisiga yordam berish-
dan ojiz. Ammo u – tirik va hayot haqida, ertangi kun to‘g‘risida 
o‘ylashga majbur. Shu bois savat to‘qish ko‘ngliga sig‘adi. 
Shu o‘rinda hikoyadagi «oftobshuvoqda» ifodasiga o‘quvchilar 
bee’tibor bo‘lmasliklari kerak. Hikoyaga ayni shu so‘z nima uchun 
kiritilgan? Bu so‘zning asardagi voqealarga nima daxli bor? Nega-
ki, odam ko‘klamda uydagi qishki rutubatlardan qochib, oftobshu-
voqqa chiqqisi keladi. Ayni vaqtda, ko‘klamda kasalliklar, ayniqsa, 
xuruj qiladi. Bahorgi oftobning nozik nurlaridan kishi ko‘nglidagi 
og‘riqlarga, qishki toliqishga davo istaydi. Sotiboldi ham o‘zi ang-
lab-anglamay ishini oftobshuvoqda qilishi tabiiy hol.
Qizchaning holati tasvirlangan satrlarni o‘quvchilarga qayta 
o‘qitish kerak. Ular shu jarayonni, imkon qadar, aniq tasavvur 
qilsinlar. Pashshaning g‘ing‘illashi bilan bemorning inqillashi 
o‘rtasidagi mutanosiblik bilan gadoy va uning tovushidagi 
monandlik asar ohangini vujudga keltirishda qanday o‘rin tutganligi 
o‘quvchilar tomonidan aniqlansa, g‘oyat foydali bo‘lardi. Hikoya-
ning umumiy ohangi, ruhini anglamay turib, qahramonlar ruhiyatini 
payqash mumkin emas. Chunki asl badiiy asar – buzilmas yaxlitlik. 
O‘quvchilar e’tibori gadoyning aytganlariga ham qaratiladi: shu 
jumla zimmasida qanday yuk bor? Odil Yoqubov ayt moqchi 
«so‘zga xasis» adib bu lavhani asarga kiritmasligi ham mumkin 
edi-ku! Hikoya busiz ham kishi ruhiyatini iztirobga soladi-ku! 
O‘quvchilar bemor har ingraganda «Sotiboldi chakkasiga burov 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling