Andijon mashinasozlik inistituti


Download 151.66 Kb.
bet7/15
Sana30.04.2023
Hajmi151.66 Kb.
#1412235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
ИҚТ НАЗАРИЯ КУРС ИШИ 2021

Ish kuni o‘zgarmaganda zaruriy ish vaqtini kamaytirib, qo'shimcha ish vaqtini ko‘paytirish evaziga olingan qo‘shimcha mahsulot esa nisbiy qo'shimcha mahsulot deb ataladi. Masalan, ish kuni davomiyligi 8 soat hajmida qolgani holda, mehnat unum- dorligi va intensivligini oshirish hisobiga zaruriy mahsulot yaratishga sarflanishi kerak bo‘lgan vaqt 4 soatdan 3 soatga tushirildi, deb hi- soblaylik. Bunda qo‘shimcha mahsulot yaratishga sarflangan vaqt 5 soatga yetadi, ya’ni nisbiy qo‘shimcha mahsulot hajmi ortadi.
Hozircha bizning iqtisodiy amaliyotimizda (statistik, buxgalteriya hisoblarida) zaruriy va qo‘shimcha mahsulot hisoblanmaydi. Lekin ulaming miqdorini, o‘sishi va kamayishini hamma darajalarida hisob- kitob qilish mumkin. Buning uchun ulami hisoblash usullarini ishlab chiqish zamr.
Yil davomida olingan qo‘shimcha mahsulotlar yig‘indisi qo‘shimcha mahsulot massasi, uning zaruriy mahsulotga nisbati esa (foizda ifodalanishi) qo‘shimcha mahsulot normasi deb yuri- tiladi.
Agar qo‘shimcha mahsulot normasini m’, massasini m, zaruriy mahsulotni v bilan belgilasak qo‘shimcha mahsulot normasi
m = mj v x 100%
ko‘rinishdagi formula bilan aniqlanadi.
Misol uchun, «А» korxonaning yil davomidagi qo‘shimcha mah­sulot massasi 100 mln. so‘m, zaruriy mahsulot hajmi esa 250 mln. so‘mdan iborat bo‘lsin. U holda qo'shimcha mahsulot normasi 40% ni tashkil etadi.
Ma’lumki, qo‘shimcha mahsulot bilan zaruriy mahsulot o‘rtasida har doim ziddiyat va aloqadorlik bo‘ladi. Ulaming har ikkalasi- dan ham butun iqtisodiyotni rivojlantirish va jamiyat a’zolarining farovonligini oshirish maqsadlari yo‘lida foydalaniladi.
Ba’zan davriy matbuotda va ayrim adabiyotlarda qo'shimcha mahsulotning mazmunini to‘g‘ri tushunmaslikdan uni qo‘shimcha qiymat va qo‘shilgan qiymat bilan bir xil sinonim tushuncha sifatida ifoda etiladi. Lekin qo'shimcha mahsulot tushunchasi qo‘shimcha qiy­mat va qo‘shilgan qiymat tushunchalaridan sifat va miqdor jihatidan tubdan farq qiladi.
Qo'shimcha mahsulot yalpi ichki mahsulotning tarkibiy qismi boMganligi uchun unda mavjud bo‘lgan ikki tomonlama xususiyat, ya’ni qiymat va naflilik xususiyatlari qo'shimcha mahsulotga ham mansub bo‘ladi, ya’ni qo‘shimcha mahsulot ikki tomonlama xususi- yatga ega bo‘ladi.

Bundan ko‘rinadiki, qo‘shimcha qiymat qo'shimcha mahsulotning bir tomoni bo‘lib, uning faqat qiymatini ya’ni unda mujassamlashgan qo‘shimcha mehnatni ifodalaydi. Unda naflilikning biror bir gram- mi yoki atomi bo'lmaydi. Naflilik faqatgina qo'shimcha mahsulotda bo‘lib, uning muhim tomonidir. Qo‘shimcha mahsulot qo‘shimcha qiymatdan faqatgina shu sifat jihatdangina emas, shu bilan birga miq- dor jihatdan ham farq qiladi. Ma’lumki, ishlab chiqaruvchi kuchlar to‘xtovsiz rivojlanib mehnatning unumdorlik kuchi oshib boradi. Shunga binoan qo‘shimcha mahsulotning nafliligi qiymatiga nisbatan tez oshib boradi, chunki qo‘shimcha mahsulot qo‘shimcha qiymat­ning mehnat unumdorligiga ko‘paytmasiga teng boMadi, ya’ni
(qo ‘shimcha mahsulot = qo ‘shimcha qiymat x mehnatning umimdor-
lik kuchi).
Shuningdek qo'shimcha mahsulot bilan qo‘shilgan qiymat o‘rtasida ham tub farq mavjuddir. Har bir korxonada va tarmoqlar- da qo‘shilgan qiymat asosiy vositalar amortizatsiyasi + ish haqi + Yaratilgan qo‘shimcha mahsulot (soliq to‘lovlari va foyda)dan iborat boiadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, agar qo‘shilgan qiymat amorti- zatsiya, ish haqi va Yaratilgan qo‘shimcha mahsulotdan iborat bo‘lsa, qo‘shimcha mahsulot uning bir tarkibiy qismidir. Hamma tarmoq va sohalarda Yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi mamlakatning yalpi ichki mahsulotini tashkil etadi. Shunday qilib, qo‘shimcha qiy­mat, qo‘shilgan qiymat va qo‘shimcha mahsulot bir xil (sinonim) tushunchalar emas balki tamomila bir-biridan farq qiladigan alohida- alohida iqtisodiy kategoriyalardir.
Ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan qo‘shimcha mahsulot sotilish jarayonida foydaga aylanadi. Foydadan davlat soliq sifatida, ssuda kapital egalari esa foiz sifatida, yer egalari renta sifatida o‘z ulushlarini oladilar. Bu daromad turlari qo‘shimcha mahsulotning sotilib, dastlabki taqsimlangandan keyingi o‘zgargan shakllaridir. Yuzaki real hayotda qo‘shimcha mahsulot yuqoridagi shakllarda namoyon bo‘ladi. Kimki iqtisodiy jarayonlaming tub ildizini tu- shunmasa, bu daromadlaming manbaini, qayerda va kim tomonidan yaratilishini tushunmasdan qolaveradi. Zaruriy va qo‘shimcha mah- sulotlaming mazmunini tushunishda ulaming real hayotdagi modi- fikatsiyalashgan shakllarini bilish muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumki, zaruriy va qo‘shimcha mahsulot ulaming bevosita ishlab chiqarish jarayonidagi ko‘rinishidir. Ammo, ular oldi-sotdi va taqsimlash ja- rayonlaridan o'tib, o‘z shakllarini o‘zgartirib, modifikatsiyalashgan shakl oladilar.
Yangidan Yaratilgan sof mahsulotning tarkibi va modifikatsi­yalashgan shakllari 2.6-rasmda aniqroq tasvirlash mumkin.

Zaruriy mahsulot

Ish haqi

Foydaning turli tolovlardan qolgan qismi esa tadbirkorlaming sof foydasi bolib, uning hisobidan ozlarining istemolini qondiradi, investitsiyani, turli sotsial yonalishdagi ishlami amalga oshiradilar. Korinib turibdiki, qoshimcha mahsulotni kopaytirish hech kimga zarar bermaydi, aksincha jamiyat azolarining hammasi uchun man- faatlidir.
Malumki, qoshimcha mahsulot bilan zamriy mahsulot ortasida har doim ziddiyat va aloqadorlik boladi. Ularning har ikkalasi- dan ham butun iqtisodiyotni rivojlantirish va jamiyat a’zolarining farovonligini oshirish maqsadlarida foydalaniladi.
Lekin ulaming sof milliy mahsulotdagi hissasi turli omillar ta’sirida, masalan, texnika taraqqiyotining rivojlanishi, ijtimoiy ish­lab chiqarish tarkibining o‘zgarishi, mehnat unumdorligining oshishi natijasida o‘zgarib turadi. Mehnat unumdorligining o‘sishi natijasida zaruriy mahsulotning absolyut miqdori o‘sgan holda sof milliy mah- sulotdagi hissasi kamayib, qo‘shimcha mahsulotning hissasi oshib boradi. Bunday holatlar qo‘shimcha mahsulot normasining oshishida o‘z aksini topadi.
Bu bayon etilganlardan xulosa qilib aytish mumkinki, qo‘shimcha mehnat va binobarin, qo‘shimcha mahsulot butun-butun tarixiy taraqqiyot davomida ishlab chiqarishni, fan texnikani, ta’limni, sog‘liqni saqlashni, madaniyatni rivojlantirish, mamlakat mudofaa- sini mustahkamlashning iqtisodiy manbai bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday boiib qoladi.
Hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarda ishlab chiqarish omillari bilan uning samarasi o‘rtasidagi bog‘liqlik ishlab chiqarish funksiyasi deb ataladi. Masalan, ishlab chiqarish omil­lari - tabiat (N), kapital (K) va ishchi kuchi (L)ni ishlab chiqarishda qo‘llashdan olingan mahsulotni M dan iborat deb faraz qilsak, ishlab chiqarish funksiyasi M - f(N,K,L) dan iborat bo‘ladi. Bu formula ishlab chiqarishga jalb qilingan omillaming, ya’ni sarflaming har birligi evaziga olingan mahsulotni bildiradi va e’tibomi kam resurs sarflab, ko‘proq mahsulot olish imkoniyatini qidirishga qaratadi. Un­dan tashqari, bu ko‘rsatkich har bir mahsulot birligini ishlab chiqar­ishga va ko‘paytirish mo‘ljallangan mahsulot hajmini ishlab chiqar­ishga qancha resurs sarfi talab qilinishini oldindan aniqlash imkonini beradi.
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil omillar sarfini bir- daniga yoki ulaming ayrim turlarini ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulot hajmini ko‘paytirish mumkin. Lekin boshqa omillar va sharoitlar teng bo‘lgani holda ayrim omillar sarfini oshirish yo‘li bilan mahsulotni cheksiz ko‘paytirib bo‘lmaydi. Omillardan foydalanish va ulaming miqdorini oshirish evaziga olingan mahsulot uch xil o‘lchanadi: umu­miy mahsulot, o‘rtacha mahsulot va so‘nggi qo‘shilgan mahsulot.

Download 151.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling