Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

tug‘» deydi, bir qarasang, o‘zbekka qarab «kam tug‘» deydi...» 
iborasiga diqqat qaratsalar, o‘sha davr hukumatining odamlar tur-
mush tarzini ko‘tarish, hayotini yaxshilash o‘rniga muhim deb 
bilgan narsalarga, odam atalmish hilqat qadr-qimmatining paxta
hatto qo‘ydan ham past baholanganiga, juda tasavvur qilolmasa-
lar ham, aqllari yetadi va hk. Bundan tashqari, Olimjonning Alo-
matning halokati munosabati bilan aytilgan quyidagi iztirobli 
e’tirofiga ham o‘quvchilarning diqqati qaratiladi: «Ekspluatatsiya! 
Ertalabdan kechgacha tindirmadingiz-a! Bir minut dam olgani 
yo‘q, bechora! Yuv, tozala, tik, yama, supur! Bir chaqirim nari-
dan suv olib kelib, kir yuvadi! Manavi tezak yoqiladigan la’nati 
o‘chog‘ingizda ovqat qiladi! Yeb to‘ymaydigan ochofat mollarin-
giz bor: ertalabdan kechgacha o‘t ber, suv ber, yem ber! Xamir qo-
radi, sigir sog‘adi, kuvi pishadi! E, bu uyingizning ishi tugaydimi
o‘zi! Bundan tashqari, dalaga chiqadi! Ming chanoqqa ming 
egilib, paxta teradi! Qirq-ellik kilo narsani ko‘tarib, xirmonga olib 
boradi! Shunaqayam qiynaydimi, Qo‘chqor aka?! Bu do‘zax azob-
lariga qanday dosh bersin, qanday chidasin?! (Mehr bilan.) Axir 
u temir-ku, Qo‘chqor aka, temir. Uni ehtiyot qilish kerak, avaylash 
kerak. U o‘zini o‘ylamaydi, «qiynalib ketdim» deydigan tili yo‘q. 
Indamas ekan, deb eshakday ishlataveradimi axir! «Paq» etib joni 
chiqib ketguncha ezaverish kerakmi?! Yo‘q, yuragi tosh odamsiz
Qo‘chqor aka!»dan ular qishloq ayolining turmush tarzini ma’lum 
darajada tasavvur qiladilar. Muallif ko‘targan masalaning mohi-
yatiga kiradilar. Ayniqsa, qishloq bolalari kundalik hayotida ko‘rib 
yurgani va shunday bo‘lishi kerakdek qabul qilgani bu ishlarning 
yukini ma’lum darajada his etadilar.
Oddiygina qilib aytilgan «Jiddiy gap» zamirida qancha yuk 
borligi ma’lum bo‘lgandan keyin tahlil yo‘sini xatti-harakati va 
gap-so‘zlaridan o‘ta sodda, topqir, gapga chechan, hazil kash, 
maqtanchoq va boshqa jihatlari bilan qishloq ahlining vakili si-


250
251
fatida tasvirlangan Qo‘chqor timsoliga qaratiladi. Qo‘chqorning 
nima uchun ichib kelgani o‘quvchilarga asar matni bilan tanishish 
asnosida ma’lum darajada ayon bo‘lgan. Dastlab birgalikda mana 
shu holat muhokamaga tortilgani tuzuk. Spirtli ichimlik ichib mast 
bo‘lish Qo‘chqorga nima beradi? Qo‘chqorning o‘z hayotidan 
noroziligini qaysi sahnalarda ko‘rish mumkin? Bu kabi savollar har 
qanday o‘qirmanni matn mohiyatiga qayta-qayta murojaat qilishga 
undaydi. Ko‘rinadiki, Qo‘chqor ertayu kech tinim bilmay ishlay-
di, lekin biri ikki bo‘lmaydi. Chunki u eng kam haq to‘lanadigan 
ishchi kuchi. Qancha ishlagani bilan qo‘li pul ko‘rmaydi. Erkak 
kishi bo‘la turib oilasining, hech bo‘lmasa, moddiy ehtiyojlarini 
qondirolmaydi, o‘zining otalik, erkaklik burchlarini bajarolmaydi. 
Sirtdan qaraganda bularga e’tibor bermagandek ko‘ringani bilan 
ruhan iztirobda yashaydi, shuning alamidan bir oz bo‘lsada qutu-
lish uchun ichadi. Bu unga hech qanday yordam berolmaydi, faqat 
bir-ikki soatga shu iztoroblarini unutadi, ozgina chalg‘iydi, xolos. 
Aslida, uning boshqa yo‘li ham yo‘q, qo‘lidan hech narsa kelmay-
di. U shunday yashashga mahkum bo‘lgan shaxs timsoli.
O‘quvchilar Qo‘chqorning nutqi va so‘zlash tarzi asosida 
uning ichki dunyosini ochishga urinib ko‘rganlari ma’qul. Uning 
nutqidan ma’lum darajada yumorga moyilligini, anchagina 
bilimsizligini, ayni zamonda, o‘zining darajasida nimalardandir 
xabardorligini va nelarnidir bilishga ozgina moyilligi borligini ham 
payqash mumkin. Uning Olimjonga o‘z uyidan joy bergani mana 
shu bilishga bo‘lgan ehtiyojining o‘ziga yarasha bir ko‘rinishi. 
Bo‘lmasa, jo‘jabirday jon, bolalarining qornini zo‘rg‘a to‘ydirib, 
ustini baholi qudrat butlab yashayapti. Lekin bag‘rikeng. 
Qo‘chqor «ko‘p o‘qishi» bilan maqtanganda, erining ahvolini 
juda yaxshi bilgani holda ayolining nega rostini aytmay so‘z o‘yini 
qilganlari lavhasiga o‘quvchilarning diqqati qaratiladi. O‘zbek 
ayoli, eri qanday bo‘lishidan qat’i nazar, uni «pir» deb bilishi, o‘zi 
qanchalar og‘ir mehnat ostida ezilganiga qaramay erini ayashi, 
unga achinishi o‘ta samimiy aks ettirilgan. Mazkur vaziyatlarda 
o‘quvchilar o‘z onalari timsolini ko‘radilar.
Olimjon bilan suhbatda Qo‘chqorning: «Bir qarasang, 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling