Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "


  1-bob. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana21.08.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1668915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotida Davlatning roʼli va vazifalari

  




1-bob. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi. 
1.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari.  
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari 
uchun xos bo‘lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos 
xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal 
qilish mexanizmi ko'plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi 
davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron 
iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan 
izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal 
qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Xususiy mulkchilikning paydo bolishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining 
ro‘y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing 
umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy 
xo‘jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud 
bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning 
bozorga oid xususiyatini ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi 
bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslar 
erkin almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal 
qilishining muhim shartlari boiib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi 
qanchalik mustaqil bo`lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin 
ayirboshlash tovar ishlab chiqaruvchi faoli- yatining nisbatan samarali 
yo‘nalishlarini ko`rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon 
yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul 
muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan 
iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga 
asoslanib, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u 



iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Ayrim adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti - 
bozor xo‘jaligi subyektlari iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin, mustaqil 
ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga 
boglanib muvofiqlashuvi deb baho beriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor 
aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlari - ishlab chiqarish, 
ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy 
munosabatlarning barcha subyektlarini qamrab oladi.
Bozot iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o‘z mehnatini 
sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va 
qimmatli qog'ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo'jaliginmg barcha 
asosiy subyektlari uchta guruhga bolinadi: uy xo`jaliklari, korxonalar 
(tadbirkorlik sektori) va davlat sektori.
Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi 
asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jalik!ari doirasida moddiy ishlab chiqarish va 
xizmat ko‘rsatish sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi. 
Bozor iqtisodiyotida uy xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish 
omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan 
olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarfianadi.
Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida 
amal qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki 
qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan 
daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarfianadi. 
Tadbirkorlar tovar xo
Ј
jaligida tovar va xizmatlami yetkazib beradi.
Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi 
asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jalik!ari doirasida moddiy ishlab chiqarish va 
xizmat ko‘rsatish sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi. 
Bozor iqtisodiyotida uy xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish 



omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan 
olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarfianadi.
Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida 
amal qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki 
qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan 
daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarfianadi. 
Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va xizmatlami yetkazib beradi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling