Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

qo‘ylarga qarab «ko‘p tug‘» deydi, bir qarasang, o‘zbekka 
qarab «kam tug‘» deydi...», – degan gapi zamiridagi tagma’noga 
o‘quvchilarning diqqati qaratiladi. Bu gap, asli, yuqoridagi «jid-


251
diylik»ning bir ko‘rinishi sifatida keltirilgan. Endi uning mo-
hiyatiga kiriladi. Nega qo‘y bilan o‘zbek timsollari yonma-yon 
keltirilayotganligini tushuntirishga uriniladi. Gap shundaki, so-
vetlar zamonida mamlakatimiz paxta, ipak, qorako‘l va hk. 
qimmatbaho xom ashyolarni yetishtirib beradigan respublika deb 
qaralgan. Bu mahsulotlar uchun juda-juda kam haq to‘langan. 
Shuning uchun na dehqonning, na chorvadorning, na pillakorning 
kosasi oqarmagan. Lekin hech kim xuddi Qo‘chqorga o‘xshab hech 
qachon hayotidan nolimagan, boriga shukur qilib yashayvergan. 
Chunki, xalq qishlog‘idan chiqmasa, boshqalar qanday yashayot-
ganini bilmasa, atrofidagi hamqishloqlarining bir-biridan deyarli 
farqi bo‘lmasa odamzodning nima deb e’tiroz bildirishga ham aqli 
yetmaydi-da. Shunday bo‘lgach qo‘ydan farqi bo‘ladimi, odam-
ning. Masalan, hozir Afrikada yoki Junglida yashayotgan odamlar 
ham xuddi shunday… 
Olimjonning robotni maqtab: «U faqat ishlaydi! Ishlayveradi, 
ishlayveradi, ishlayveradi!» degani bilan Qo‘chqorning: «Biz ham 
ishlayveramiz...», degani zamiridagi haqiqatni anglashga urinib 
ko‘ring» topshirig‘i berilganda o‘quvchilar o‘ylashi mumkin: 
to‘g‘ri, hamma jamiyatda, hamma zamonda, hamma odam ham 
ishlaydi. Odam mehnat qilmasa, turmush tarzi yaxshilanmaydi. 
Hayotda mehnat qilmay hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Barcha 
muvaffaqiyatlarning garovi halol mehnatdir. Lekin gap shundaki, 
robotning ishlayverishi bilan odamning ishlayverishi orasida farq 
bor. Odam Allohning eng aziz yaratig‘i sifatida mehnatiga yara-
sha yashashi, madaniy dam olishi, o‘qib o‘rganishi, dunyo ko‘rishi 
kerak. Farzandlar tarbiyalashi kerak. Buning uchun unga bilim, 
keng dunyoqarash, baland saviya kerak bo‘ladi. Ma’naviy kamo-
lot sari intilish ehtiyoji bo‘lmog‘i muhimdir. U jamiyatni tebrata-
digan kuch. Mehnat insonni ezishi mumkin emas. Yana muhim bir 
jihat shundaki, odam mehnatidan zavq ola bilishi zarur. Shunday 
asoslarga qurilgan mehnatgina odamni mukammallashtiradi. Aks 
holdagi mehnat odamni qullikka mahkum etadi. O‘quvchilarning 
tafakkur yo‘nalishi mana shularga qaratilsa, ta’lim jarayonidan ku-
tilgan samaraga erishish mumkin.
Qo‘chqor tilidan aytilgan: «… Doim shu, bizga o‘xshagan 
odam gapirsa, yo hech kim eshitmaydi, yo eshitadigani temir 
chiqadi...» tarzidagi noroziligi qanday ijtimoiy ma’noga ega deb 


252
253
bilasiz?» tarzidagi savol ustida o‘ylash bilan o‘quvchilar drama-
turg nimalarni nazarda tutgani haqida izlanadilar. Mazkur asarda 
sovetlar zamonidagi oddiy mehnatkash xalqning holati aks et-
tirilgan va Qo‘chqorning gapida jon bor. Jamiyatning eng quyi 
pog‘onasi bo‘lgan paxtakor yoki chorvador xalqning turmush tarzi, 
xohish-intilishlari bilan hech kim qiziqmagan. Ularga xom ashyo 
yetkazib beradigan ishchi kuchi deb qaralgan xolos. Dramaturg 
Qo‘chqorning tilidan mana shu haqiqatni anglatishga harakat qil-
gan. 
O‘quvchilar komediyadagi Alomat obraziga o‘z munosabat-
larini bildirsinlar. Dramaturg qishloqdagi haqiqiy holatni, qishloq 
ayollarining turmush tarzini aks ettirishda «temir xotin» obra-
zidan qanday foydalangani haqida mulohaza yuritsinlar. Shu as-
noda Alomat bilan Qumri o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlarga 
o‘quvchilarning diqqati qaratiladi. Qo‘chqorning: «Qumri bilan 
desangiz, jim o‘tirib ham gaplashaverardik. Ichimizda», degan 
gap lari bu holni izohlashga asos bo‘ladi. Inson insonni, ayniqsa o‘n 
olti yil birga yashagan yostiqdoshini tuyishi tabiiy hol. Chunki qan-
day yashashidan qat’i nazar, insonda ko‘ngil bor, mehr, muhabbat 
singari tuyg‘ulari bor. Ularni bir-birlari bilan bog‘lab turadigan bir 
olam ismli-ismsiz hislar bor. Qo‘chqorning Alomat bilan «chiqi-
shib» ketolmayotganining boisi ham shundandir. O‘quvchilar 
o‘ylab ko‘rishsin, o‘z haqiqatlarini o‘rtoqlashishsin. 
Qo‘chqorning: «Qumrining qo‘llari qadoq bosib, yorilib 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling