Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
qilish, voqealarni izohlash, hodisalarni ifodalash, xarakterlarni
tasvirlash yo‘lidan borishsa, dramaturg so‘zlarni harakatga solish, qahramonlarni so‘zlatib qo‘yib, xarakterlarini ochish usulidan foydalanadi» 121 . Kitobxon yoki tomoshabin dramada sodir bo‘layotgan voqea va qahramonlarni ularning o‘zidan payqab oladi. Binobarin, dramaturg o‘z qahramonlarining hayoti haqida hikoya qilmaydi, balki ularni harakatda ko‘rsatadi. Dramatik asarlarda ohang, pauza va ovozning baland-pastligi katta ahamiyatga ega bo‘lib, nutqning o‘ziga xos bu xususiyati sahnada yorqinroq namoyon bo‘ladi. Dramada dramaturg tashqi voqea-hodisalar, hayotiy masalalar, ishtirok etuvchi shaxslarni o‘z- o‘zini namoyon qilish vositasida aks ettiradi. Har qanday hodisa ham dramatik bo‘lavermaydi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi va talabalar bir necha dramatik asarlar bilan tanishadilar. Ular orasida qadimgi Yunon drama- turglarining asarlaridan boshlab, xorijiy mamlakatlardagi adiblar qalamiga mansub bo‘lgan sahna asarlari, o‘zbek dramaturglari bitiklarigacha qamrab olingan. Maqsud Shayxzoda, Said Ahmad, Sharof Boshbekov, Xurshid Davron va hk. adiblarning dramatur- giyasi ham shular jumlasidandir. Dramatik asarlarni tahlil qilishda adabiyotshunoslikdagi mavjud tadqiqotlarga tayanish mumkin. Ayniqsa, Izzat Sulton, N. Mallayev, H. Abdusamatov, B. Imomov, I. G‘afurov, Sh.Rizayevlarning tadqiqotlari bu jihatdan e’tiborlidir. Quyida dramaturg Sharof Boshbekov qalamiga mansub «Temir xotin» komediyasi matni ustida ishlash namunasi tavsiya etiladi. Adabiyotga XX asrning 70-yillarida kirib kelgan Sharof Boshbekov badiiy adabiyotning murakkab turlaridan bo‘lgan dra- maturgiyada ijod qiladi. Shu paytgacha adibning «Taqdir eshi- «O‘qituvchi», 1995, 5-bet. 121 Abdusamatov O‘. Drama nazariyasi. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 2000. 210-bet. 247 gi», «Tikansiz tipratikanlar», «Eski shahar gavroshlari», «Eshik qoqqan kim bo‘ldi?», «Temir xotin», «Tushov uzgan tulporlar», «Charog‘bonlar» kabi dramalari chop etilgan va sahnalashtirilgan. Dramaturgning «Temir xotin» komediyasi hozirgi kungacha to- moshabinlar olqishiga sazovor bo‘lib kelmoqda. Sh. Boshbekov o‘z ijodidagi xususiyatlar haqida gapirib: «Me- ning eng yaxshi ko‘rgan qurolim – yumor. Asar qanday janrda yozilmasin, voqealar qanchalik jiddiy, qahramonlarimning taqdiri qay darajada fojiali bo‘lmasin, yumor, hazil-mutoyiba, askiya un- surlari, so‘z o‘yinlaridan unumliroq foydalanishga harakat qila- man, bu, birinchidan, asarni o‘qishli qiladi, tomoshaviyligini oshi- radi, ikkinchidan, boshqa nuqsonlarni «yopib» ketadi. Masalan, «Temir xotin» asarimda aytiladigan «gap» jiddiy, lekin vaziyat, qahramonlarning so‘zi kulgili yoki aksincha bo‘lishi mumkin», – deb yozadi. Ta’lim amaliyotida dramatik asarlarni o‘rganishda avval ular ning matni bilan tanishish amalga oshiriladi, albatta. Agar imkoni bo‘lsa sahnada ko‘rish, yoki tasmaga yozilgan varianti bilan tani shish juda samarali ish turi hisoblanadi. Chunki sahna asarini sahnada ko‘rish kutilgan natijaning maksimal samarasini ta’minlaydi. Avvalo, Sharof Boshbekov qalamiga mansub «Temir xotin» haqida yumor bilan aytgan jiddiy «gap» haqida mulohaza yuritish kerak bo‘ladi. O‘quvchilarni bu haqiqtni kashf etishga yo‘naltiruvchi ilk savol: «Boshdan oxir yengil yumorga yo‘g‘rilgan, bir oz fantaziya ham aks etgan bu asarda qanday jiddiy gap bo‘lishi mumkin?» tarzida o‘rtaga tashlanadi. Asar mutollasi asnosida hali o‘z taassurotlari ta’siridan chiqib ulgarmagan «yosh sinchi»lar e’tibori avval: birinchi sahna tasviridagi Qo‘chqorning ro‘zg‘origa taalluqli har bir jihozda nimaningdir yetishmasligiga; Qumri obrazining odam, ayol, xotin va ona sifatidagi jamiki xususiyatlariga; Qo‘chqorning: « Bir qarasang, qo‘ylarga qarab Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling