Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
solingan kishiday» azob tortib, talvasaga tushishi sabablari haqida
o‘ylab ko‘rishsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Nega shunday bo‘layotir? Shunda ular Sotiboldining holatini bir darajada his qilishlari mumkin. Sotiboldining qo‘shni kampirni chaqirishdan maqsadi nima edi? Uning qo‘lidan jo‘yaliroq bir ish kelmasligini Sotiboldi bilmasmidi? Bolalar kampirning xatti-harakatlari tasvirini kuzatishlari lozim. Uning bemorga, Sotiboldiga bergan maslahatlariga munosabat bildirilishi zarur. Kampirning boshqacha maslahat bera olmasligi, ayni vaqtda, maslahat bermay chiqib ketishi ham mumkin emasligini o‘quvchilar anglashlari kerak. Chunki u yaxshi odam, achinganidan yig‘laydi, qo‘lidan shundan boshqa hech narsa kelmaydi. Hayotdagi odamlarni tushunish badiiy asar qahramonlarini anglashdan kelib chiqadi. O‘quvchilar norasida go‘dakning chuchuk tili bilan aytilgan «Xudoyo, ayamdi daydiga davo beygin…» jumlasi asarda qanday 231 vazifani o‘tayotganligi xususida fikr yuritishlari lozim. Ular so‘zlar ne boisdan bola tilidan berilayotganligini, buning vositasida adib nimani ifodalayotganligini o‘ylab ko‘rishlari zarur. Buning uchun shu holat savolga aylantiriladi. Hikoyadagi qo‘shni kampir timsoli, qizchaning duosi muallifning o‘z hayotidan olingan kechmishlari ekanini, ular hikoyaning mohiyatiga mahorat bilan joylashtirilga- nini o‘quvchilar anglashlariga ko‘maklashish, aytib berish emas, aynan ko‘maklashish kerak bo‘ladi. Hikoyada: «Ko‘ngilga armon bo‘lmasin deb chilyosin ham qildirishga to‘g‘ri keldi» tarzida axborot ko‘rinishidagi ifoda bor. O‘quvchilar ko‘ngildagi armon haqida gapirganda kim nazarda tu- tilayoganligi, bu gap bemorgami, Sotiboldigami, qizchasigami te- gishli ekanligi haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishlari, shu o‘rinda o‘zbek ruhiyati namoyon bo‘lgan jihatlar haqida mulohaza qilishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bemorning tetiklangani qay darajada ishonchli, hayotiy chiqqanini o‘quvchilar ilg‘ay olishiga erishmoq zarur. Haqiqatdan chilyosindan so‘ng shunday bo‘ldimi yoki buning boshqa sababi bormi? Chilyosin marosimining ko‘p hollarda shu tarzda natija beri shi, dahriylik avj nuqtasiga yetgan zamonlarda bu haqda shu taxlit yozish jasorat ekanligi borasida ham o‘quvchilarga tushuncha berish ortiqchalik qilmaydi. Kasal onaning eridan qizchasini saharlari uyg‘otmasligini so‘rashga undagan sabab nima ekanligini aniqlash ham o‘quvchilarning e’tiboridan chetda qolmasligi kerak. Bemorning o‘limi tasvirlangan so‘nggi xatboshi va o‘limdan bexabar qizchaning duosi bolalar ko‘nglida qanday tuyg‘ular uyg‘otganligi haqida fikrlashish, hikoyadagi har bir tasviriy ifodaga munosabat bildirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hikoya qahramonlarining xatti-harakatlari tasviridan kelib chiqib: «Sotiboldi tabiatan qanday odam? Abdug‘aniboy yomon odammi? Kampirning mushtday go‘dakni saharlari uyg‘otishni maslahat berganiga qanday qaraysiz?» singari har bir perso- najning shaxsiyatiga xos sifatlar, xarakteriga mos xususiyatlar va ularning asarda qay yo‘sin ifoda etilganligi haqida o‘quvchilarni o‘ylatadigan, munosabat bildirishga majbur etadigan savollar qo‘yish lozim. Hikoya tahlili so‘ngida badiiy asar tili haqida nazariy ma’lumot berish ham ko‘zda tutilgan. Asar boshdan-oxir til mahoratini 232 233 ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lganligi uchun ham ilmiy-nazariy xulosalar «Bemor» hikoyasi misolida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Unda kampir nutqining Sotiboldinikidan, qizcha nut- qining Abdug‘aniboynikidan, boy tilining gadoy nutqidan tamo- mila farq qilishi natijasida hikoyaning o‘qishliligi ortgani xususida o‘quvchilar bilan fikrlashish zarur bo‘ladi. Til ruhiyat ko‘zgusi ekanligi, odamga xos juda ko‘p yashirin jihatlar aynan tilda yorqin namoyon bo‘lishi misollar asosida isbotlab berilsa, foydali bo‘ladi. Hikoya tahlilidan so‘ng uy vazifasi sifatida asarni davom et- tirish vazifasini topshirish mumkin. Asar qahramonlari keyingi hayotini o‘quvchilar o‘zlaricha tasavvur qilishlari, qarashlarini qog‘ozga tushirishlari ularning fikr kishisi bo‘lib shakllanishlariga ko‘maklashadi. Xullas, epik asar tahlilida obrazlar tasviri, voqealar rivoji, tili, unda ko‘tarilgan yetakchi g‘oyalarga e’tibor qaratiladi. Matn maz- munidan badiiy hayotiy xulosalar chiqariladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling