Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "


I.G‘arbiy Evropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo‘li


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana21.08.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1668915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotida Davlatning roʼli va vazifalari

I.G‘arbiy Evropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo‘li.  
Bunda bozor iqtisodiyotiga evolyusion o‘zgarishlar orqali o‘tib boriladi. XX 
asrning 30-yillariga kelib, ayniqsa 50-yillardan bu jarayon yanada tezlashdi.
Bu modelni iqtisodchilar klassik model deb atashadilar. U bozor iqtisodiyotiga 
o‘tayotgan mamlakatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilishi mumkin. CHunki,
klassik modelda bozor iqtisodiyotining qonun-qoidalari, hayotiyligi sinab 
ko‘rilgan. Klassik modelning o‘zi ham 3 ga bo‘linadi:  
1. 
Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli ko‘proq fuqarolar manfaatini himoya 
qilish, uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish, aholining haddan ziyod 


21 
tabaqalanishiga yo‘l qo‘ymaslik, davlat mulkining ulushining boshqa 
modellarga qaraganda ko‘pligi (25-30%) bilan ajralib turadi. Bu model 
Germaniya, Avstriya, Skandinaviya mamlakatlariga xos.
2. 
Aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modelida esa davlat tadbirkorlikni 
rivojlantirish uchun sharoit yaratishi, iqtisodiyotni tartiblashda ustun darajada 
taktik usullardan foydalanish, iqtisodiyotda davlat mulkining hissasi (10% 
atrofida) kamligi, aholining tabaqalanishi, ish haqidagi farqning kattaligi bilan 
ajralib turadi. Bu modelni qo‘llagan eng tipik mamlakat sifatida AQSH ni 
ko‘rsatish mumkin.
3. 
Korporativ iqtisodiyot modeli davlatning yirik biznes manfaatini 
himoya qilish, asosiy ustuvor tarmoqlarni aniqlab, ularning rivojlanishiga 
yordam berish, davlat mulki hissasi kamligi, lekin ish haqidagi farq haddan 
tashqari katta emasligi bilan farqlanadi. Bu muhim muvaffaqiyat bilan 
Yaponiyada va uning izdoshlari bo‘lgan mamlakatlarda qo‘llangan.
II.Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tib 
rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari yo‘li.  
Bu yo‘l mustamlakchilikdan qolgan qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lidir. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos belgilar turli 
xo‘jaliklar: azaliy natural xo‘jalik, rivojlanish darajasi, bozor munosabatlariga 
tortilishi jihatidan farq qilishiga qaramay, transformatsiya (aylana borishi) 
orqali yuz beradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga o‘tish: a) bozor 
infrastrukturasini yaratish; b) iqtisodiyotni borqarorlashtirish; v) sanoat 
tarmoqlarini (ayniqsa qayta ishlovchi) vujudga keltirish orqali yuz beradi.
Bu mamlakatlar uchun bozor iqtisodiyotiga kirib borish mustaqillik garovi 
hisoblanadi. Sababi bozor iqtisodiyotiga o‘tish ishlab chiqarishning jadal 
o‘sishiga olib keladi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling