Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
ol bo‘ladi, ol, Bu oy ham umrimga ko‘p qiladi qasd»dan ko‘ra an-
cha yumshoq ekanligi ham ko‘rinib turibdi. She’rning ikkinchi bandida g‘amga botgan «aybdor» o‘z yog‘iga o‘zi qovurilayotgani tasvirlangan: Sen sherik bo‘lmaysan endi g‘amimga, Darvoqe, hech qachon sherik qilmadim. Xayr endi, ma’zur tut ortiq-kamimga, Men seni Layliday seva olmadim. Qiz dard-iztiroblarini hech kim bilan bo‘lisholmaydi, jabrdiyda yigit bilan-ku, inchunun. Chunki u bilan avvallari ham hech narsani o‘rtoqlashmagan, na g‘amiga, na shodligiga uni sherik qila olgan. Boisi, ular aslida boshqa-boshqa dunyoning odamlari. Qiz yigitni kamsitmaydi, lekin yigit uni hech qachon tushunolmasligini ham yaxshi biladi. U oshig‘idan yozg‘irmaydi ham. Bu yigitning ham aybi emas. Balki mana shu haqiqat qizning dardini yengillashtirar?! Vijdoni oldida o‘zini oqlashga asos bo‘lar?! Bularning hammasini anglab yetgan, faqat kechroq tushungan qiz oshig‘iga bor vaziyatni tushuntirishga harakat qilarkan, hamma-hammasi uchun uni kechirishini so‘raydi: «…ma’zur tut ortiq-kamimga». 242 243 Yigitning aslida kimligiga aqli yetib turgan qiz qanday qilib oshig‘ini Laylidek seva olsin? Laylidek sevish – oshiq uchun o‘zlikdan kechish-ku! She’rda oshiq va uning tabiati haqida hech narsa deyilmagan. Lekin qizning nazarida u Laylidek sevishga mu- nosib emas, tuyg‘ulari jo‘sh urgan, orzular qanotida uchib yurgan qiz istagan odam emas. Shundan kelib chiqib, yigitning kimligini taxmin qilish mumkin. Agar u tuyg‘ular kishisi bo‘lganida shoi- raning qahramoni: uni «Layliday sev»ib qolishi tabiiy ham edi va «Layliday seva olma»gani uchun hijolat chekishga o‘rin qolmasdi. Qolaversa, sevish yoki sevmaslik insonning ixtiyorida emas. Se- vish – ko‘ngilning ishi. Uni odam aqli bilan boshqarolmaydi. Agar muhabbat ishiga aql aralashsa, u muhabbat emas, hisob-kitobga aylanadi. Demakki, bu tuyg‘u rost bo‘lmaydi. She’rning qahra- moni – Qiz esa yolg‘onlarga qodir emas. O‘zini ham, o‘zgani ham aldagisi yo‘q. Shuning uchun mardonavor kechishga o‘zida kuch topa olgan. U – boshqacha yashashga buyurilgan odam. Shu bois oshig‘idan chinakamiga rozi-rizolik tilamoqda, abadul-abad vido- lashmoqda: «Xayr endi…». She’rning uchinchi bandida asar qahramonining yigitga achi- nayotgani ham yaqqol seziladi: O‘rtanma bul xato mushkullaridan, Yo Rabbiy, lahzada bor orzular puch. Men ham qaydan bilay ishq yo‘llarida – Majnun emas, Senga kelarimni duch… Har ikkovi tushib qolgan holat xatoning oqibati. Bu xato- da, balki har ikki tarafning ham aybi bordir. Balki, ikkalasi ham bir-birini sevmas. Faqat taqdirlarida shu ko‘rgilik borligi uchun yo‘liqishgandir. Yo‘l qo‘yilgan bir xato sabab kishining boshiga olam-olam tashvishlar yog‘ilishi mumkin. Oshiq ham fikr kishisi ekanini qiz biladi. Shuning uchun undan qiynalmaslikni o‘tinadi. O‘rtanmaslikning, albatta, iloji yo‘q. Ma’nan sog‘lom odam taqdiridagi, hayotidagi muammolardan, ayniqsa, bu kabi nomu- tanosiblikdan, o‘ylamay bosib qo‘yilgan qadamlardan qiynalmas- ligi mumkin emas, albatta. «Yo Rabbiy, lahzada bor orzular puch» misrasi ushbu vaziyatdan qiz larzaga tushayotganini ko‘rsatadi. Bu misradagi «lahza» so‘zida «ammo yaxshi qol» degan vidola shuv 243 iborasining aytilgunigacha bo‘lgan oraliq nazarda tutilgan. Bu so‘zni aytish qizning o‘zini ham qo‘rqitib yuborgan. Lekin aytilgan gap, otilgan o‘q – hammasi tamom bo‘ldi. Bandning so‘nggi ikki misrasida she’r qahramonining armon- lari ham o‘z aksini topgan. U «ishq yo‘llarida» o‘z Majnuniga duch kelishni istagan, Laylidek sevilishni, sevishni orzu qilgandi. Taqdirlarida bunday burilish bo‘lgani uchun, albatta qiz aybdor emas, lekin insofli bir odam sifatida u o‘zini gunohkor his qilyapti. «Men ham qaydan bilay ishq yo‘llarida – Majnun emas, Senga ke- larimni duch…». Bu Qizga bir umrlik armon bo‘lishi ham mumkin. Kim biladi, endi umrining qolgan qismida u o‘z Majnunini balki topar, balki topmas. Balki shu baxtdiru, qahramonimiz buning qad- riga yetmay, uning baxt ekanligini bilmay kiyasiga qolar?! Buni kelajak ko‘rsatadi. Inson oldida nimalar borligini, hayotda uni ni- malar kutib turganini bilmaydi. Islomiy qarash bo‘yicha, tikon ham insonga Allohning amri bilan kirarkan. Demak, hammasi Yaratgan tomonidan nazoratda. Fazilatlar uchun rag‘bat, gunohlar uchun jazo tayin. She’r qahra- monlarining boshiga tushgan bu ko‘rguliklar ham ularning taqdirida bo‘lgan. Ulug‘bek Hamdam: «Nimasini aytay, qodir egam insonga bir ko‘chadan o‘tishni taqdir qilgan esa, qarshisida son-sanoqsiz boshqa ko‘chalarning darvozalari lang ochiq va u ming urinib shulardan biriga kirmoqchi bo‘lsa-da, niyatiga yetmas ekan» 119 , – deganida haq edi. Qiz ham, uning sevgisiga sazovor bo‘lolmagan yigit ham kelajakda nimalarga mustahiq ekanliklarini boshlariga tushganda ko‘radilar. Bilib-bilmay taqdirlari sari boradilar. Xullas, shoira Halima Xudoyberdiyeva bu she’rida o‘z fik- ri va qarashiga ega bo‘lgan ko‘ngil kishisining chin tuyg‘ularini uning o‘zidek his qilgan hamda samimiy ifodalay bilgan. Bunga o‘quvchisini ham ishontira olgan. 119 Ulug‘bek Hamdam. Sabo va Samandar. Roman. – T.: Muharrir, 2009. 73-b. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling