Asosiy tushunchalar va tahlil usullari


-mavzu.  SEMEMA VA UNING TARKIBI


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/35
Sana05.01.2022
Hajmi1.41 Mb.
#216532
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Bog'liq
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)

4-mavzu. 
SEMEMA VA UNING TARKIBI  
Reja: 
1. Nom ema va semema haqida. 
2. Sem emaning tarkibi. 
3. Ifoda semalari. 
4. Vazifa semalari.  
5. Sem ema semalarining munosabati.  
6. Semalarning darajasiga ko’ra turlari. 
 Leksema  ikki  tomonga  ega  til  birligidir.  Aniqrog’i,  u  shakl  va 
mazmun  tomonlaridan  iborat  ramzdir.    Shuni  alohida  qayd  qilamizki,  til 
ramzlarining  (leksemalarning)  shakl  va  mazmun  tomoni  xususiy  atamalar 
bilan  ataladi.  Sistem  tilshunoslikda  leksemaning  shakl  tomoni  nomema 
deyiladi.  Nomema  faqat  leksemaning  shakliga  (moddiy  qobig’i,  tashqi 
tomoniga)  nisbatan  ishlatiladi.  Leksemaning  mazmun  tomoni  (ma’nosi, 
ichki  tomoni,  signifikati  va  h.  k.)  esa  semema  nomi  bilan  yuritiladi. 
Demak, leksema nomema + sememadir. 
Nomema  tilga  xos  tomondir.  U  ongimizda  muay yan  fonemalar  tizmasi  
sifatida  mavjud.  Nomemaning  fo nemalar  tizmasidan  iboratligi  ichki  nutq 
jarayonida  (kishi  fikr  yuritganda,  she’r  yoki  matnni  ichda,  tovush 
chiqarmay  o’qiganda)  aniq  ma’lum  bo’ladi.  Chunki  odam  ichki  nutq 
jarayonida 
so’zlarni, 
qo’shimchalarni 
ketma-ket 
tizib, 
xuddi 


 
47 
gapirayotganday 
ularni 
bir -biriga 
biriktiradi, 
grammatik 
ji hatdan 
shakllantiradi.  Shu  asosda  fikr  yuritadi.  Demak,  inson  fa qat  ovoz 
chiqargandagina  emas,  balki  ovoz  chiqarmaganida  ham  fone malarga 
moddiy  shakl  beradi.  Odamning  ichki  nutqi  o’zidan  boshqa  hech  kimga 
ayon  bo’lmaydi.  Tashqi  nutqda  esa  nomema  tovushlar  (yoki  harflar) 
tizmasi,  imo-ishoralar,  turli  xil  signallar  k o’rinishida  muayyan  tus   oladi, 
voqelashadi.  Avvalgi  boblarda  ko’rib  o’tganimizdek,  tashqi  nutqning  aniq 
moddiy  shakli  nutq  vaziyati  bilan,  so’zlovchi  (nutq  muallifi)  ning  maqsad 
va  imkoniyatlari  bilan  belgilanadi.  Sistem  tilshunoslik  leksemal arning 
moddiy  tomoniga  —  nomemalarga  ko’p  ahamiyat  bermaydi.  Chunki 
ko’rib  o’tganimizdek,  nomemaning  aniq  shakli  nutq  sharoiti  bilan  bel-
gilanadi  va  u  leksemaning  mo hiyatiga  ta’sir  etmaydi.  Leksemaning 
mohiyati  uning  ichki  tomoni  —  semema  orqali  va  shunga  ko’ra 
leksemaning  boshqa  til  birliklari  bilan  munosabatga,  aloqag a  kirishuvi 
orqali  belgilanadi.  Ammo  nutqda,  ayniqsa,  nazmiy,  nutqda  nomema  katta 
ahamiyatga  ega  bo’ladi.  Nazarimizda  behad  katta  ah amiyatga  ega:  qofiya, 
radif, tajnisning o’nlab turlari, qalb, saj’, tasrit’, tasmit, taattuf,  harfiy va 
lafziy san’atlar nomemaning xususiyatlariga tayanadi. Shu sababli naz miy 
nutqda  nomema  va  uning  voq elanishiga  katta  e’tibor  beriladi.  Leki n  til 
leksemalarining 
ilmiy 
tadq iqidagi 
asosiy 
tayanch 
nuqta 
bo’lib, 
leksemalarning ichki tomoni semema  hisoblanadi. 
Semema  leksemaning  ichki  tomoni  uning  mazmuni;  ma’nosi  nmani 
ifodalab  kelishidir.  Semema  ko’pincha  ongimizda  ma’lum  bir  tushuncha 
va  tushunchalar  bilan  borliq  bo’ladi.  Tushuncha  —  ong,  mantiq  birligi, 
Semema esa tilga, leksemaga xos birlikdir. Juda  ko’p hollarda bir semema 
bir  necha  tushunchani  o’z  ichiga  oladi.  Jumladan,  [o’rik]  leksemasining 
sememasi quyidagi tushunchalarda namoyon b o’ladi: 
1)toza, tar mevaning bir turi (toj. zardolu);  
2) shu mevaning quritilgani (toj.  G’ulung); 
3)  shu mevani beradigan daraxt.  
Bir  sememaning  bir  necha  tushunchani  o’z  ichiga  olishini  juda  ko’p 


 
48 
meva  nomlarida  ko’rish  mu mkin,  qiyoslang  [olma;  anor;  shaftoli;  olcha; 
bodom;  pista  va  h.  k.)  Ammo  [uzum],  [mayiz],  [tok]  leksemalarida  tar 
meva,  uning  quritilgani,  daraxti  bosh qa-boshqa  leksemalar  orqali 
ifodalanadi.  Demak,  [o’rik]  leksema si  uch  tushunchaga,  voqealikdagi  uch 
xil  narsa  —  predmetga  (atalmishga)  alo qador  bo’lsa,  [uzum],  asosan,  bir 
tushunchaga  —  tar  mevaning  ma’lum  turiga,  bitta  atalmishga  aloqadordir. 
Shunga  ko’ra  tushuncha  va  semema  o’zaro  hamma  vaqt  ham  mos 
kelmaydi.  Bu  hodisani,  ayniqsa,  sinonimlarda  (ma’nodosh  leksemalar da) 
yaqqol  ko’rish  mumkin.  [yuz],  [bet],  [aft],  [bashara],  [tur q],  [chehra], 
[jamol]  leksemalarining  sememala ri,  asosan,  bitta  tushuncha  bilan   -  odam 
boshi  old  tomonining  atalmishi  bilan  bo g’lanadi.  Ammo  ayni  vaqtda  har 
bir  leksema  ushbu  ma’noni  o’ziga  xos  xususiyati,  qo’shimcha  ma’no 
munosabati bilan anglatib, ifoda lab keladi. 
Leksema  o’zining  eng  muhim  vazifasi  bo’lgan  voqealikdagi,  inson 
ongidagi  narsa-buyum,  belgi,  xususiyat  va  mo hiyatlarni  atashni  semema 
orqali  bajaradi.  Sememaning  ongimizdagi  tushunchalar  bilan  bo g’liqligi 
leksemaning  atash,  nomlash  vazifasini  bajarishga  imkon  beradi.  Semema 
ongimizda  mavjud  bo’lgan  turlicha  tushunchalar  bilan  bog ’lanadi.  Mantiq 
fanidan  ma’lumki,  ongi(mizdagi  tushunchalarning  hammasi  ham 
voqelikdagi  narsa-buyum,  belgi-xususiyat,  munosabat  aso sida  hosil 
bo’lmagan.  Aniqrog’i,
 
faqat  ongimiz  mahsuli  bo’lgan  tushunchalar  ham 
mavjuddir. Chunonchi «dev», «pari», «jin», «ajina», «arvo h» kabi xayoliy 
tushunchalar, «qizillik», «go’zallik», «adolat» kabi  mavhum tushunchalar 
shular  jumlasidandir.  Binobarin,  sememal ar  shunday  tushunchalar  bilan 
ham bog’lana oladi. Leksema sememalar na faqat tushunchalar bilan, balki 
tasavvur  va  obrazlar  (tasvirlar)  bilan  ham  bog’lanadi.  Undov  va  taqlidiy 
leksemalarda  shunday  xususiyatni  ko’rish  mumkin.  Aniqrog’i,  bu 
leksemalar  atash  vazifasini  emas,  balki  tasvirlash  vazifa sini  o’taydi. 
Masalan,  [yilt-yilt],  [milt-milt],  [taq-tuq]   kabi  taqlidiy,  [oh],  uh] ,  [vah-vah] 
kabi  undov  so’zlar  shunday  tasviriy  ifoda  vositala ridir.  Shuni  ham  aytish 
kerakki, 
yordamchi 
leksema 
sememalarida 
ham 
tushuncha 
bilan 


 
49 
bog’lanish 
yo’q. 
Chunki 
yordamchi 
leksemalar, 
aytilganidek, 
qo’shimchalar  va  leksemalar  -ziddiyatida  oraliq  uchinchi  vazifasini 
o’taydi.  Ular  shaklan  (nomemasiga  ko’ra)  leksema,  mazmuni  (vazifasi), 
sememasiga  ko’ra  esa  qo’shimchadir  (qiyos.:  kitobni  akamga/akam  uchun 
oldim).  Sememaning,  tushunchalar  bilan  bog’ liqligi  faqat  mustaqil 
leksemalardagina  yuz  beradi.  Undov,  taq lidiy  so’zlarda,  yordamchi 
leksemalarda, olmoshlarda e sa bunday bog’lanishni ko’rmaymiz. 
Aytilganlardan  shunday  xulosa  qilish  -mumkin,  semema  —  nomema 
bilan  bog’langan  ma’no,  mazmun  va  vazifa.  U  leksemaning  ichki 
tomonidir. 
Semema  juda  murakkab  tarkibga  egaligi  sababli,  bu  haqda  alohida  fikr 
yuritamiz. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling