Niderlandiya qishloq


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
Sana28.12.2022
Hajmi1.33 Mb.
#1010848
Bog'liq
ilgor xorijiy qishloq xojaligi



Niderlandiya qishloq
xo’jaligi
www.arxiv.uz


Qishloq xo’jaligi ko’p miqdorda tovar mahsulot 
ishlab chiqarib, mamlakat eksport 
qiymatining 1/4 qismiga teng. Qishloq 
xo’jaligida foydalanishga yaroqli yerlar (2,2 
mln. ga)ning 60 % o’tloq, 35 % haydaladi, 3 % 
bog’, poliz va gulchilik xo’jaliklari. 
Niderlandlar — chetga eng ko’p sut 
mahsulotlari, tuxum, parranda go’shti, go’sht 
konservalari, cho’chqa go’shti chiqaruvchi 
mamlakatlardan. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari 
qiymatining 2/3 qismiga yaqinini chorvachilik 
va parrandachilik beradi. Bog’dorchilik, 
sabzavotchilik va gulchilik dehqonchilikdan 
olinadigan mahsulot qiymatining 60 % ni 
beradi. Niderlandlar — issiqxonalarda 
yetishtirilgan sabzavot, meva va uzumni 
eksport qilishda dunyoda 1-o’rinda. 
Niderlandlar ko’p miqdorda kartoshka eksport 
qiladi. Bundan tashqari, qand lavlagi, donli 
ekinlardan bug’doy, arpa, suli ekiladi. Yiliga 2 
mlrd. donadan ko’proq lola piyozi yetishtiriladi. 
Baliq ovlanadi
www.arxiv.uz


.
Niderlandiya bugungi kunda dunyoning deyarli barcha mamlakatlariga amalga
oshiradigan gullar eksporti bilan mashhur. Shularning ichida Golland lolasi alohida
o‘ringa ega. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, aslida lolalar Niderlandiyaga 16 asrda
Turkidagi Avstriyaning elchisi
Oxir Gilen de Buzbek
nomi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rish
mumkin. U Konstantinopoldan Venaga bir necha lola piyozchasini olib keladi va ularni
Ferdinand I saroyining bog‘iga ekishadi. Lolalar fransuz botanigi Sharl de Leklyuza
kuzatuvida gullashadi. Tez orada maftunkor gullarning ta’rifi tez orada boshqa
davlatlarga ham tarqalad
i
www.arxiv.uz


Bugungi kunda lolalar asosan Niderlandiyaning shimoliy-
sharqiy qismida o‘stiriladi. Dunyodagi eng katta gullar auksioni
«FloraXolland» esa Amsterdamdan 30 daqiqa uzoqlikda
joylashgan. Niderlandiyada lolalar mavsumi mart oyining
oxiridan mayning boshlarigacha davom etadi. Birgina
Kyokenxofda har yili mazkur gulning 7 mln. dona
piyozboshchasi ekiladi. Loladan tashqari Niderlandiyada
yetishtiriladigan nargis, liliya, giasint, gladioluslarning ham
bozori chaqqon. Ular egallab turgan maydon 16,4 ming
gektarga teng. Issiqxonalarda esa (5,2 ga.) xrizantema, 
atirgullar, freziya, chinnigullar yetishtiriladi. Gullarning
eksporti mamlakatdagi 16 ta ulgurji gullar auksionlaridan
sotiladi. Ayni paytda Niderlandiya gullarning dunyo bo‘ylab
eksportidan 65%ni qamrab olgan. Bu o‘z navbatida mamlakat
iqtisodiyotiga salmoqli ulush bo‘lib qo‘shilmoqda.
www.arxiv.uz


Kartoshka va qand lavlagi
yetakchi
Gollandiyaliklar bir sotixdan 700 
kg.gacha kartoshkadan hosil yig‘ib
olishadi. Buning sababi a’lo sifatli
urug‘li kartoshkadir. Uni Niderlandiya
dunyoning 70 ta mamlakatiga eksport
qiladi. Urug‘ yetishtirish bo‘yicha 100 
nafardan ziyod olimlar tadqiqot
ishlarini olib borishadi. Iliq iqlim, 
hosildor tuproq, suvning serobligi va
albatta daqiqasi belgilab beriladigan
o‘g‘itlar kartoshkadan yuqori hosil
olish uchun qulay zamin tayyorlaydi. 
Sabzavotni kasallikdan saqlash uchun
uni asosan dengiz qirg‘og‘i bo‘yida
yetishtirishadi. Doimiy ravishda
dengizdan esadigan shamol va
amalga oshiriladigan kompleks chora-
tadbirlar fermerlar cho‘ntagini
qappaytiradi. 
www.arxiv.uz


Qand lavlagi yetishtirish kartoshkadan keyin ikkinchi o‘rinda
turadi. Bundan tashqari bu yerda yetishtiriladigan bryussel
karami, bodring va pomidorlar, piyoz ham o‘z xaridoriga
ega. Bo‘g‘doy, kanakunjut, raps va sikoriy ham yetakchi
o‘rinlarni egallab kelmoqda. Suli va mkakkajo‘xori asosan
mollarga ozuqa sifatida ekiladi. Niderlandiyada fermerchilik
asosini asosan oilaviy fermer xo‘jaliklari tashkil etilishini
inobatga olsak, bugunga kelib ularning har biri kimyoviy
o‘g‘itlarsiz mahsulot yetishtirishga harakat qilishmoqda. 
Zero, bozorda bunday mahsulotning narxi ancha yuqoridir. Har
bir fermer xo‘jaligi avtomatlashtirilgan tizimga ega bo‘lib, 
kompyuterlashtirilgandir. Fermerlar seleksiya ishlariga asosiy
e’tiborini qaratadilar. Mamlakatda ochilgan ko‘plab qishloq
xo‘jalik maktablarida har bir bu sohaga qiziqqan odam zarur
bilimlarga ega bo‘lishi mumkin.
www.arxiv.uz


Sabzavotlar Yevropa bozorlarida o‘z xaridoriga ega. Zero, so‘nggi yillarda fermerlar 
sabzavot zarakunandalariga qarshi tabiiy, biologik vositalar bilan kurashishmoqda. 
Shuningdek, bu yerda yetishtiriladigan olma, nok, olcha, olxo‘ri, malina, 
smorodina, issiqxonalarda esa shaftoli, uzumlarning sifati O‘rtaer dengizmi bo‘ylaridagi 
mamlakatlardan keltiradigan mevalarga ko‘ra ham arzon, ham sifatli, ham kimyoviy 
ishlovlardan xolidir.
www.arxiv.uz


Golland sigirlari 5 qit’ada mashhur
Sigirlarning golland zoti kelib chiqishi jihatidan eng qadimgi va eng sersut bo‘lib, bugungi 
kunda ularni 5 ta qit’aning 33 ta mamlakatida ko‘paytirishadi. Niderlandiyada uning uchta zoti: 
golshtino-friz, qizil-qora va groningenlar eng ko‘p uchraydi. Sigirlarning tirik vazni odatda 550—
580 kg, maksimal 800 kg, buqalarniki maksimal — 1200 kg.gacha yetadi. Sigirlar 9000 kg.gacha
sut berib, uning yog‘liligi 3,8-4,01%, oqsillar - 3,32-3,55% dir. Ushbu sigirlar tez yetilib, turli xil
iqlimga osongina moslashadi. Shu bois so‘nggi yillarda O‘zbekiston fermerlari mazkur sigir zotini
yurtimizga keltirib, sut va go‘sht ishlab chiqarish borasida salmoqli muvaffaqiyatlarga
erishmoqdalar.
www.arxiv.uz


Sutning aksariyat qismi
qayta ishlanib, asosan
quruq va quyultirilgan
holatda sotuvga
chiqariladi. Go‘sht
yetishtirishda
cho‘chqachilik (13,1 mln. 
bosh) va parrandachilik
(106 mln. dona jo‘ja
yetakchi o‘rinlarni egallab, 
qo‘ychilik (1,3 mln. bosh) 
ham so‘nggi yillarda tezlik
bilan rivojlanmoqda.
www.arxiv.uz


Baliqchilik–qo‘shimcha daromad
Baliqchilik nafaqat qirg‘oqbo‘yi hududlarda, balki mamlakat ichkarisida ham rivojlanib, ichki suv
havzalarida baliqlarning 10 dan ortiq turi va molyuskalar yetishtiriladi. Shimoliy dengizda esa baliq kater
va muzxonaga ega traulerdan iborat zamonaviy flot yordamida tutiladi. Bular kambala, treska, merlana, 
seld, krevetklar, skumbriya, xorsmakrellar bo‘lib, ularning ichida kambala alohida o‘rin tutadi. Mazkur
baliqqa nisbatan talab kattaligi uni nafaqat dengizda tutishga, balki ichki havzalarda ham yetishtirshga
undamoqda. Har yili Yevropa Qumitasi mutaxassis biologlarning baliq zahirasi xususidagi tavsiyalaridan
kelib chiqqan holda Yevropa Ittifoqining har bir a’zosi uchun har yili baliq tutish kvotasi belgilaydi. Qoidani
buzgan mamlakat javobgarlikka tortiladi.
www.arxiv.uz


Niderlandiya — yuqori darajada rivojlangan industrial agrar 
mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 24,4 %, qishloq 
xo’jaligi ulushi 4,3 %. Niderlandlar muhim dengiz va quruqlikdagi 
transport yo’llari kesishgan yerda joylashgan.
www.arxiv.uz


Bugungi kunda Niderlandiya qishloq xo‘jaligi intensiv ravishda rivojlanmoqda va 2013 
yilda qishloq xo‘jaligi sohasida yetishtirilgan mahsulotlar mamlakat iqtisodiyotiga 20 
mlrd. yevro daromad keltirdi. Agrar eksport tizimida sabzavotlar, mevalar va gullar (15 
mlrd. yevro), hamda chorva mahsulotlari (5 mlrd.evro) yetakchilik qilib kelmoqda. 
Qishloq xo‘jaligiga maqbul yerlar davlatning barcha hududidan 65 foizni tashkil etadi. 
Shundan 27 foizi haydaladigan, 32 foizi yaylovlar va 9 foizi o‘rmonlardir. Ammo yildan
yilga yaylovlar soni qisqarib, birgina o‘tgan yillar maydonida aholi uchun yangi uylar
qurishga yaylovlardan 8,2 foizi olingan. Yildan yilga hosildorlikni oshirish uchun
fermerlar har bir qarich yerga eng zamonaviy texnologiyalardan foydalangan, ilmiy
asoslangan holda ishlov beriladi. Masalan, har bir gektar yerga beriladigan tabiiy va
mineral o‘g‘itlarning hajmi boshqa davlatlarga nisbatan ancha yuqori bo‘lib, 
Niderlandiya bu borada dunyoda birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.
www.arxiv.uz

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling