Asosiy tushunchalar va tahlil usullari


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/35
Sana05.01.2022
Hajmi1.41 Mb.
#216532
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Bog'liq
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)

 Sememaning  tarkibi.  Leksema  nomemasi  fonemalar  tizmasidan 
iboratligi  haqida  gapirib  o’tdik.  Fonemalar  tizmasi  bir  necha  fonemaning 
oldinma-keyin  kelishi  demakdir.  Binobarin,  har  bir  nomema  tarkibiy 
qismlarga  —  alohida-alohida  fonemalarga  ajraladi.  Masalan,  quyidagi 
leksemalarning  nomema larini  solishtirsak,  buning  guvo hi  bo’lamiz:  [ber; 
bir; bo’r; bur; bor; ter; ber; sher; bez; bek; bel; bet].  
Tilimizdagi  fonemalarning  tarkibiy  qi smlarga,  muayyan  farqlovchi 
belgilarga  ajralishini    ko’rib  o’tgan  edik.  Nomema  va  fonemalarda 
bo’lgani  kabi  sememada  ham  tarkibiy  qismlar,  sememani  tashkil  etuvchi 
mantiqiy  bo’laklar  mavjud  va  ular  ham  ajratiladi.  Tilshunoslikda 
sememani  hosil  qiluvchi  ma’no  bo’laklari  (sememaning  tarkibiy  qismlari) 
sema  deb  aytiladi.  Masala n,  [daraxt]  leksemasining  sememasini  olsak,  bu 
semema  taxminan  qu yidagi  ma’no  bo’laklaridan,  tarkibiy  qismlardan  — 
sememalardan  iboratdir:  1)  «predmet»,  2)  «o’simlik»,  3)  «yerda 
o’suvchi»,  4)  «tanali»,  5)  «ildizli»,  6)  «shoxli»,  7)  «bargli».  Binobarin, 
bu  o’rinda  [daraxt]  leksema  sememasining  yettita  ma’no  bo’lakchalari  — 
semalari  ma’lum  bo’ldi,  xolos.  Semalar  sanog’ini  yana  davom  ettirish 
mumkin.  Ayni  vaqtda  ushbu  semalarning  o’ziyoq  [daraxt]  leksemasi 
haqida  muayyan  tasavvur  bera  oladi.  Shuni  ham  aytish  kerakki,  seme ma 


 
50 
tarkibidagi  semalar  tabiati  bir  xil  emas.  Semalar  ma’no  xususiyatiga, 
umumiylik  darajasiga  ko’ra  o’zaro  farqlanadi.  Ma’no  xususiyatiga  ko’ra 
semema tarkibidagi semalar uch xil bo’ladi: 
1.Atash semalari (denotativ semalar).  
2.Ifoda   tasvir,  qo’shimcha   ma’no   semalari   (konnotativ semalar).  
3.Vazifa semalari (funksional semalar).  
Har  bir  semema  tarkibida  shunday  semalar  mavjuddir.  Ammo  ularning 
(har  bir  semaning)  muayyan  semema  tarkibidagi  o’rni,  ahamiyati,  mavqei 
turlicha bo’ladi. 
 Atash  semalari  ob’ektiv   borliqdagi  narsa-buyum,  belgi-xususiyat, 
miqdor  kabilarni  atovchi,  nomlovchi  semalardir.  Ular  ongimizdagi 
tushunchalar  bilan  sememalarning  aloq asini  belgilab  beradi.  Masalan, 
yuqorida  keltirilgan  [daraxt]  leksema  sememasi ning barcha  semalari  atash 
semalaridir.  Avval    ko’rib  o’tilgan  [tuzuk],  [durust],  [yaxshi],  [ajoyib] 
leksema  sememalarining  belgining  darajasig a  ko’ra  ajratiluvchi  ziddiyat 
belgilari  ham  atash  semala ridir.  Bu  qatordagi  so’zlarining  atash 
semalarini  quyidagicha  ko’rsatish  mumkin:  1)  «belg i»,  2)  «barqaror 
belgi»,  3)  «sifat  belgi»,  4)  «shaxsiy  baho»,  «ijobiy»,  5)  «ichki-tashqi». 
Ushbu  atash  semalari  qayd  etilgan  so’zlarning  barchasi  uchun  umumiydir. 
Ayni  semalar  orasidagi  far q  esa  belgining  me’yordan  ikki  po g’ona 
(«tuzuk»da), 
bir 
pog’ona 
(«durust»da) 
pastligi, 
me’yordaligi 
(«yaxshi»da),  me’yordan  bir  pog’ona  yuqori  («ajoyib»da)  ekanligidadir. 
[ota],  [ona],  [aka],  [ona]  leksema  sememalaridagi  atash  sema larini 
quyidagicha  ajratish  mumkin:  1)  «qarindosh»,  2)  «q on-qarindosh»,  3) 
«bevosita  mendan  katta».  Bu  uch  sema  har  to’rtala  leksema  sememalari 
uchun  umumiydir.  «I  avlod»  semasi.  [ota],  [ona],  ni  [aka],  [opa]  dan 
ajratadi. Chunki keyingi ikki leksema sememasi uchun 6) «men» bilan bir 
avlodga  mansublik»  semasi  xosdir.  [ota]  va  [ona],   [aka] va [opa] leksema 
sememalari  7)  «erkak  jinsiga  mansub»;  8)  «ayol  jinsiga  mansub» 
semalariga  ko’ra  o’zaro  farqlanadi.  Demak:  [ota]      =  qarindosh,  qon  = 
qarindosh, bevosita «men» dan katta;  


 
51 
«I avlod», erkak. 
[ona]   = qarindosh, qon = qarindosh, bevosita «men» dan k atta; 
«I avlod», ayol. 
[aka]  =  qarindosh,    qon-qarindosh,      bevosita    «men»-dan  katta;  bir 
avlod, erkak. 
[opa]  =  qarindosh,      qon-
QAR IN DO SH
,
     
bevosita      «men»  dan  katta,  bir 
avlod, ayol. 
Sememalarni  semalarga  ajratishda,  semalarning  o’ ziga  xosliklarini 
aniqlashda  sememalar,  albatta,  leksemalar  qatori  (paradigmasi)da  ko’ rib 
chiqilishi  va  tahlil  etilishi  lozim.  Aks  holda,  qaysi  xil  seme malar 
ahamiyatli  (relevant),  qaysi  xillari  esa  ahamiyatsiz  (irrelevant)  ekanligini 
aniqlolmay  qolamiz.  Chunonchi,  rus  tilid a  «sestra»  leksema  sememasida 
«qarindosh»,  «qon-qarindosh»,  «bevosita»,  «bir  avlod»,  «ayol»  kabi 
semalar mavjud. Ammo «mendan katta // kichik» semasi y o’q. Chunki rus 
tili  qon-qarindoshlik  leksemalari  paradigmasida  [sestra]  leksemasi  shu 
belgi  asosida  biror  leksemaga  zid  q uyilmaydi.  O’zbek  tilida  esa  bunday 
ziddiyat  bor.  Qiyoslang:  [opa],  [singil]  ;  [aka]  :  [uka];  [baytal]  :  [biya]  va 
b.  O’zbek  tilidagi  oxirgi  har  ikkala  leksema,  ham  «urg’ochi»  semasiga 
ega.  Ammo  bu  leksemalar  orasidagi  ziddiyat  «ur g’ochi»  semasi  asosida 
emas,  balki  —  «qulunli»  semasi  asosida  voqelashdi.  Ushbu  ziddiyat 
noto’liq  bo’lib,  [biya]  kuchli,  [baytal]  esa  zaif  a’zodir.  Rus  tilida  esa 
[kobыla]  leksema  sememasida  «qulunli  //  qulunsiz»  semasi  yo’q.  Chunki 
leksemalar  paradigmasida  ham  leksemalarning  ayni  belgiga  ko’ra 
ziddiyati yo’q. 
Demak,  sememaning  semalar  tarkibini  ani qlashda  leksik  paradigma  hal 
qiluvchi  ahamiyatga  egadir.  Se memaning  semalar  tarkibidagi  atash 
semashari  sememaning  eng  muhim  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Chunki 
muayyan  leksema  mana  shu  semalar  orq ali  ongimizdagi  tushunchalar 
bilan  bog’lanadi.  Shuning  uchun  an’anaviy  tilshunoslikda   ma’nodoshlik 
(sinonimiya)  munosabatlarini  aniqlashda,  asosan,  atash  semalariga 
tayaniladi.  Atash  semalari  sememani  muayyan  tushuncha   bilangina 


 
52 
bog’lab 
qolmay, 
balki 
voqelikdagi 
leksema 
ifodalanmishining 
xususiyatlarini  ham  o’z  ichiga  oladi.  Ammo  ifodalanmish  xususiyatlari ni 
ifodalovchi  atash  semalari  semema  tarkibida  hamma  vaqt  ham  markaziy 
o’rinni  egallamaydi,  bo’rttirilmaydi.  Ma salan,  [ota]  sememasining  atash 
semalari  qatorida  «g’amxur»,  «ta’minotchi»,  «yo’l  ko’rsatuvchi»  kabi, 
ona  sememasida  esa  «g’amxur»,  «mushfiq»,  «hamdard»  kabi  atash-
xususiyat  semalarini  ham  ko’rish  mumkin.  Ifodalanmish  xususiyatlarini 
ifodalaydigan  atash  sema larini  shartli  ravishda  yo’ldosh-atash  semalari 
deb  nomlaymiz.  Tilshunoslikda  bunday  semalar  perife riya  (chekka) 
semalari,  yo’ldosh  semalar  (periferiyn ыe  i  sopustvuyuщiye  semы)  deb 
ataladi.  Yo’ldosh  semalar  deyarli  har  bir  semema  tarkibida  mavjud. 
Masalan,  [bo’ri]  sememasi  «hayvon»,  «sut  emizuvchi  h ayvon»,  «yovvoyi 
hayvon»,  «yirtqich  hayvon»,  «itlar  oilasndan»  kabi  atash  semalari  bilan 
birga 
«qonxo’r»,  «rahmsiz»,  «o’z  manfaatidan  boshqa  narsani 
ko’zlamaydigan»  kabi  yo’ldosh  semalarga  ham  ega.  [arslon])  se memasi 
esa  «qo’rqmas»,  «mo’ljalidan  qaytmas»,  «ochiq  hujum  qiladigan»  kabi 
yo’ldosh-atash semalariga egadir. 
Yo’ldosh-atash  semalari  ko’p  hollarda  ifoda  semalari  bilan  bog’lanib, 
ifoda hamda atash semalari orasida orali q uchinchi vazifasini o’taydi. 
 Ifoda  semalari  deganda  semema  tarkibidagi,  atash  semasidan  tash qari, 
turli  qo’shimcha  ma’nolarni  (uslubiy  buyoqni,  shaxsiy  munosabatni, 
qo’llanish doirasini) anglatuvchi semalar tushuniladi. Atas h semalari kabi 
ifoda  semalari  h am  leksemalar  paradigmasida  ani qlanadi.  Chunonchi, 
[yuz], 
-[aft], 
[bet], 
[bashara], 
[tur q], 
[chehra], 
[jamol] 
leksik 
paradigmasini  olaylik.  Ushbu  q atordagi  atash  semalari  bir  xil.  Ular  bir 
ifodalanmishni  (anglat mishni)  ifoda  etadi.  Ammo  bu  qatordagi  [yuz], 
[bet], 
[aft], 
[bashara], 
[turq] 
leksemalari 
so’zlovchi 
salbiy 
munosabatining  darajasiga  ko’ra  o’zaro  darajali  ziddiyatga  ega.  Bu 
o’rinda  salbiy  munosabat  [aft]  dan  [turq]qa  tomon  o’sib  boradi.  [yuz]  : 
[chehra]  :  [jamol]  so’zlarida  esa  aksincha.  Ya’ni  bu  leksemalarda  ijobiy 


 
53 
munosabat  semalari  mavjud.  Bu  so’zlar  ham  o’zaro  darajali  ziddiyatni 
tashkil  etadi.  Aniqrogi,  [yuz]  sememasida  shaxsiy  munosabat  aniq 
belgilanmagan  (ya’ni  u  ziddiyatning  zaif  a’zosi).  Boshqa  leksemalarda 
esa  shaxsiy  munosabat  aniq  ifodalangan  (ya’ni  ular  not o’liq  ziddiyatning 
kuchli  a’zosi).  Ayni  leksemalar  o’z  navbatida  «salbiy»,  «ijobiy»  belgisi 
(semasi)  asosida  teng  qiymatli  ziddiyatni -  hosil  qiladi.  Bular  o’z 
navbatida  belgining  I,  II,  III,  VI  va  h.  k.  darajasiga  ko’ra  o’zaro 
mutanosib darajali ziddiyatlarni  hosil etadi. 
Ifoda  semalari  semema  tarkibida,  albatta,  berilgan  bo’ladi.  Ular 
leksemalarni  farqlashga  xizmat  qiladigan  yoki  oddiy,  ifodalanmagan, 
neytral  bo’lishi  mumkin.  Shuning  uchun  tilshunoslikda  leksemalarni 
farqlovchi  semema  tarkibidagi  ifoda  semalari  (inger ent  konnotadiya  va 
muayyan 
sharoitdagina 
(matnda, 
ko’pincha 
ko’chma 
ma’noda 
ishlatilganda)  hosil  bo’ladigan  ifoda  semalari  (adgerent  konnotatsiya) 
farqlanadi.  [yuz]  :  [bet]  ...  paradigmasidagi  ifoda  semalari  semema 
tarkibiga  kiruvchi  semalardir.  [daraxt]  s ememasida  ifoda  semasi  oddiy, 
belgilanmagandir.  [chinor]  leksemasida  esa  ifoda  sema lari  semema 
tarkibiga kirmaydi. Ammo  muayyan  matn da, nutq sharoitida bu  so’z ifoda 
semalariga  (umrboqiy»,  «sershox»,  «mustahkam»  va  h.  k.)  ega  bo’lishi 
mumkin. 
Ifoda  semalari  nafaqat  shaxsiy  munosabatni,  balki  boshqa  uslubiy 
buyoqlarni,  uslubiy  xususiyatlarni  ham  o’z  ichiga  oladi.  Masalan,  [turq ], 
[bashara],  leksemalari  [aft],  [aft -angor]  leksemalariga  «jonli  tilga  xos» 
semasiga  ko’ra,  [ajib]  leksemasi  [ajoyib]  leksemasi ga  «kitobiylik», 
[g’alati]  leksemasi  esa  [ajoyib]  leksemasiga  «jonli  so’zlashuv  tiliga  xos» 
semasiga ko’ra ziddir. Bu semalar h am ifoda semalari sirasiga kiradi.  
Hozirgi  kunda  —«yangilik»  semasi  bilan  ajralib  t o’rgan  juda  ko’p 
leksemalar 
1930—88 
yillarda 
qo’llanilgan 
leksemalar 
o’rnida 
ishlatilmoqda.  Masalan,  [samolyot]  :  [tayyora],  [aeroport]  :  [tayyorago h], 
[oppozitsiya]  :  [ziddiyat],  [assimilyatsiya]  :  [singish]  va  h.  k.  Badiiy 
adabiyotda  o’tmish  davri 
NUT Q IN I
,
 
ruhini  to’g’ri  aks  ettirish  uchun 


 
54 
mualliflar  maxsus  eskirgan  so’zlardan  ham  keng  foydalanadilar.  Arxaizm 
va  istorizm  deb  ataluvchi  bunday  leksemalar  «eskirgan»  semaga  ega 
bo’ladi,  [aeroplan]  :  [samolyot]  va  h.  k.  Ifoda  semalari  undov  va taqlidiy 
so’zlarda  benihoya  kuchli  bo’lib,  semema  tarkibida  asosiysanaladi.  [oh], 
[uh],  [voybu]  kabi  undovlarda  ma’lum  bir  holat  yoki  his-hayajonni 
atashdan,  nomlashdan  ko’ra  uni  ifodalash,  tas virlash  kuchli  bo’ladi. 
Xuddi  shunga  o’xshash  hodisani  [tiq-tiq],  [taq-taq]  kabi  leksemalarda 
ham ko’rish mumkin. 
An’anaviy  tilshunoslikda  so’zlarning  uslubiy  buyog’

(ya’ni  ifoda 
semalari)  asosida  so’zlarning  uslubiy  tasnifi  keng  o’rganilgan.  Bu 
tasnifda  so’zlar,  asosan,  umumiste’mol  so’zlari,  qo’llanishi  cheklangan 
so’zlar,  uslubiy  buyoqda  ega  so’zlar,  kitobiy  so’zlar  va  so’zlashuv  tiliga 
xos  so’zlar  kabi  guruhlarga  bo’linib,  maktab  va  oliygo h  darsliklarida, 
ilmiy tadqiqotlarda keng izohlangan. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling