Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
ketgan bo‘lsayam, bir nimasi bor edi-da... O‘sha nima ekan-a?
Bo‘lmasam, barmoqlarini ko‘sak tilib, g‘adir-budur qilib tash- lagan. Qo‘lidan doim kir sovun aralash tappi hidi kelib turadi. Lekin nimasidir bor edi...» tarzidagi nadomati o‘quvchilarning nazaridan chetda qolmasligi kerak. Ular o‘sha «nimadir»ni o‘ylab ko‘rishsin. Shu nimadir yuqorida aytilgan fikrlar bilan bog‘liq. Buni o‘quvchilarning o‘zlari kashf etganlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘quvchilar asardagi: «G‘urur, qadr-qimmatingiz-chi? Mun- doq o‘ylab ko‘ring, biron tirik jon siz bilan hisoblashadimi? Yo‘q, axir! To‘y-ma’rakalarda poygakda o‘tirasiz» singari achchiq gap- larga Qo‘chqorning vaziyatidan kelib chiqib munosabat bildirish- sin. Bu gaplarning qanchalik haqiqatga yaqinligi haqida o‘ylab ko‘rishsin. Nima deb o‘ylasharkin, Qo‘chqorda rostdan ham hech 253 qanday g‘urur, qadr-qimmat yo‘qmi? Agar bor bo‘lsa, ular nima- larda ko‘rinishini asardan misollar keltirib ko‘rsatishga harakat qi- lishsin. O‘z ruhiyatlarini taftish qilishsin, ichlarida Qo‘chqorga nis- batan qanday hislar paydo bo‘ldiykin? Bu tuyg‘ularni nomlashga urinib ko‘rishsin. Bularning barchasi ularda shaxslik sifatlarining shakllanishiga ko‘maklashadi. O‘quvchilar Qo‘chqorning hayotidan hech nolimasligi sa- bablari haqida o‘ylab ko‘rishsin. Alomatning: «Hamma gap shun- da-da, nolimaysiz! Ko‘nikib ketgansiz. Yaralar toshga aylangan – og‘riq sezmaydi. Dod solib baqirish-ku, qo‘lingizdan kelmas, hech qursa ingrab qo‘yishga ham qodir emasmisiz, Qo‘chqor aka! Qalbingizning unutilib ketgan, o‘zingiz ham bilmaydigan bur- chaklarida miltillayotgan ushoqqina norozilikdan qo‘rqasiz, uni sezmaslikka olasiz!» degan gaplarini asoslashga urinib ko‘rishsin. Buning uchun matnga murojaat qilish shart emas. Bu borada har bir o‘quvchining matn mazmunidan kelib chiqqan o‘z xulosasi bo‘ladi. Shunda ular mazkur asarning komediyadan ko‘ra muhim- roq bir jihatlari borligini anglab yetadilar. Bunday vaziyatdan chi- qish uchun Qo‘chqor nima qilishi mumkinligi haqida ham o‘ylab ko‘rishsin. Muammoning yechimini topishga urinib ko‘rishsin. Balki bu borada biror jo‘yali fikr chiqmas, lekin asarga munosabat- lari o‘zgarishi aniq. Endi asarni qayta tomosha qilganda avvalgidek kula olmasliklari tayin. Yana bularning ustiga «Davron suraylik» ashulasining berilishi o‘quvchilarning ruhiyatiga bir mubham- lik, og‘riq soladi. Bu ham asar muallifining topqirligi, odamlarni o‘ylashga undash yo‘lidagi bir izlanishidir. Olimjonning: «Axir u temir-ku, Qo‘chqor aka, temir. Uni ehti- yot qilish kerak, avaylash kerak. U o‘zini o‘ylamaydi, «qiynalib ketdim» deydigan tili yo‘q. Indamas ekan, deb eshakday ishlata- veradimi axir!» tarzidagi noroziligi ham o‘quvchilarning diqqati- dan chetda qolmasligi kerak. Olim o‘zining yaratig‘i bo‘lmish ro- botni ayayapti. Lekin jamiyat o‘z a’zolarini ayash kerakligi haqida o‘ylab ham ko‘rmayapti. O‘quvchilar mana shular haqida mulo- haza yuritishlari kerak, muallif tomoshabin va o‘quvchilarnining e’tiborini shularga qaratmoqchi bo‘lgan. Tarbiyalanuvchilar temir xotin Alomat bilan o‘zbek ayollari hayotini solishtirib ko‘rishga un- dalishi kerak. Alomatning halokati sabablari borasida o‘ylayotgan Qo‘chqorning quyidagi mulohazalariga ularning e’tibori qaratiladi: 254 255 «Xo‘sh, nima ish qilipti! Hali qatorlashtirib bola tuqqani yo‘q, ke- chalari uyqudan qolib, beshik quchoqlab chiqqani yo‘q, har bir farzandi bilan ming bor kasal bo‘lib, ming bor sog‘aygani ham yo‘q. (Hayron.) Bitta o‘zbek ayoli nima ish qilsa, shuning yarmini qildi, xolos...». Qo‘chqorning hayron bo‘lishi, o‘zining ayoli qilayotgan mehnatning yarmisinigina bajarib tutab ketgan temirga ajablanishi o‘quvchilarni o‘ylashga undashi kerak. Demak, inson temirdan qudratli. Lekin bu qudrat nazokat ramzi bo‘lgan ayolni maydalab yo‘q qilib borayotgani muallifni iztirobga solgan. Komediyaning: «Yana o‘ynaylik, yana kuylaylik, iqbolimiz porloq ekan, davron suraylik» qo‘shig‘i bilan yakunlanishi o‘z ahvolini, turmushini taftish va tahlil qila olmaslik, o‘zining aslida qanday hayot kechirayotganligini bilmaslik, jamiyat ahlida mus- taqil fikr va munosabatning yo‘qligidan dalolat beradi. Bu insonga xos bo‘lgan eng kechirib bo‘lmaydigan nuqson ekanini o‘quvchilar o‘ylab ko‘rishlari adabiy ta’limning maqsadiga muvofiq keladi. Haqiqatdan ham, kechagi jamiyatda, o‘tgan asrning 60 – 70-yil- larida shunday qo‘shiq bor edi. Uning so‘zini ham kimdir yozgan, yana kimdir kuy bastalagan, kimlardir ijro etgan. Ko‘rinadiki, mil- latning ziyolilari ham shunday fikrlashgan yoki bori haqiqatni bila turib shunday yozishga va kuylashga majbur bo‘lishgan. Xullas, «Temir xotin» komediyasi kulgidan ko‘ra o‘ylashga, komedi- yadan ko‘ra fojeaga, ya’ni hayotiy fojeani kulgi orqali ifodalashga yo‘naltirilgan asardir. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling