Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
chug‘urlashib qolishdi. Chiqdim... ...hammadan ko‘ra ko‘proq
shovqin solib, yelib-yugurgan bola mening oldimga keldi, menga boshdan-oyoq razm soldi-yu, birdan: – Kelgindi! – deb urgani qo‘l ko‘tardi. – O‘zing kelgindisan! – dedim ehtiyotdan orqaga chekinib. Bola bir irg‘ib mening kallamga qo‘yib yubordi. Men javob qilolmadim – qarasam, boshqa bolalar ham urmoqchi bo‘lib, ilon- ni ko‘rgan chumchuqday atrofimda chug‘urlashib turishibdi. Shu payt bizni kuzatib turgan kichkina salla, uzun malla to‘nli bir chol: – Qo‘yinglar, bolalar, tegmanglar, kelgindi bo‘lsa, o‘zi bo‘libdimi, xudo qilgan, – dedi. Bolalar darrov tarqalishdi. «Kelgindi, kelgindi it» degan gap- larni Olim buvadan eshitganimda buning haqoratdan tashqari yana odam hazar qiladigan ma’nosi ham borligini bilmagan ekan- man, cholning bu gapi boshimdan kirib, tovonimdan chiqib ketdi. ...Shundan keyin ko‘chadan, bolalardan ham, odamlardan ham ko‘nglim qoldi... Men endi «indamas» degan ta’nadan qutulish uchun odam- dan, hatto, ayamdan ham mumkin qadar qochadigan bo‘lib qoldim. Ayam ko‘p yig‘lab bezor qilganidan keyin dadam meni Ucharmaxsumga eltib o‘qitdi. Maxsum menga xo‘p dam solgandan keyin tupugidan yalatdi. Shundan keyin men yana ham indamas bo‘lib qoldim, bir so‘z aytmoqchi bo‘lsam, undan keyin nima de- yishimni o‘ylab, bor so‘zni ham unutar edim...» tarzidagi bolalik xotiralari yozuvchi bilan o‘quvchini bir-biriga yaqinlashtiradi. Asari o‘rganilayotgan ulug‘ bir adibning qachonlardir o‘zlariga o‘xshagan bola bo‘lganini his qilish o‘quvchilarni ziyrak torttiradi. Orada iliqlik paydo qiladi. Shundan so‘ng asar ustida ish boshlash mumkin. Hikoyani o‘qituvchi uzog‘i bidan 4 – 5 daqiqada o‘qib bera- di. Darslikda mualliflarning o‘quvchilar fikrini qolipga soladigan, 226 227 ularning hammasini bir xil mulohaza yuritishga undaydigan asar haqidagi talqini mavjud. O‘qituvchi bu talqinga to‘xtalmagani, hat- to, uni bolalarga o‘qishga bermagani ma’qul. Asarni o‘quvchilar bilan birga tahlil qilib bo‘lingandan so‘ng ular o‘z xulosa va qa- rashlarini darslik mualliflariniki bilan taqqoslab ko‘rishlari mum- kin. O‘qituvchi bu ham ularga o‘xshagan bir kitobxonning fikri ekani, bu talqin bolalar qarashlari va xulosalarini yo‘qqa chiqarish uchun asos bo‘lolmasligi, hamma o‘z fikrida qolishi mumkinligi- ni ta’kidlashni unutmagani ma’qul. Hikoya tahlilini boshlashdan oldin asardagi tushunilishi qiyinroq bo‘lgan so‘zlar (Sim, Devonai Bahouddin, G‘avsula’zam, izvosh, oq podsho) darstaxtaga yozilib, izohlanadi: «Sim – Farg‘ona shahrining eski nomi; devonai Ba- houddin – Muhammad ibn Muhammad Bahouddin an-Naqshband al- Buxoriy (xalq orasida xo‘ja Bahouddin balogardon nomi bilan mashhur) – mashhur avliyo.U Muhammad s.a.v. avlodlariga man- sub sayyidzodalardan; G‘avsula’zam – pir; izvosh – ot qo‘shilgan arava; oq podsho – o‘sha davrdagi Rossiyaning podshosi». So‘ng o‘quvchilar bilan birgalikda, o‘qituvchi o‘zi uyda tu- zib kelgan hamda darslikda berilgan savol-topshiriqlar yordamida asar tahliliga o‘tiladi. Eng avvalo, badiiy asarning nomiga diqqat qaratiladi. Uning matn mazmuniga qay darajada mosligi haqida o‘quvchilar fikri so‘raladi, mulohazalari eshitiladi. Asar mazmu- nidan kelib chiqib, hikoyaga boshqacha nom berishni so‘rash ham mumkin. O‘quvchilar faqat sarlavha taklif qilib qolmay, asarga nima uchun shunday nom berayotganini asoslashni so‘rash kerak bo‘ladi. Ular topgan sarlavhalarga o‘rtoqlari tomonidan munosa- bat bildirilsa, yana-da yaxshi bo‘ladi. So‘ng epigrafga nazar tash- lanadi. «Osmon yiroq, yer qattiq» maqolining mazmuni va uning hikoyaga daxldorlik darajasi so‘raladi. Bundan tashqari, hikoya matnidagi: «...yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi» maqoliga ham e’tibor qaratilib, o‘quvchilar uni qanday tushungani, asar matniga nima maqsadda kiritilgani, ayni shu maqol bo‘lmasa hikoya nima yutqizadi-yu, kiritilganda nima yutgani so‘raladi. Inson hayotida quvonchli va qayg‘uli kunlar mavjud. Ba’zan odam shodlikdan dunyoga sig‘may ketsa, ba’zida qayg‘u- g‘amning zo‘ridan dunyo unga tor bo‘lib ketadi. Issiq jon isitma- siz bo‘lmaganidan, odam turli darajadagi kasalliklarga yo‘liqishi mumkin. Yana shunday holatlar bo‘ladiki, moddiy tanglik, qo‘li 227 kaltalik ham insonni nochor ahvolga solib qo‘yadi. Bunday ho- latdan chiqish uchun ba’zan inson yo‘l topolmay qoladi. «Osmon yiroq, yer qattiq» maqoli xalq tomonidan shunday vaziyatga tushib qolgan kishilarning holatini ifodalashga xizmat qiladi. O‘quvchilar shuni anglagan holda o‘z fikrlarini aytishlari mumkin. Asar matni- dagi «Yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichga uziladi» maqoli esa uning maz- muniga sezilmaydigan darajada yedirib yuborilgan. Bu to‘rttagina so‘zdan iborat maqol sahifa-sahifa bayonning vazifasini uddalab, bir dunyo jumlalar ishini umumlashtirib bajarganini o‘quvchilar bilan birgalikda ishlab ularga yetkazish zarur. Tahlil jarayonida tarbiyalanuvchilarning diqqati asar matni- dagi ixcham jumlalarga qaratiladi. Bu jumlalar tashigan botiniy ma’nolar xususida fikr yuritishga harakat qilinadi. Yozuvchi qisqa jumlalarda g‘oyat lo‘nda va ixcham tarzda ifodalagan fikrni savol- larga javob berayotgan yoki fikr bildirayotgan o‘quvchilar nechta gap bilan bayon etishlariga o‘qituvchi diqqat qilishi, bunga sinfda- gi boshqa bolalarning ham e’tiborini tortishi hamda adibning so‘z qo‘llash mahoratini birgalikda tadqiq etishlari zarur. Hikoya matni- ga tayangan holda tahlil etilgani, asarga berkitilgan hayotiy, badiiy haqiqatlarni bolalar o‘zlari kashf etganlari ma’qul. O‘quvchilar e’tibori, avvalo, xotini og‘rib qolganda Sotiboldi ko‘rgan birinchi tadbirga qaratiladi. Mazkur holat hikoyada shun- day ifodalangan: «Sotiboldi kasalni o‘qitdi – bo‘lmadi, tabibga Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling