Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "


O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana21.08.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1668915
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotida Davlatning roʼli va vazifalari

2.2. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari 
va  
xususiyatlari.  
“Bizning bozor munosabatlariga o‘tish modelimiz respublikaning o‘ziga xos 
sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har 
tomonlama hisobga olishga, o‘tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, beso‘naqay 
rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi”
1
, deb yozadi 
mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li ijtimoiy-yo‘naltirilgan 
bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo‘lni amalga oshirishga, 
iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Birinchi Prezidentimiz I.Karimov 
tomonidan ishlab chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olingan.
1
Karimov I.A. O`zbekiston buyuk kelajak sari. T.: O`zbekiston, 1998. 101-102 betlar.
Биринчидан
, иқтисодиётни мафкурадан холи қилиш, унинг 
устунлигини таъминлаш.
Иккинчидан
,
ўтиш даврида давлатнинг ўзи бош ислоҳотчи бўлиши.
Учинчидан
, бутун янгиланиш ва тараққиёт жараёни қонунларга 
асосланмоғи, қонунларнинг устунлиги таъминланмоғи лозим.
Тўртинчидан
, бозор муносабатларига ўтиш билан бир қаторда 
аҳолини ижтимоий ҳимоялаш соҳасида кучли чора
-
тадбирларни 
амалга ошириш.
Б
ешинчидан,
бозор муносабатларини босқичма
-
босқич қарор 
топтириш. 


27 
Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim 
ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-
bosqich o‘tish prinsipi alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy 
negizni, 
bozorning 
infratuzilmalarini 
yaratish, 
odamlarda 
bozor 
ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni 
tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini 
o‘zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy 
bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-ahloqiy, 
maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. 
Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyusion yo‘l 
bilan o‘tish haqidagi g‘oya juda muhim va afzal ekanligini ko‘rsatadi.
Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyilini amalga oshirish 
iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu 
bosqichlarning har biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini 
belgilab olishni talab qiladi.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga 
o‘tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish 
maqsad qilib qo‘yilganligi ta’kidlanadi
2
:
- тоталитар тизимнинг оғир оқибатларини енгиш, тангликка 
барҳам бериш, иқтисодиётни барқарорлаштириш;
-республиканинг ўзига хос шароитларини ва хусусиятларини 
хисобга олган ҳолда бозор муносабатлари негизларини 
шакллантириш;
2
Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. T.: "O`zbekiston", 1995,
19 bet.


28 
Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning muhim 
yo‘nalishlari aniqlab olindi va bajarildi.
Birinchidan, o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, 
islohotlarning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash;
Ikkinchidan, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy 
fondini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa 
sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish.
Uchinchidan, ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy 
ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash.
Birinchi bosqichda kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini 
boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun zarur 
bo‘lgan muassasalar tizimi tuzildi.
Qishloq xo‘jaligida agrar islohot jarayonida bozor iqtisodiyoti talablariga mos 
keladigan yangi xo‘jalik tizimi shakllandi va iqtisodiyotning davlatga qarashli 
bo‘lmagan qismi keng rivojlandi.
Xalq xo‘jaligini, tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng maqbul va 
mavjud sharoitlarga mos bo‘lgan tizimlari ishlab chiqildi. Narxlar to‘liq 
erkinlashtirildi, bozor infratuzilmasining asosiy qirralari shakllantirildi, aholini 
ijtimoiy himoyalash tizimi amalga oshirila boshladi, iqtisodiy va moliyaviy 
barqarorlikka erishildi.
Respublikada bozor munosabatlariga o‘tishning birinchi bosqichida 
iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z 
taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun 
mustahkam shart-sharoit yaratdi. SHu bilan birga isloh qilishning birinchi 
bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun 
yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.
Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy 
o‘zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni 
ta’minlab, bozor munosabatlarini to‘liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. 


29 
Shu maqsaddan kelib chiqib I.A. Karimov asarida bu bosqich uchun bir qator 
vazifalar ajratib ko‘rsatiladi
3
.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling