Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
«ko‘p tug‘» deydi, bir qarasang, o‘zbekka qarab «kam tug‘»
deydi...» iborasiga; uning Olimtoyga qarata: «Xotinlarning qorniga osilguncha paxta teradigan mashinani to‘g‘rila» tarzidagi luqmasiga; «Mana, biz ham «paxta terimiga» degan gapni eshitishimiz bilan hamma ishimizni yig‘ishtirib qo‘yib, dalaga chiqib ketamiz. Bolalarimiz o‘qishini tashlaydi, xotinlarimiz emizikli bolasini...» degan e’tirofiga; «Butun o‘zbekning dardini 248 249 dasturxon qilib o‘tiribman. Doim shu, bizga o‘xshagan odam gapirsa, yo hech kim eshitmaydi, yo eshitadigani temir chiqadi...» tarzidagi noroziligiga; Qo‘chqorning Alomatga qarata: «Yo‘g‘-e, endi yig‘lashni ham qog‘ozga qarab yig‘lasak, uyat bo‘lar?» kabi so‘zlariga; Alomatning Qo‘chqorga qarata aytgan: «Shu darajaga yetgansizki, bora-bora undaylarga havas ham qilmay qo‘ygansiz! Havas qilaverib, orzu qilaverib, charchagansiz, holdan toygansiz!», «G‘urur, qadr-qimmatingiz-chi? Mundoq o‘ylab ko‘ring, biron tirik jon siz bilan hisoblashadimi? Yo‘q, axir! To‘y-ma’rakalarda poygakda o‘tirasiz» singari achchiq haqiqatlariga; Qo‘chqorning og‘ir hayotidan nolimasligi sababi haqida Alomatning: «Hamma gap shunda-da, nolimaysiz! Ko‘nikib ketgansiz. Yaralar toshga aylangan – og‘riq sezmaydi. Dod solib baqirish-ku, qo‘lingizdan kelmas, hech qursa ingrabqo‘yishga ham qodir emasmisiz, Qo‘ch- qor aka! Qalbingizning unutilib ketgan, o‘zingiz ham bilmaydigan burchaklarida miltillayotgan ushoqqina norozilikdan qo‘rqasiz, uni sezmaslikka olasiz!» tarzidagi izohlariga; Qo‘chqorning xayron bo‘lib: «Xo‘sh, nima ish qilipti! Hali qatorlashtirib bola tuqqani yo‘q, kechalari uyqudan qolib, beshik quchoqlab chiqqani yo‘q, har bir farzandi bilan ming bor kasal bo‘lib, ming bor sog‘aygani ham yo‘q. Bitta o‘zbek ayoli nima ish qilsa, shuning yarmini qildi, xolos...» singari mulohazalarga qaratiladi. Bu haqiqatlarning barchasini o‘quvchilar o‘zlari matndan topishlari kerak. Zamondosh avlod kechagi jamiyatda ustuvor bo‘lgan qishloq hayotining bu kabi turmush tarzini tasavvur qila olmasligi mum- kindir, lekin qishloqlarning buguni ham avlo emasligi hech kimga sir emas. Umuman, sovet davridagi turmush tarzini tasavvur qilish uchun tarbiyalanuvchilar har bir detal, jumla, ibora, luqma va tas- virni tahlilga tortishlari kerak bo‘ladi. O‘qituvchi yuqorida sanal- gan jihatlarni savol va topshiriqqa aylantirishi talab etiladi. Mana shu tahlil asnosida komediyada ilgari surilgan «jiddiy gap»ning mohiyatiga kiriladi. Masalan: «Sahnadagi har jihoz, har bir buyumda nimadir ye- tishmaydi: eshik-deraza romlarining yarmi bo‘yalgan, qolgani- ning rangi o‘chib ketgan, yog‘och karavotning bitta oyog‘i yo‘q, ko‘rpa-yostiqlarga yamoq tushgan, piyolalarning labi uchgan yoki chegalangan, choynakning jo‘mragiga tunuka kiygizilgan» tarzidagi tasvirga diqqat qilinadi va qishloqdagi oddiy oilaning 249 turmushi tasavvur qilinadi. Keyin Qumrining hech qachon, hech narsadan nolimaganiga, arazlab onasinikiga ketayotgan holatida ham eriga achinishiga, qo‘llarining qavargani, kiyimlaridan tappi va kerosin hidi anqib turishi kabi bir qancha xususiyatlariga taya- nib qishloq ayollarining turmush tarzi tasavvur qilinadi. Mual- lif aytmoqchi bo‘lgan jiddiy gapning mohiyatiga kiriladi. Yoki o‘quvchilar Qo‘chqorning: «Bir qarasang, qo‘ylarga qarab «ko‘p Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling