Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Savol va topshiriqlar:
1. Q. Yo‘ldoshevning she’rni ifodali o‘qish haqidagi fikrini 
qayta o‘qing. O‘z qarashlaringizni taftish qiling. 
2. Adabiyotshunoslik fanidan olgan bilimlaringizga tayanib 
lirik turning janrlari va ularning xususiyatlarini aytib bering. 
3. Shoira H. Xudoyberdiyeva qalamiga mansub «Men seni top-
gandim...» she’ri tahlili bilan bog‘liq savollarga javob be ring. Ja-
voblaringizni asar tahlilidagi qanoatlar bilan solishtiring. O‘xshash 
va farqli jihatlarni aniqlang. Har ikkala holatga o‘z munosabatin-
gizni bildiring.
4. Boshqa biror lirik asarni tanlab oling va uning o‘quv tahlilini 
amalga oshiring. 
5. Adabiyotshunos olimlarning asarlaridan lirik tur haqidagi 
qarashlaridan iqtiboslar oling. 
6. Lirik asarlar tahliliga bag‘ishlangan maxsus dars tashkil 
eting.
7. H. Xudoyberdiyevaning «Begim, sizni tabiat...» she’ri maz-
munidan kelib chiqqan holda «Ayol va muhabbat» mavzusida insho 
yozing. Har biringizning ishingizni birgalikda muhokama qiling.


245
DRAMATIK ASARLAR USTIDA ISHLASH YO‘LLARI
Reja:
1. Dramatik asarlarning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Dramatik asarlarning turlari.
3. Dramatik asarga xos nazariy ma’lumotlarni mustahkam-
lash.
4. Dramatik asar tahlili.
So‘z san’atining asosiy turlaridan biri bo‘lgan drama qa-
dimgi yunon tilidan olingan bo‘lib harakat, amal-faoliyat degan 
ma’nolarni anglatadi. Dramatik asarlar, asosan, sahnada ijro etish-
ga mo‘ljallangan bo‘lib, suhbat-dialog shaklida yoziladi.
Dramatik turga drama, komediya, tragediya (fojea) singari janr-
lar mansubdir. Bunday bitiklarda voqelik asarda bevosita ishtirok 
etuvchi shaxslarning xatti-harakatlari va nutqi orqali ochiladi. 
Dramatik asarlar sahnaga moslab yoziladi. Yozuvchining fikrlari 
asarda ishtirok etuvchilarning so‘zi va faoliyati vositasida namoyon 
bo‘ladi. Lirik yoki epik turdagi asarlarda muallif nuqtai nazari, 
ba’zan ochiq, ba’zan yashirin-pardali tarzda bildiriladi. Dramatik 
asarlarda ayni mana shu holatning mavjud emasligi o‘quvchi 
uchun qo‘shimcha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Shunga 
ko‘ra dramatik asarlarda munosabatlarning o‘ziga xos tarzda aks 
ettirilishini o‘quvchi yoki tomoshabin ongiga, idrokiga yetkazish 
masalasi turadi. Sahna asaridagi har bir harakat va har bir so‘zning 
katta ma’no tashishi o‘quvchi yoki tomoshabinlar tomnidan anglab 
yetilishi kerak. Buning uchun tahlil jarayonida dramatik asarlarning 
shu xususiyatlariga alohida urg‘u berishga to‘g‘ri keladi.
O‘quvchi yoki tomoshabinga bayon va tasvirlashga xos usul-
lar yot bo‘lganidan u personajlar xatti-harakatini, voqealar rivo-
jini bevosita tahlil etish imkoniyatiga ega emas. Bunday vazi-
falar dialoglar yetakchiligida, monolog, remarka va pauzalar 
yordamida muayyan vaqt ichida tomoshabin yoki kitobxon ko‘z 
o‘ngida sodir bo‘layotgan qismatlar shaklida amalga oshiriladi. 
Har bir voqeaga yo‘nalish beriladi. Dramatik asar tanaffuslar bilan 
ko‘rsatilganligi sababli, har qaysi qismi parda deb yuritiladi. Parda 
ichida ko‘rinishlar bo‘ladi. Bir ko‘rishga mo‘ljallanganligi sababli 
dramatik asar hajman cheklangan bo‘ladi
120
.
120
Imomov B., Jo‘rayev J., Hakimova O‘. O‘zbek dramaturgiyasi tarixi. – T.: 


246
247
Dramatik asarlar kompozitsion tuzilish jihatidan boshqa janr-
lardagi asarlardan farq qiladi. Shuning uchun drama janri so‘z 
san’atiga mansub bo‘lsa ham, sahnada ijro etilishi bilan roman va 
qissa janridan farq qiladi. Dramada har bir obraz o‘z xarakteri-
ga xos xislatlarni jonli tili, xatti-harakati orqali nomoyish qiladi. 
Shunga ko‘ra dramada proza va poeziyaga xos bo‘lgan muallif 
nutqi bevosita ishtirok etmaydi. «Nasrchi va nazmchilar hikoya 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling