Asosiy fizik va kimyoviy qonuniyatlar
Elektrolitik dissosilanish nazariyasining asosiy holatlari
Download 110 Kb.
|
elektrolitik eritmalar
Elektrolitik dissosilanish nazariyasining asosiy holatlari
Elektrolit eritmalarining termodinamik xossalarini tushuntirish uchun Arrenius elektrolitlarning molekulalari ionlarga elektr maydoni ta’sirida emas, balki eritilgandayoq ajraladi, deb taxmin qildi. Elektrolit molekulalarining ionlarga bunday ajralishini Arrenius elektrolitik dissosilanish deb atadi. Ushbu gipoteza keyinchalik kimyoda keng qo‘llaniladigan nazariyaga aylandi. Xususan, analitik kimyoning ko‘p qismlari elektrolitik dissosilanish nazariyasiga asoslangan. Bundan tashqari, ushbu nazariya koordinasion birikmalar kimyosida hamda kislota va asoslar nazariyalarini tushuntirishda katta ahamiyatga ega. Elektrolit molekulalarining eritmada ionlarga ajralishi nima uchun ushbu eritmalarning termodinamik xossalari kutilayotgandan kattaroq natija berishini tushuntiradi. 117 Haqiqatan ham, agar eritma 1 l dа С g-mol СН3СООН tutsa, uning osmotik bosimi, Vont-Goff qonuni bo‘yicha, Рnaz = СRT ga teng bo‘ladi. Faraz qilaylik, СН3СООН ning har bir molekulasi 2 ta ionga ajraladi. Unda eritmaning umumiy konsentrasiyasi 2C bo‘ladi. Osmotik bosim erigan modda zarrachalarining miqdorigagina bog‘liq bo‘lganligi sababli, amaldagi osmotik bosim Рtaj = 2СRT ga teng bo‘lishi kerak, osmotik koeffisiyent esa і=2. Haqiqatda esa, osmotik koeffisiyent 2 i 1 oraligida o‘zgaradi va dissosilanish kuzatilmagan holatdagidan kattaroq hamda to‘liq dissosilanish kuzatilgan holdan kichikroq qiymatlarni oladi. Ushbu natijalardan Arrenius elektrolitik dissosialanish oxirigacha bormasligi va eritmada ionlar bilan bir vaqtda dissosilanmagan molekulalar ham mavjud ekanligi haqida xulosa qildi. Shunday qilib, elektrolitik dissosilanish nazariyasi asosida quyidagi taxminlar yotadi: –elektrolit eritmalarda uning molekulalari ionlarga ajraladi; –elektrolitlar suvli eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligi eritmadagi ionlarning umumiy konsentrasiyasiga to‘g‘ri proporsional; –elektrolitik dissosilanish jarayoni qaytardir. Arrenius taklif qilgan gipoteza avvaliga ko‘p e’tirozlarni keltirib chiqardi, buning sababi zamondosh olimlarning ionlar bilan atomlarning xossalari orasidagi prinsipial farqlarni tushunmaganlaridir. Shu sababli, Arrenius ko‘p yillar davomida elektrolitik dissosilanish nazariyasini tizimli ravishda asoslashga majbur bo‘ldi. Arrenius taklif qilgan gipoteza avvaliga ko‘p e’tirozlarni keltirib chiqardi, buning sababi zamondosh olimlarning ionlar bilan atomlarning xossalari orasidagi prinsipial farqlarni tushunmaganlaridir. Shu sababli, Arrenius ko‘p yillar davomida elektrolitik dissosilanish nazariyasini tizimli ravishda asoslashga majbur bo‘ldi Download 110 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling