Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana21.08.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1668915
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotida Davlatning roʼli va vazifalari

Birinchi vazifa – davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan 
ishni oxiriga etkazish.
Ikkinchi vazifa – ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va 
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash.
Uchinchi vazifa – milliy valyuta-so‘mni yana ham mustahkamlashdan iborat.
To‘rtinchi vazifa – iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, 
xom ashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish.
O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini 
ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida 
birinchi bosqichda tutilgan yo‘l davom ettiriladi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda iqtisodiyotni bozor munosabatlariga 
o‘tkazishda ikki bosqichli taraqqiyot yuzaga keladi. Birinchi bosqichda davlat 
sektori va bozor xo‘jaligidan iborat yarim erkinlashgan iqtisodiy tizim yuzaga 
keladi. Ikkinchi bosqichda iqtisodiyot to‘liq erkinlashtiriladi, xususiylashtirish 
tugallanadi, narxlar erkin qo‘yib yuboriladi, davlat korxonalarining monopol 
mavqei tugatiladi.
Lekin bundan respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish maqsadiga 
to‘liq erishildi va bu sohada qo‘yilgan vazifalar to‘liq bajarildi degan xulosa 
kelib chiqmaydi. Chunki bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik 
davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini 
shakllantirish har bir davrda kun tartibiga yangi vazifalarni qo‘yadi.
Birinchi Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, hozirgi 
bosqichda «erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy
3
Karimov I.A. O`zbekiston buyuk kelajak sari. T.: O`zbekiston, 1998. 332-333 betlar.


30 
balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir»
4

Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda 
tutadi.

Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish 
jarayonini izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;

Xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida 
amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish;

Mamlakat 
iqtisodiyotiga 
xorij 
sarmoyasini, 
avvalo, 
bevosita 
yo‘naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, 
kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish;

Kichik va o‘rta biznes iqtisodiy taraqqiyotda ustivor o‘rin olishiga 
erishish;

Mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash
iqtisodiyotimizning 
jahon 
iqtisodiy 
tizimiga 
keng 
ko‘lamda 
integratsiyalashuvini ta’minlash;
4
Qarang: I.A. Karimov "Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz". T.: O`zbekiston, 
2000. 15-bet.


31 

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling