Analitika 61-70 gacha 61. Gaz va suyuqlik xromotografiyasi


Download 199.89 Kb.
bet1/5
Sana12.02.2023
Hajmi199.89 Kb.
#1191536
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Analitika 61-70 gacha


Analitika 61-70 gacha
61.Gaz va suyuqlik xromotografiyasi. Gaz xromatografiya usuli kimyoviy moddalarni bir-biridan ajratishda, ularning sifat va miqdorini aniqlashda kеng qo‘llaniladi. Bu usulda asosan gaz, qattiq yoki suyuq holatidagi moddalar aralashmalari, ularning fizikkimyoviy xususiyatlariga qarab birbiridan ajraladi. Gaz xromatografiyasi usuli ikki guruhga, gaz-adsorbsion va gaz-suyuqlik xromatografiyasiga bo‘linib, gazadsorbsion xromatografiyasidaqo‘zg‘olmas faza g‘ovak qattiq modda bo‘lsa, gazsuyuqlik xromatografiyasida qo‘zg‘olmas faza g‘ovak qattiq modda ustiga qoplangan suyuqlikdan iborat bo‘ladi. Ikkala usulda ham qo‘zg‘aluvchi faza-gaz hisoblanadi. Gaz xromatografiyasi usullarida isitilgan gaz oqimiga tеkshiriluvchi moddalar aralashmasi yuboriladi. Agar aralashma suyuqlik bo‘lsa, u tеrmostatda yuqori harorat ta’sirida gaz holga aylanadi, so‘ng qo‘zg‘olmas faza bilan to‘ldirilgan xromatografik kolonkaga o‘tadi. Xromatografik kolonkada tеkshiriluvchi moddalar qo‘zg‘olmas faza va gaz fazalari orasida bir nеcha bor adsorbsiya va dеsorbsiya jarayonlariga uchraydi va bir-biridan ajraladi. Moddalarning bir-biridan ajralish samaradorligi ularning taqsimlanish koeffitsеntiga bog‘liqdir. Adsorbsiyalanish koeffitsеnti ajralayotgan moddaning gaz fazasidagi miqdorini, uning qo‘zg‘olmas fazadagi miqdoriganisbati bilan o‘lchanadi. Moddalar aralashmasini gaz xromatografik usulda ajratish va tahlil qilish gaz xromatograflarida olib boriladi. Gaz xromatograflari quyidagi qismlardan iborat: gaz manbai, rеduktor, namunani kalonkaga yuboriladigan qismi (dozator) xromatografik kolonka, tеrmostat, dеtеktor, xromatografiya natijasini ko‘rsatkichini yozib oluvchi qurilma.
62.Miqdoriy analiz. Gravimetriya. Titrimetriya. Volyumometriya. Ularga qiyosiy tavsif. Miqdoriy analizda tekshiriladigan obyektning tarkibiga kiruvchi nsoddalar, elementlar, ionlar yoki namuna tarkibidagi ayrim qismlaming miqdori topiladi. Ayrim hollarda, berilgan tekshiriluvchi modda tarkibiga kiruvchi har bir element, ion yoki birikmaning miqdorini topish talab 'iiladi, Masalan, bronza yoki latun singari mis qotishmalari tarkibidagi niis, qalay, qo'rg'oshin, rux va boshqalami aniqlash bunga misol bo‘la oladi. Miqdoriy analizning kimyoviy usullari gravimetrik va titrimetrik usullarga boiinadi. Agar gazlar analiz qilinsa volyumometrik analiz to‘g ‘risida gap boradi. Gravimetriya va titrimetriya usullarining bir-biriga o ‘xshashlik va farqli tomonlari mavjud b oiib , buni quyidagi qiyoslashdan ko‘rishimiz mumkin: 1) Gravimetrik analiz negizida massani aniq o'lchash yotsa, titrimetrik analiz negizida hajmni aniq о ‘Ichash yotadi. 2) Gravimetrik analizda aniqlanadigan modda yoki tarkibida aniqlanadigan modda (tarkibiy qism) boigan cho‘kma (namuna) massasi oichanadi. Titrimetrik analizda esa analiz qilinuvchi modda va u bilan reaksiyaga kirishuvchi reaktiv eritmasining hajmi oichanadi. 3) Gravimetrik analizda reaktivlarning taxminiy konsentratsiyali eritmalari ishlatilsa, titrimetrik analizda ularning aniq konsentratsiyali eritmalari ishlatiladi. 4) Gravimetrik analizda reaktivlar eritmalari, asosan, tekshiriladigan eritmaga ortiqcha miqdorda q o ‘shilsa, titrimetrik analizda qat’ iy ekvivalent miqdorlarda qo‘shiladi. 5) Gravimetrik analizda ekvivalentlik paytining qachon yuzaga kelishi ahamiyatga ega emas, titrimetrik analizda esa ekvivalentlik nuqtasining aniq qayd etilishi juda muhimdir. 6) Gravimetrik analizda moddani cho‘ktirish, dekantatsiyalash, filtrlash, cho'kmani yuvish, quritish, kuydirish, tortish amallari uchun ko‘p vaqt talab etilgani holda, titrimetrik analizda bunday operatsiyalar boimagani uchun analizga kam vaqt sarflanadi. 7) Gravimetrik analizning aniqligi: 10 2+5\10 3 % boiib, titrimetrik analizning aniqligi 104- 5 i0 '2 % ni tashkil etadi.

Download 199.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling