Asosiy tushunchalar va tahlil usullari


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/35
Sana05.01.2022
Hajmi1.41 Mb.
#216532
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
Bog'liq
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)

ostin-ustun,  olg’a,  ilgari,  tashqari,  yuqori,  teskari,  ichkari,  ushoq,  uvoq , 
yom’gir,  tangri,  quyosh,  dengiz,  yaylov,  qirg’oq,  botqoq ,  eshkak]   kabi 


 
39 
yuzlab  ikki  va  undan  ortiq   bo’g’inli  turkiy  o’zakli  so’zlarni  uchratamiz. 
Shu  kungi  tilimiz  nuqtai  nazaridan  muayyan  so’z  yasash  q olipining 
hosilasi  bo’la  olmaydigan  bu  so’zlarning  barchasi  tub  so’zlar  bo’lib, 
nutqda  tayyor  leksemalar  sifatida  voq elashadi.  Tarixan  esa  ular  leksema 
emas,  balki  nutqiy  hosilalar  —  yasama  so’zlar  va  so’z  formalari 
(shakllari)dir.  Soddalanish  hozirgi  kunda  ham  davom  etayotgan,  sodir 
bo’layotgan  hodisadir.  Biz  hozir  [birdan
,  
birga,  boshqa,  o’zga,  bu  yoqqa, 
u  yoqqa,  qasddan,  haqiq atan,  tasodifan,  aftidan...]   kabi  til  birliklaridagi 
jo’nalish  kelishigi  qo’shimchasi  [-ga],  chiqish  kelishigi  qo’shimchasi  [-
dan],  ravish  yasovchi  qo’shimcha  [-an]larni  ajrata  olmaymiz.  Bu  so’ zlar 
shu holida soddalashib, tayyor leksemalarga aylangan.  
Leksemalar  paydo  bo’lishining  yana  bir  k eng  tarqalgan  usuli 
yaxlitlanish (ideomatizatsiya)dir.  Yaxlitlanish deb tarixan yasama bo’lgan 
leksema  ma’nosining  so’z  yasash  (yoki  forma  yasash)  qolipi  ma’nosidan 
uzilishiga,  uzoqlashishiga,  ixtisoslashishiga  aytiladi.  Masalan,  [o’ ynash] 
leksemasini  olib  ko’raylik.  Birinchidan,  bu  so’z  9 —[[fe’l]  +  [ish]  harakat 
nomi]  qolipining  hosilasi,  nutq  birligidir:  (bolalar  ko’chaga  o’y  nashga 
chiqishdi] .  Lekin  boshqa  [o’ynash]  leksemasi  ham  mavjud  bo’lib,  u 
xususiy  ma’noga  ega.  Bu  ma’no  ruscha  «lyubovnik»  (lyubovnitsa) 
so’zlari  orqali  beriladi.  Ushbu  ma’noda  [o’ynash]  so’zi  aloh ida  leksema 
sifatida  tilda  tayyordir.  [o’xshash,  qarash,  yo’nalish,  jo’nalish,  q urilish, 
yigilish,  tanish,  ko’rinish  ...]  kabi  tarixan  9-  qolip  hosilasi  bo’lmish  bu 
so’zlar  ham  ixtisoslashgan  ma’noga  ega  bo’lgan,  yaxlitlangan  va 
leksemalarga  aylangan.  Yaxlitlanish  natijasida  nut q  birliklarining  til 
birliklariga  —  leksemalarga  o’tishi  kunda  sodir  bo’ layot'gan  faol 
jarayondir. 
 
 Leksemalar hosil bo’lishining eng unumli yo’ llaridan biri atamalas hish  
terminlashish,  terminologizatsiya)  dir.  Nutqiy  h osilalarga  ma’lum  bir  so ha 
nuqtai  nazaridan  ta’rif  berilib,  ularning  ma ’nosi  ixtisoslashsa,  bunday 
hosilalar 
ham 
tilning 
mustaqil 
leksemalariga, 
 
 
atamalariga     
(terminlariga)          aylanadi.   Jumladan,      [sing-]      fe’li  9-  qolip  hosilasi   


 
40 
(singish)  so’ziga  biologiya  va  til shunoslikda  muayyan  xususiy  ma’ nolar 
yuklatilib,        ruscha        «assimilyatsiya»        (biologiyada   ovqatning  hazm 
bo’lishi: 
tilshunoslikda 
yonma-yon 
kelgan 
tovushlarning o’zaro ta’siri natijasida    bir-biriga o’xshab ketishi) ma’nosi 
berilgan.  Bunday  xususiy  ma’nolarga  ko’ra  barcha    atamalar    alohida    
leksemalarni  tashkil  etadi.    Atamalashishning        navbatdagi        t o’rini  nutq 
hosilalari  (so’z  va  so’z  birikmalari)ning  atoqli  otlarga  o’tishida  ko’rish 
mumkin.  Masalan,      [Kattatqo’r
G

ON
,
 
Yangiyer,  Yangibozor,  Eskijo’va, 
Kattabog’,  Itolmas,  Bo’riboy  ...]  kabilar  ham  mustaqil  leksemalar  qatoridan 
o’rin oladi. 
 Leksemalar 
hosil  bo’lishining  navbatdagi  keng  tarqalgan  usuli 
leksemalashishdir.  Ta rixan  so’z  birikmalari  (hatto  gap)  qoliplarining 
hosilasi  bo’lgan  so’z  birikmalari  (gap  qismlari)  orasidagi  sintaktik 
aloqaning  yo’qolishi  va  bu  hosilalarning  shakl  hamda  mazmun  butunligi, 
tayyor,  turg’un        birliklarga        aylanishi  leksemalashish  deyiladi. 
Masalan,    [boshog’riq, belbog’, ishboshi, 
QO

L QO P
,
 
ko’zoynak va h] kabi 
leksemalar shular jumlasidandir. 
 Biz  «leksemalar  tarkibi»  «o’zak»  va  «tub   so’zlar»      tarkibidan        ancha     
kengdir,        deb        bejiz  ayt magan  edik  berilgan  ma’lumotlar  bu  fikrni  
to’ldiradi.  Leksemalarning  turlicha        k o’rinishlaridan  faqat  bittasi 
an’anaviy  tilshunoslikning  o’zak  va  tub   so’zlariga  tug’ri  keladi. 
Leksemalarning  qolgan  turlari,  ya’ni  tarixiy,  unumsiz  so’ z  yasash 
qoliplarining  hosilalari,        soddalashgan,    yaxlitlashg an,  atamalashgan, 
atoqlilashgan,  leksemalashganlari,  umuman  tarixiy  tushuncha  bo’lgan 
o’zak  va  tub  so’zlardan  keskin  farq  qiladi.  Ular  miqdoran  tub  so’zlardan 
bir necha marta orti qdir. 
Aytilganlardan 
shunday 
xulosa 
qilish 
mumkinki  o’zbek  tili 
leksemalarining  tarkibi  nutqiy  hosilalarning  yaxlitlashishi,  shakl  va 
mazmun butunligini hosil q ilishi asosida muntazam boyib boradi.  
 Leksemaning  xususiyatlari.  Leksemani ng  eng  asosiy  xususiyati 
aytilganidek, 
tayyorligi, 
shakl 
va 
mazmun 
ji hatidan 
butunligi, 


 
41 
soddalashgan  (yaxlitlashgan ,  atamalashgan,  atoklilashgan  va   h.  leksema 
mazmunining  o’z  qismlari  mazmunining 
Y IG

IN
disidan  iborat  emasligi  va 
shu 
sababli 
leksemalarning 
tarkibiy 
qismlarga 
bo’linmasligidir. 
Binobarin,  leksemalar  jamiyatning  ba rcha  a’zolari  uchun  tayyo r,  umu miy 
va  majburiy  hisoblanadi.  Jamiyat  a’zosi  lekse mani  yasamaydi,  balki  uni 
tayyor  holda  qabul  qiladi.  Ayni  vaqtda  leksemaning  xusus iyatlari 
aytilganlar  bilan  cheklanib  qolmaydi.  Leksemalar  til  birligi  si fatida  tilga 
berilgan  ta’rifidagi  qator  boshqa  xususiyatlarga  ham  egadir.  Jumladan, 
leksemalar jamiyat a’zosining ongida bosh qa leksemalar bilan o’xshashlik 
qatorlarida  (paradigmalarda)  yashaydi.  Ma salan,  [kitob]  leksemasi, 
birinchidan,  [daftar],  [blok not]  bilan,  ikkinchidan,  [oynoma],  [ro’ znoma] 
bilan,  uchinchidan,  [qissa],  [roman]  bilan,  to’rtinchidan  esa,  [mu qova], 
[varaq],  [bet],  [bob]  va  h .  k.  bilan  birgalikda  o’xshashlik  qatorlarida 
yashaydi.  Ana  shu  munosabat lar  asosida  turlicha  ma’no  kashf  etadi. 
Leksemalar 
jamiyat 
a’zosining 
ongida 
nafaqat 
o’xshashlik 
munosabatlarida,  balki  qo’shnichilik  munosabatlarida  ham  yashaydi. 
Shuning  uchun,  jumladan  [ki tob]  leksemasi,  bir  tomondan,  [o’ qi-],  [yoz-] 
[ol-]  kabi,  [qiziq],  [zerikarli]  kabi  leksemalari  bilan,  ikkinchi  tomondan, 
[son  qo’shimchalari],  [egalik  qo’shimchalari],  [kelishik  qo’shimcha lari] 
va  h.  k.  kabi  morfemalar  bilan  qo’shnichilik  munosabatlarida  bo’la 
oluvchi  til  birligidir.  Grammatik  morfemalar  ( qo’shimchalar)  nafaqat 
ma’noga,  balki,  muayyan  sintaktik  vazifaga  ham  egaligi  sababli  lekse-
malar  til  vakilining  ongida  nutqda  bajarishi  mumkin  bo’ lgan  barcha 
vazifalari  bilan  ishtirok  etadi.  Bu  o’ xshashlik  va 
QO

S HN IC H I L IK  
munosabatlari,  ma’no  va  vazifa  imkoniyatlari  nutqda  oydinlashadi, 
aniqlashadi.  Qator  imkoniyatlardan  biri  nutq  sharoitiga,  ko’zlang an 
maqsadga,  ifodalanayotgan  fikrga  moyl  ravishda  tanla nadi.  Demak, 
leksemalar  til  egalari  ongida  vo qelashgan  va  voqyelashadigan  nutqiy 
imkoniyatlar 
Y IG

I ND IS I 
sifatida  yashaydi.  Ushbu  imkoniyatlar  til  so hibi, 
nutq  muallifiga  tanlash  imkonini  beradi.  Lekse malarning  ma’nosi, 
xususiyati  leksemalarning  muayyan  nutq   birligidan  boyroqligini  va 


 
42 
cheksiz imkoniyatlarga egaligini ta’minlaydi.  
Leksema  va  so’z.  Leksema—til  birligi,  tayyor  va  turlicha  imkoniyatlar    
majmuasi        bo’lsa,  so’z  uning  voqelanishi,  ro’yobga        chiqishi,    aniq 
shakl,    mazmun   va vazifa kashf etgan moddiy k o’rinishidir. Har bir lek-
sema  nuqtda  muayyan  so’z  sifatida  namoyon  bo’ ladi.  Ayni  vaqtda  so’zlar 
leksemalarning 
voqelanishi 
bilan 
chek lanmaydi. 
Tilda 
mutanosib    
leksemalarga  ega  bo’lgan  nutqdagi  so’zlarga  nisbatan  unumli  sermahsul 
va  kammahsul  so’z  yasash        qoliplarining        hosilalari  bo’lgan  yasama 
so’zlar  miqdori  bir  necha  marta  ko’pdir.  Bu  munosabat  leksemalarning 
o’zak  va  tub  so’zlarga        nisbatan  miqdor  munosabatiga  juda  ham 
uxshaydi. 
Tub 
so’zlarning  umumiyati  sifatida        tilimizdagi    
leksemalarga  nisbatan  unumsiz      (tarixiy)      so’ z  yasash  qoliplarining, 
soddalashish,  yaxlitlashish,    atamalashish,  ato qlilashish  mahsuli  bo’lgan 
leksemalar    ko’p    bo’lganidek,  leksemalarning  voqelashish  shakli 
sifatidagi  so’zlarga  nisbatan  nutqda  unumli  so’z  yasash  qoliplarining 
hosilasi  bo’lgan  so’zlar  ko’pdir.  Nutq iy  hosila        sifatida  so’zga  ta’rif 
berilayotganda  mana  shularga  e’tibor  berish  za rur.  Aytilganlardan        kelib 
chiqib,  so’zga        quyidagicha  ta’rif  berish  mumkin:  Leksemalarning  va 
unumli  so’z  yasash  qoliplarining  nutqda        voqelashgan,    aniq  shakl, 
mazmun  va  vazifaga  ega  k o’rinishiga  so’z  deyiladi.  Chunonchi:    

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling