Mavzu: TString komponentasi.Massivlar bilan ishlash.
Reja:
1.Continue operatori haqida tushuncha
2.Continue operatoriga doir dastur tuzish.
Tayanch iboralar:do-while takrorlash operatori, break operatori, continue operatori, goto operatori, nishonlar.
Continue operatori: continue operatori xuddi break operatoridek takrorlash operatori tanasini bajarishni to‘xtatadi, lekin takrorlashdan chiqib ketmasdan keyingi qadamiga «sakrab» o‘tishini tayinlaydi.
Continue operatorini qo‘llanishiga misol tariqasida 2 va 50 sonlar oralig‘idagi tub sonlarni topadigan programma matnini keltiramiz.
#include
int main()
{
bool bulinadi=false;
for (int i=2; i<50; i++)
{
for (int j=2; j
{if (i%j) continue;
else {bulinadi=true; break;}
}
// break bajarilganda boshqaruv o’tadigan joy
if (!bulinadi ) cout <
bulinadi=false;
}
return 0;
}
Keltirilgan programmada qo‘yilgan masala ichma-ich joylashgan ikkita takrorlash operatorlari yordamida yechilgan. Birinchi takrorlash operatori 2 dan 50 gacha sonlarni hosil qilishga xizmat qiladi. Ichki takrorlash esa har bir hosil qilinayotgan sonni 2 sonidan toki shu sonning yarmigacha bo‘lgan sonlarga bo‘lib, qoldig‘ini tekshiradi, agar qoldiq 0 sonidan farkli bo‘lsa, navbatdagi songa bo‘lish davom etadi, aks holda bulinadi o‘zgaruvchisiga true qiymat berib, ichki takrorlash uziladi (son o‘zining yarmigacha bo‘lgan qandaydir songa bo‘linar ekan, demak u tub emas va keyingi sonlarga bo‘lib tekshirishga hojat yo‘q). Ichki takrorlashdan chiqqandan keyin bulinadi qiymati false bo‘lsa (!bulinadi), son tub bo‘ladi va u chop qilinadi.
continue buyrug‘i ham break buyrug‘i kabi faqatgina sikl buyruqlarinigichida ishlatiladi. Ammo undan farqli ravishda bajarilishi tugatilgan sikldan keyingi buyruqdan emas, balki bajarilishi tugallangan sikldan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |