Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Savol va topshiriqlar:
1. 
Blum taksonomiyasida o‘quv maqsadlari kognitiv 
yo‘nalishining: «bilish, tushinish, qo‘llash, tahlillash, umum-
lashtirish va baholash» singari tasniflari bilan tanishdingiz. Ularni 
amaliy shaklda bir asar yoki nazariy ma’lumot misolida izohlashga 
urinib ko‘ring.
2. Bilimlarni o‘zlashtirishning affektiv yo‘nalishi adabiy 
ta’limga qanchalar monandligi haqida o‘ylab ko‘ring. Qarashlarin-
gizni biror badiiy matn misolida asoslang.
3. Taniqli fransuz pedagogi S. Frene qalamiga mansub: «Jami-
yatning demokratlashuvi maktabning demokratlashuvidan boshla-
nadi. Avtoritar maktab demokratik jamiyatning bo‘lajak fuqarola-
rini shakllantira olmaydi», tarzidagi qanoatni o‘z so‘zlaringiz bilan 
sharhlang. 
4. Avval Seton-Tompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» hikoyasi 
bilan tanishing. O‘qish asnosida sizga bilim beradigan o‘rinlarni, 
sizni muvozanatdan chiqarib, hayratga solgan lavhalarni alohida 
belgilab boring.
5. So‘ngra asardagi ayricha o‘rinlarni Blum taksonomiyasiga 
solishga urinib ko‘ring. Bu sun’iy faoliyat va u sizning ma’naviy 
tozarishingizga hech narsa bermaydi. Lekin, hamon uni bilish das-
turiy talab ekan, urinib ko‘ring.
6. Aslida «Yovvoyi yo‘rg‘a»ning yuqoridagi tahliliga diqqat 
qiling. Tahlilga yo‘naltiruvchi savol-topshiriqlarning tuzilishini 
kuzating. Ularga o‘zingiz javob berishga harakat qiling. 
7. Motivatsiyaga xos bo‘lgan tashqi, ichki, ijobiy, salbiy va 
qat’iy motivatsiya singari turlarining mazmun-mohiyatini adabiy 
ta’lim misolida sanab ko‘rsatilgan holatidan o‘rganing. So‘ngra 
ularni bir asar misolida kashf etishga urinib ko‘ring. 
8. «Tog‘ay Murod asarlarida inson timsoli» mavzusida uy in-
shosi yozing. Auditoriyada har biringizning ishingizni birgalikda 
muhokama qiling. 


223

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling