Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

topgandim, ammo yaxshi qol». Buni ruhi bezovta she’rxon o‘zi 
anglab oladi. 
Ko‘rinadiki, Qiz – katta jur’at egasi. Ayollar Allohning itoatkor, 
taqdir yetoviga bo‘ysunuvchan yaratig‘i, degan tasavvur mavjud. 
Haqiqatdan ham, ayollar tabiatan orqasida suyanchig‘i bo‘lishiga 
moyil xalq. Shoiraning qahramoni esa isyonkor. U taqdirga qarshi 
chiqa olgan, uzul-kesil qarorni qabul qilishga o‘zida kuch topa bil-
gan ayol. Bunga hamma ayol ham qodir emas. Qiz ertaga hayotida 
nimalar bo‘lishini, kelajakda uni qanday sinovlar kutayotganini 
bilmaydi, lekin muhabbatsiz yashashni, aybsiz bir odamni aldash-
ni istamaydi. Qolaversa, nega shunday qilayotganini asoslab ham 
o‘tirmaydi. Uning asosi she’rxonga butun matnni o‘qish davomida 
ayon bo‘ladi.
Bandning ikkinchi misrasida qahramon Jabrlanuvchiga hech 
qanday umid qoldirmaydi, u bilan abadiy xayrlashishini ma’lum 
qiladi: «Sen: «Yaxshi qol!» – degil, «Ko‘rishguncha»mas». Qizning 


240
241
qarori o‘tinch emas, hukm. Lekin bu hukm she’rda o‘ta yumshoqlik 
bilan bayon etilgan. Agar bu fikr «yaxshi qol» degin» yoki «yax-
shi qol» de» tarzida ifodalanganda edi, talab, buyruq ohangi yu-
zaga kelgan bo‘lardi. «Sen «yaxshi qol» degil» – ya’ni «n» tovushi 
o‘rniga «l» tovushining qo‘llanilishi ifodani ancha yumshatgan. 
Chunki Qiz ko‘ngil og‘rig‘ining hisob-kitobi borligini juda yaxshi 
biladi. Shuning uchun imkon qadar og‘riqni yumshatishga, ikkin-
chi bir qalbni ayashga harakat qilingan. 
Keyingi ikki misra shoira bilgichligining isbotidir: «Bul qu-
yosh hali ko‘p ol bo‘ladir, ol, Bul oy ham umrimga ko‘p qiladir 
qasd». Quyoshning «ol bo‘l»ishida Qiz uchun tabiatning jazosi 
bor. Ma’lumki, Quyosh o‘z nurlari bilan ba’zi yaratiqlarni yayra-
tib-yashnatsa, ba’zilarini qovjiratib-quritib yuboradi. Bu o‘rinda 
Qizning o‘z xatti-harakatini ikkinchisiga daxldor sanashi ko‘rinadi. 
Qolaversa, oy ham quyoshga sherik. U ham jafokor qizning um-
riga qasd qiladi. Qiz bu isyoni uchun yuqoridan jazolanishini bi-
ladi. Ma’lumki, dardkash inson kechalari bedor bo‘ladi. Bedorlik 
esa kishini o‘ylashga, o‘z xatti-harakatlarini taftish qilishga majbur 
qiladi. Bu taftish jarayonida Qiz xatolari uchun o‘zini o‘zi «yeb» 
boradi va bu, pushaymon va hijolatlik, o‘z-o‘zidan uning umrini 
egovlaydi – joniga qasd qiladi. Ushbu misralarni o‘qigan kishida 
qiz bu vaziyatda aqlining emas, ko‘nglining yetovida ish tutgani 
uchun tabiat ham uni jazolaydi, jabrlangan bir ko‘ngil uchun un-
dan o‘ch oladi, deganga o‘xshash tasavvur paydo bo‘ladi. Ayni 
zamonda, she’rxon inson hamisha ham aqlining yetovida yura 
olmasligi, ba’zan ko‘ngli g‘olib kelib, dil amri bilan ish ko‘rgani 
sabab jazolanishi haqida o‘yga toladi. Hayotda shunday vaziyatlar 
bo‘ladiki, ba’zan ko‘ngil tilaklarini bosishga inson aqlining kuchi 
yetmay qoladi. Odam aqlda ixtiyorli bo‘lsada, ko‘ngilda beixtiyor 
bo‘ladi. Ayni vaqtda, ko‘ngil yetovida yurgani bois ko‘p turtki 
yeydi, azob tortadi. Odam bu holni tushunolmaydi va adolatsiz-
lik sanaydi. Inson har qanday intilish visol bilan yakun topishini 
istaydi. Adabiyotshunos Q. Yo‘ldoshevning: «…har qanday ay-
riliq ham insonni uchrashuv tomon, visol sari yetaklaydi. Biz hayot 
va inson tuyg‘ularining inja aksi bo‘lmish she’riyatda ham tasvir 
nishabi, albatta, shu tomonga burilishiga ko‘nikkanmiz»
118
, – de-
118
Q. Yo‘ldoshev. Parda ortidagi nafis tuyg‘ular. «Xordiq» gazetasi, 2009-yil 11-
iyun.


241
gan fikri ham shundan dalolat. Lekin qarangki, visol hamisha ham, 
hammaga ham kutilgan natijani beravermas ekan. Har bir inson 
o‘zicha betakror yaratiq bo‘lgani kabi uning taqdiri ham qaytaril-
masdir. Hamma ham umumiy mezonlarga tushavermaydi. Tanlash 
esa o‘sha odamning xarakteri va ma’naviy olamiga bog‘liq bo‘ladi. 
She’rning qahramoni ham o‘z taqdir yo‘lini o‘zi tanlaydi. 
Bandning so‘nggi misrasida «bu» ko‘rsatish olmoshi «bul» 
shaklida qo‘llanilgan. Bittagina «l» tovushi qizning isyoni daraja-
sini bir qadar yumshatib, ikkinchi bir dilni og‘ritgani uchun o‘zi 
kechayotgan iztirobining balandligini ifodalagan. Misralardagi 
«bo‘ladir», «qiladir» so‘zlarida oxirgi «r»ning orttirilishi ham ifo-
dani ma’lum darajada yumshatgan, ham ikkinchi dilning iztirobini 
yengillatishga moyillik bordek tuyuladi. Jazo ko‘lamining kengli-
gini yaxshi anglab turgan isyonkorning xatti-harakati oshiqqa og‘ir 
botmasligi uchun shunday qilinganday tasavvur paydo bo‘ladi, 
o‘quvchida. She’rning bu misralaridagi ifoda «Bu quyosh hali ko‘p 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling