Analitika 61-70 gacha 61. Gaz va suyuqlik xromotografiyasi


Bevosita va bilvosita gravimetrik usullar. Cho’ktirish, haydash va ajratish usullari. Cho’ktiriladigan va tortiladigan shakl


Download 199.89 Kb.
bet2/5
Sana12.02.2023
Hajmi199.89 Kb.
#1191536
1   2   3   4   5
Bog'liq
Analitika 61-70 gacha

63.Bevosita va bilvosita gravimetrik usullar. Cho’ktirish, haydash va ajratish usullari. Cho’ktiriladigan va tortiladigan shakl. Bu analiz tekshirilayotgan modda yoki uning tarkibiy qismlarini kimyoviy toza holda yoki muayyan birikmalar holida ajratib, ajratilgan moddaning massasini aniq oichashga asoslangan. Gravimetrik analiz ajratish, haydash, cho‘ktirish usullariga boiinadi. Barcha gravimetrik usullar bevosita va bilvosita holda bajariladi. Ajratish usullari aniqlanuvchi tarkibiy qismni erkin holda miqdoriy jihatdan to iiq ajratib, uning massasini oichashga asoslangan. Masalan, qotishmadagi oltinni aniqlash talab etilsa, dastavval, qotishma zar suvida eritiladi, so‘ngra eritmadagi oltin biror qaytaruvchi ta’siridan tegishli tartibda qaytariladi, natijada erkin holda ajralgan oltin cho‘kadi. Cho'kma filtrlanib, suyultirilgan HCI eritmasi bilan yuvilgandan keyin quritib olinadi va uning massasi oichanadi. Haydash usullarida aniqlanadigan tarkibiy qism biror uchuvchan holatdagi moddaga aylantirib, haydaladi. Haydash. uchun yuqori temperatura yoki kimyoviy ta’sirdan foydalanish mumkin. Haydash usullari bevosita va bilvosita usullarga boiinadi. Bevosita usullarda aniqlanuvchi tarkibiy qism biror kim yoviy yutuvchida yuttiriladi va uning massasi tarozida bevosita tortiladi. Buning uchun kimyoviy yutuvchining aniqlanuvchi moddani yuttirishdan oldingi va keyingi massalari oichanadi, so‘ngra massalar farqi bo'yicha aniqlanadigan moddaning miqdori aniqlanadi. Masalan, kalsiy karbonat (marmartosh, ohaktosh, bo‘r) tarkibidagi karbonat angidrid yoki uglerodning miqdori aniqlanayotgan boisa, avval yuttiruvchi sifatida olingan natriy ishqori eritmasining massasi oichanadi. So‘ng unda tekshirilayotgan karbonatga kuchli kislota ta’sir ettirganda ajralgan karbonat angidrid yuttiriladi. Yuttirish tugagandan keyin hosil boigan mahsulot bilan birgalikda ishqor eritmasining massasi yana oichanadi. K eyingi va oldingi massalar farqi asosida yutilgan karbonat angidridning massasi topiladi. So‘ngra shu asosda karbonat angidrid yoki uglerodning miqdori aniqlanadi. Tegishli reaktiv ta’sirida eritmadan cho'kmaga tushirilgan, kam eruvchan birikma cho ‘ktiriladigan, analizning oxirgi natijasini olish uchun tarozida tortiladigan birikma esa tortiladigan shakl deb ataladi. Ayrim hollarda, tortiladigan va cho'ktiriladigan shakllar o'zaro to'g'ri kelishi ham mumkin, masalan, BaS04 bunga misol b o ‘ la oladi.

Download 199.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling